Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
“Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan, takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 15-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2178-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2010-yil 7-dekabrdagi 16-son, 106-son “Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan, takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 2178, 2011-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2, 14-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
01/15-10/22-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
144-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 28-avgustdagi 01/15-10/22, 144-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan, takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidan “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomning 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisi v.b. A. NAGAYEV
2017-yil 28-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1024-modda)