Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Qarori
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2793-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 417-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son qarori)”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi “d” kichik bandidagi, 13-bandi “d” kichik bandidagi, 14-bandi “d” kichik bandidagi, 16-bandi “d” kichik bandidagi, 17-bandi “d” kichik bandidagi, 19-bandi “j” kichik bandidagi hamda 20-bandi “e” kichik bandidagi “davlat (nomli) stipendiyalar” degan soʻzlar “davlat stipendiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Fan va texnologiyalar agentligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-avgust,
241/4-son
Kelishilgan:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2017-yil 28-avgust
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 28-avgust
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 28-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 25-avgust
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2017-yil 25-avgust
Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2017-yil 24-avgust
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2017-yil 24-avgust
Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M. BOLTABAYEV
2017-yil 24-avgust
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. VAXABOV
2017-yil 24-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1020-modda)