15.09.2017 yildagi PQ-3277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash lozimki, soʻngi yillarda “Oʻzmetkombinat” AJda qora metallar prokatini ishlab chiqarishning mavjud oʻsish surʼatlari iqtisodiyot tarmoqlarining metal mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning ortayotgan hajmlarini qanoatlantirmayapti, qora metallarning lomi va chiqindilarini yigʻish va ushbu ishlarni ragʻbatlantirish tizimi samaradorligi darajasi zamonaviy talablariga javob bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJni ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiyaviy jarayonlariga xalqaro standartlarni joriy etish yoʻli orqali korporotiv boshqarish tizimining zamonaviy talablariga muvofiq holda tubdan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishning boshqarish samaradorligini oshirish hamda korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmetkombinat” AJni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi 533-sonli qaroriga muvofiq “Oʻzmetkombinat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarishga “SFI Management Group” MCHJ XK kompaniyasi jalb qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Oʻzmetkombinat” AJning (keyingi oʻrinlarda — jamiyatning) asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish boʻyicha yagona chuqur oʻylangan texnik siyosatni amalga oshirish, zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, shuningdek, jamiyatning xom ashyo bazasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, ishlab chiqarishning yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan, jamiyatni boshqarish tizimidagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi bozorlarni egallash hisobidan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, mahsulotning tannarxini tushirish boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tizimli asosda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi, xom ashyo bazani kengaytirish, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni hisobga olgan xolda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirgan holda yangi yuqori texnologiyalar qoʻllanilgan ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, loyihani boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish yoʻli orqali ularni keyingi bosqichlardagi amalga oshirilishini tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, umumiy tuzilmani maqbullashtirish hamda tovarlar va xizmatlar importi hajmini qisqartirish maqsadida metallurgiya mahsulotlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish yoʻli orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, qattiq raqobat sharoitlarida jamiyatning samarali ishlashini taʼminlay oladigan, professionalizmning asoslangan yuqori darajalariga erishishda isteʼdodli, rostgoʻy va vatanparvar yosh mutaxassislarni jalb etish boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish orqali jamiyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzmetkombinat” AJning boshqaruv organlari, ishonchli boshqaruvchisi, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tuzilmasida — hududiy masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni belgilangan tartibda “Oʻzmetkombinat” AJning filiallari koʻrinishida qayta tashkil etgan holda “Ikkilamchiqorametallar” UK negizida “Ikkilamchiqorametallar” boshqarmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJning ustav kapitaliga belgilangan tartibda davlatning ulushini oshirish hisobiga “Umumiy ovqatlanish kombinati” davlat korxonasi koʻrinishidagi mulk kompleksini, keyinchalik shakllantirilgan ulushni ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqaruvga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 130 kishidan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi hududida lom va qora metallar chiqindilarini (xarid qilish) tayyorlash boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan topshirilgan lom va qora metallar chiqindilari uchun hisob kitoblar kelishilgan narxda, lom topshiruvchilarni ragʻbatlantiradigan koʻrinishda va bozor asosida belgilanadigan narxlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qora metallar va maydalash sharlarini sotish birja savdolari, shuningdek, yirik respublika isteʼmolchilariga, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va sotishning har yili tasdiqlanadigan balansiga muvofiq, budjet hisobidan moliyalashtiriladigan isteʼmolchilarni hisobga olmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birjaning oʻrtalama narxlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori, shu jumladan, ishonchli boshqaruvchining maslahatlari va takliflari bilan “Oʻzmetkombinat” AJning tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparatiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soniga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida saylangan “Oʻzmetkombinat” AJning boshqaruv raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari ishonchli boshqaruvchining taklifiga koʻra kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda uskunalar, lom va qora metallar chiqindilarini noqonuniy qabul qilish punktlarining faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻymasligi hamda ularni respublika chegarasidan olib chiqishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi lom va qora metallar chiqindilarining noqonuniy yigʻilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin, lom va qora metallar chiqindilari aylanmasi qismida huquqbuzarlik harakatlarining har bir faktlari boʻyicha puxta tekshiruvlarni olib borsin, aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning qora metallarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlarini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi R-4911-sonli farmoyishining 1-bandidagi “TIF TR 7207 20 150 0 kodi boʻyicha poʻlat” soʻzlari “TIF TR 7207 20 150 0 va 7203 10 000 0 kodi boʻyicha poʻlat, temir rudasining toʻgʻridan-toʻgʻri tiklanadigan mahsulotlari” soʻzlariga almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3277-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3277-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZMETKOMBINAT” AJ TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aksionerlar umumiy yigʻilishi

Taftish komissiyasi

Kuzatuv kengashi

“SFI Management Group” MCHJ QK

Ichki audit xizmati

Boshqaruv

Ishlab chiqarish boʻlinmalari*:

1. Elektr-poʻlat eritish sexi

2. 1-son Navprokat sexi

3. 2-son Navprokat sexi

4. Kopra sexi

5. Xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish sexi

6. Rangli metallar ishlab chiqarish sexi

7. Issiqlikni izolyatsiyalovchi materiallar ishlab chiqarish sexi

8. Poʻlat sim sexi

Yordamchi boʻlinmalar*:

1. Metallurgiya pechlarini taʼmirlash sexi

2. Metallurgiya uskunalarini taʼmirlash sexi

3. Taʼmirlash-mexanika sexi

4. Mexanika sexi

5. Elektr taʼmirlash sexi

6. Energiya taʼmirlash sexi

7. Energetika sexi

8. Tarmoqlar va kichik stansiyalar sexi

9. Aloqa va texnologik dispetcherizatsiya sexi

10. Kislorod-kompressor sexi

11. Elektr texnik laboratoriya

12. Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash markaziy laboratoriyasi

13. Fizik-mexanik sinovlar va kimyoviy tahlil markaziy laboratoriyasi

14. Nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika sexi

15.Temir yoʻl sexi

16. Avtotransport sexi

17. Shlak chiqitlarini qayta ishlash sexi

18. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlovchilar

19. Qurilish-montaj boʻlinmasi

20. Angren qora metallar parchalari va chiqindilarini qabul qilish va ortish uchastkasi

21. Texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari laboratoriyasi

Ijtimoiy infratuzilma*:

1. Agrokompleks

2. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish sexi

3. Maktabgacha muassasalar boʻlimi

4. “Metallurg” Pansionati

5. “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi

6. “Metallurg” mehmonxonasi

7. Ovqatlanish kombinati

Tayyorlov boʻlinmasi*:

“Ikkilamchiqorametallar” boshqarmasi va uning hududiy uchastkalari:

1. “JizzaxlQM”

2. “BuxoroIQM”

3. “ToshkentlQM”

4. “SurxondaryoIQM”

5. “QoraqalpoqlQM”

6. “AndijonlQM”

7. “SamarqandlQM”

8. “NamanganlQM”

9. “GulistonlQM”

10. “SurxonVChM”

11. “XorazmlQM”

12. “QarshilQM”

13. “NududiylQM”

Investitsion loyihalar boʻyicha qurilayotgan obyektlar*

Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi va boshqa prognozlashtiriladigan quvvatlar

Boshqa tashkilotlar:

1. “Donata Pharma” MCHJ

2. “Bekobod gʻishtinvest” MCHJ

3. “Bekobod ATS” MCHJ

4. “Bekobod matbuot” MCHJ

Xorijiy tashkilot:

1. “Torgoviy dom Stal IMPEKS” MCHSH

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Tashkiliy tuzilmada yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalar koʻrsatilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3277-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AJnig ijro etuvchi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqaruv raisi

Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari — bosh muhandis

Tijorat masalalari boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari

Moliyaviy masalalar boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari

Istiqboldagi rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari

Xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari

Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boʻlimi

1 nafar

Marketing va savdo boshqarmasi

1 nafar

Xaridlar boʻyicha boshqarma

1 nafar

Yuridik boʻlim

3 nafar

Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boʻlimi

2 nafar

Bosh buxgalteriya

11 nafar

Kapital qurilish boshqarmasi

6 nafar

Xodimlarni boshqarish boʻlimi

2 nafar

Iqtisodiyot va moliyaviy tahlil boshqarmasi

5 nafar

Maxfiy-rejim boʻlimi

2 nafar

Muhandislik xizmati

14 nafar

Marketing xizmati va bozor konyunkturasini oʻrganish xizmati

2 nafar

Ichki xaridlar boʻlimi

9 nafar

Investitsiyalar departamenti

4 nafar

Oʻquv markazi

1 nafar

Bosh energetik xizmati

4 nafar

Tashqi xaridlar boʻlimi

4 nafar

Motivatsiya va mehnatga haq toʻlash boʻlimi

4 nafar

Hujjatlar ijrosi va axborot taʼminotini muvofiqlashtirish xizmati

3 nafar

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash va nazorat qilish boʻlimi

1 nafar

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi

5 nafar

Eksport va xorijiy mijozlar bilan ishlash boʻlimi

2 nafar

Bosh mexanik xizmati

6 nafar

Moddiy zaxiralarni boshqarish xizmati

6 nafar

Shartnoma majburiyatlarini nazorat qilish boʻlimi

1 nafar

Ishlar boshqarmasi

1 nafar

Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boʻlimi

3 nafar

Xoʻjalik boʻlimi

1 nafar

Rejim boʻlimi

2 nafar

Ichki savdo boʻlimi

1 nafar

Ofis-menejer

1 nafar

Konyunktura, narxlar, logistika va shartnomalarni vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazish boshqarmasi

2 nafar

Referent

1 nafar

Favqulodda holatlar boʻlimi va radiatsion xavfsizlik xizmati

1 nafar

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi

1 nafar

Toshkent shahridagi vakolatxona

1 nafar

Sifat va standartlarga amal qilish nazorati boʻlimi

4 nafar

“Ikkilamchi-

qorametallar” boshqarmasi

5 nafar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 130 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3277/0005; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)