Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2018 05.09.2017 yildagi 697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-maʼrifiy markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 276-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosini qurilishini, shuningdek, Innovatsion ishlanmalarni tadbiq etishning ilmiy-amaliy markazi va innovatsion bogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba yoshlarda mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga hurmat, yuksak insoniylik va bagʻrikenglik fazilatlarini shakllantirish, ularda yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli talaba yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning mustaqil Vatanimizning ilmiy-texnik taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishi uchun tegishli imkoniyatlar yaratish, respublikamiz ilm-fani yutuqlarini ommalashtirish orqali mamlakatimiz ilmiy maktablari xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga koʻmaklashish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-maʼrifiy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba yoshlarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat, yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼrifiy merosini oʻrganish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasiga oid dolzarb mavzularda metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish boʻyicha tizimli faoliyatni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ilmiy-maʼrifiy sohadagi qiziqish va intilishlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, madaniy-maʼrifiy koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari bilan talaba yoshlarni, yosh olim va professor-oʻqituvchilarni tizimli tanishtirish uchun xalqaro va mahalliy ilmiy-texnik axborot bazalari, xorijiy va milliy davriy ilmiy nashrlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyat olib borishi uchun ilmiy munozara-klublar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish guruhlarini shakllantirish, ularning samarali faoliyatini taʼminlash uchun tegishli sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental fanlarning zamonaviy tendensiyalari, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilmiy-texnik muammolari boʻyicha yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ular tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, ommalashtirish va tijoratlashtirish jarayonlarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy yetuk mutaxassislar ishtirokida masofaviy on-layn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar va malaka oshirish kurslarini oʻtkazish, shuningdek dolzarb mavzularda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar, ilmiy-maʼrifiy yoʻnalishdagi tanlovlar tashkil etish va oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talabalar ilmiy-maʼrifiy markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Markaz xodimlarining lavozim va shtat birliklarini hamda ularning cheklangan umumiy sonini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga Markazning tasdiqlangan xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda uch oy muddatda Markaz vazifalaridan kelib chiqib uning faoliyatini rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Rossiya Federatsiyasidagi oʻxshash markazlar faoliyati chuqur oʻrganib chiqilsin hamda ularning ilgʻor tajribasi Markaz faoliyatini rivojlantirish dasturida inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Markaz qurilishi uchun Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi Universitet koʻchasi boʻyidan 3,0 ga yer maydoni ajratib berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz uchun bino qurilishi boʻyicha quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Arhidea pro” MChJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi belgilangan tartibda tanlov asosida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz binosini kompyuter va multimedia hamda boshqa zarur texnika vositalari, inventar va mebellar bilan jihozlash belgilangan normativlarga muvofiq, qurilish ishlarining tegishli bosqichlari tugallanishiga koʻra, ularni sotib olish xarajatlarini loyiha-smeta hujjatlariga kiritish yoʻli bilan bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi 2018-yil 1-sentabrgacha qurilish va jihozlash ishlari tugallanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi mazkur obyekt qurilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan belgilangan tartib asosida olib kiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va jihozlarni sotib olish boʻyicha shartnomalarni oʻn kun muddatda ekspertizadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan obyektni qurish va hududini obodonlashtirish uchun talab etiladigan metall prokati va sement mahsulotlarini toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha imtiyozli narxlarda ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning bino va inshootlarini qurish va jihozlash ishlari yakunlanishi bilan Markazni saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar parametrida “Ijtimoiy soha” tarmogʻi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar doirasida ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan oʻxshash muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirishda Markazga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining murojaatiga muvofiq Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda istiqbolda oʻtkaziladigan tadbirlarda (konferensiyalar, simpoziumlar, forumlar va shu kabilar) ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni tashkil etish, faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan istiqbolda oʻtkaziladigan tadbirlar doirasida ishtirok etadigan tegishli xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat bojlarini undirmasdan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaz kutubxonani shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼrifiy, oʻquv-metodik va davriy) bepul nazorat nusxalarini (1 nusxada) oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin xamda mualliflik huquqi doirasida ularning elektron nusxalari taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha barcha oliy taʼlim muassasalari ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlari Kengashi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatining tashkiliy va ilmiy-metodik taʼminotini amalga oshirish, yoshlarni ilmiy izlanishlar olib borish metodologiyasi, fundamental fanlarning zamonaviy tendensiyalari bilan tizimli tanishtirib borish, ularni iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilmiy-texnik muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilishida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy konferensiya, seminarlarni tashkil etish, shuningdek ilmiy-maʼrifiy tadbirlarda fan, madaniyat va sanʼat sohalarida xorijiy davlatlarning yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ilmiy va ijodiy munozara-klublar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish guruhlari faoliyatiga ilmiy rahbarlik qilish va maslahat berish, shuningdek ularning innovatsion, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari natijalarini ommalashtirish va amaliyotga joriy etilishida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning mavjud salohiyatlarini namoyon etishlari uchun turli ilmiy, ijodiy va maʼrifiy yoʻnalishda tanlovlar tashkil etish, xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan tanlov, olimpiada, koʻrgazmalarda yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalar va yosh olimlar faoliyatini ommalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
697-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 697-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talabalar ilmiy-maʼrifiy markazining tashkiliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi*

* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari normativlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ish tartibi 2 smenada olib boriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 961-modda)