Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida
(buyrugʻning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2927]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy jihozlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-avgust,
106-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 17avgustdagi 106-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.


(ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Izoh:
Tovar cheklari kitobi titul varaq va varaqlarining tikish joyi boʻyicha tikiladi. Bunda tovar cheklari kitobining titul varagʻi kitobning birinchi varagʻi hisoblanadi.
Tovar cheklari kitobi 15 x 21 sm oʻlchamda boʻladi.
Ushbu shakl Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1009-modda; 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)