Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.06.2001 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.04.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

RESPUBLIKA MEBEL SANOATINI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA UNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mebel sanoatini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni boshqarishni takomillashtirish, mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bozorida raqobatni rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shu asosda mebel sanoati korxonalarining zamonaviylashtirilishini va texnika bilan qayta jihozlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika mebel sanoati korxonalari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq mebel sanoati korxonalari va tashkilotlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari tugatilayotgan “Oʻzbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga kirgan 2-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlar aksiyalarining davlatga tegishli nazorat paketlarini “Fayz” xolding kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Fayz” xolding kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebel mahsulotlarining ichki va tashqi bozori marketingini oʻtkazish, zamonaviy, yuqori sifatli, raqobatbardoshli mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu asosda respublika aholisi va tashkilotlarining mahalliy mebelga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya korxonalarida ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiyalarni joriy etish sohasida yagona texnika siyosatini olib borish, shu maqsadda investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, qoʻshma ishlab chiqarishlarni barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebel ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shu jumladan respublikada mahalliy xomashyodan yogʻoch-qipiqli plitalar tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarishlarni barpo etishga xorijiy investorlarni jalb etish hisobiga mahalliylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq eksport salohiyatini oshirish, eksportga mahsulot yetkazib berishni koʻpaytirish, chet mamlakatlarda savdo uylari tarmogʻini kengaytirish, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya xodimlarining kasb mahoratini oshirish, muhandis-texnik va ishchi kadrlarni, shu jumladan yetakchi xorijiy firmalar va kompaniyalarda tayyorlash va qayta tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Fayz” xolding kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 25 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Fayz” xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi va boshqaruv raisining oʻrinbosarlari belgilangan tartibda kompaniyaning yuqori boshqaruv organlari tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra xolding kompaniyaning raisi vazirning birinchi oʻrinbosariga, kompaniya raisining oʻrinbosarlari vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Fayz” xolding kompaniyasiga xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushlari boʻyicha olinadigan dividendlarni 5 yil mobaynida qaytarish asosida, maxsus hisob raqamlarida jamgʻarishga hamda mazkur mablagʻlarni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda qoldirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan dividendlar 2005-yildan boshlab, ikki yil mobaynida teng miqdorda yarim yillik ulushlar tarzida qaytarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Al-Zaxira” taʼminot-savdo tashkiloti respublika mebel korxonalarini ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha yogʻoch xomashyosi va boshqa resurslar bilan taʼminlashga doir shartnomalarni bajarishni 2001-yil mobaynida tugallashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Fayz” xolding kompaniyasi 2002—2006-yillarda mebel sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, oʻz mablagʻlari va kredit resurslari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga mahalliylashtiruvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish dasturini, keyinchalik uni belgilangan tartibda respublika investitsiya dasturlariga kiritgan holda, uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish va “Fayz” xolding kompaniyasini shakllantirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Fayz” xolding kompaniyasining tegishli xizmatlari: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 18v-uydagi bino maydonlariga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Fayz” xolding kompaniyasini zarur telefon aloqa tizimi bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekmebel” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 20-iyundagi 258-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fayz” xolding kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 20-iyundagi 258-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fayz” xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Jami — 25 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 77-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 33-son, 375-modda)