Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yoʻq qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmoni)
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yoʻq qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-avgust,
684-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 684-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida idoralararo oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida” 2012-yil 6-martdagi 63-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 10-son, 105-modda) ruscha matnida:
1) 1-banddagi “vyezda-viezda” soʻzlari “migratsii” soʻzi bilan almashtirilsin;
2) 1-ilovada:
a) ilova nomidagi “vyezda-viezda” soʻzlari “migratsii” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “vyezda-viezda” soʻzlari “migratsii” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”;
v) 2-bandning oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“unichtojeniye prosrochennix i priznannix v ustanovlennom poryadke nedeystvitelnimi biometricheskix dokumentov”;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 952-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)