Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti deb qayta nomlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat texnika dorilfununiga Abu Rayhon Beruniy nomini berish toʻgʻrisida” 1991-yil 27-iyundagi 175-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 6-son, 22-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
417-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 417-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1.Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-yil, 10-son, 55-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Nomli davlat” soʻzlari “Davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 8-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “nomli” soʻzi “boshqa” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
nomidagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi, 9 va 10-bandlardagi “Nomli davlat” soʻzlari “Davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek,Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari (keyingi oʻrinlarda — davlat stipendiyalari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat boʻyicha oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi”;
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “nomli stipendiyalarni” soʻzlari “davlat stipendiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Nomli davlat” soʻzlari “Davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidan “nomli” soʻzi chiqarib tashlansin;
5-bandning ikkinchi xatboshisi, 7-bandning birinchi xatboshisi, 11 va 12-bandlardan “nomli” soʻzi chiqarib tashlansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalarga quyidagi guvohnomalar beriladi:
“Beruniy davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ibn Sino davlat stipendiyasining sohibi”;
“Navoiy davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ulugʻbek davlat stipendiyasining sohibi”;
“Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasining sohibi”;
“Islom Karimov davlat stipendiyasining sohibi”.
Guvohnomalar talabalarning oʻqish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi”;
g) 4-ilovaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Olimpiada, tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari gʻoliblari test sinovisiz hamda qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan soha ixtisosliklari roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 09/20/59/0126-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 586-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 09/20/59/0126-son)