O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA MEBEL SANOATINI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA UNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika mebel sanoatini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni boshqarishni takomillashtirish, mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bozorida raqobatni rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shu asosda mebel sanoati korxonalarining zamonaviylashtirilishini va texnika bilan qayta jihozlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
4. “Fayz” xolding kompaniyasiga xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushlari bo‘yicha olinadigan dividendlarni 5 yil mobaynida qaytarish asosida, maxsus hisob raqamlarida jamg‘arishga hamda mazkur mablag‘larni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirgan holda qoldirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Qo‘shilgan dividendlar 2005-yildan boshlab, ikki yil mobaynida teng miqdorda yarim yillik ulushlar tarzida qaytarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
6. “Al-Zaxira” ta’minot-savdo tashkiloti respublika mebel korxonalarini ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yog‘och xomashyosi va boshqa resurslar bilan ta’minlashga doir shartnomalarni bajarishni 2001-yil mobaynida tugallashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. “Fayz” xolding kompaniyasi 2002—2006-yillarda mebel sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, o‘z mablag‘lari va kredit resurslari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga mahalliylashtiruvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish dasturini, keyinchalik uni belgilangan tartibda respublika investitsiya dasturlariga kiritgan holda, uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “O‘zbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish va “Fayz” xolding kompaniyasini shakllantirish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekmebel” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 20-iyun,
258-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-avgustdagi 403-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 375-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 77-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 33-son, 375-modda)