1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyo sohasining eksport salohiyatini kengaytirish, “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalarining shaffofligini ta’minlash, raqobatdosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish samaradorligini oshirish va belgilangan maqsadli parametrlarga erishish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zkimyosanoat” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 1-ilovaga muvofiq “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida tashqi savdo kompaniyasi — “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari ishtirokida “O‘zkimyoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zkimyoimpeks” MCHJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, kimyo sanoati mahsulotiga jahon konyunkturasi tendensiyalarini o‘rganish va shu asosda mahsulot sotiladigan istiqbolli xorijiy bozorlarni aniqlash va eksportga mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan zamonaviy logistika tizimini keng tatbiq etish, chet ellarda savdo uylari va vakolatxonalar tashkil etish, ularga konsignatsiya va boshqa shakllardagi shartnomalar asosida tovarlar jo‘natib turish yo‘li bilan shunday mahsulotlarni xorij bozorlarida sotishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkaziladigan tender (tanlov) savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalarida, yarmarka va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarda mahsulotni keng namoyish etishni ta’minlash va uning sotilishini rag‘batlantirish, kimyo sohasining eksport salohiyati to‘g‘risidagi axborotni ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda chet ellardan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar tovarlar, xizmatlar xarid qilishni tashkillashtirish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli xorijiy xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, kimyoviy mahsulotlar eksporti hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi bo‘yicha ular bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha takliflar va marketing hisobotlarini tayyorlagan holda kimyo sanoati mahsulotlariga bo‘lgan talab tendensiyalari va mahsulot sotiladigan istiqbolli bozorlarni o‘rganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo sanoati mahsulotlarining narxlarini tahlil qilish, tashqi bozorlarning o‘zgaruvchan konyunkturasini hisobga olgan holda eng foydali narxda va yo‘nalishlarda mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport bo‘yicha sotilgan mahsulotlar uchun mablag‘larning o‘z vaqtida kelib tushishini, shuningdek, import qilinayotgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlariga ularning mahsulotlarini eksportga chiqarishda, eksport oldidan moliyalashtirish shaklida, shu jumladan, tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga tashkilotlarni avans bilan ta’minlash orqali ularga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon bozorlarining o‘zgarayotgan konyunkturasiga tezkor munosabat bildirmoq, eksportchi korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga chet ellardan salohiyatli xaridorlarni izlash, kimyo mahsulotlarini eksportga chiqarishda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, shuningdek mahalliy korxonalarda raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga xorijiy hamkorlar buyurtmalarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kimyo sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarda himoya qilish, jumladan, mahsulot belgisidan va boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanish orqali bo‘ladigan nohalol raqobatchilikka qarshi harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zkimyoimpeks” MCHJning boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 45 nafardan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJ direktori lavozimga jamiyat ta’sischilari umumiy yig‘ilishida belgilangan tartibda tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga, zarurat bo‘lganda, bajarilayotgan vazifalar va amalga oshirilayotgan eksport-import operatsiyalari hajmini hisobga olgan holda ta’sischilarning umumiy yig‘ilishida kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJ faoliyatining samarali tashkil etilishi bo‘yicha — “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A. Abdullayev zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘la hajmdagi kontraktatsiya hamda shartnoma tuzilgan paytda eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning narxlari jahon konyunkturasiga muvofiqligi, shuningdek, marketing tadqiqotlari har tomonlama va sifatli o‘tkazilishi uchun — “O‘zkimyoimpeks” MCHJ direktori zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada nazarda tutilgan zarur hajmlarda va muddatlarda eksport qilinadigan mahsulot bilan ta’minlash bo‘yicha — “O‘zkimyosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zkimyoimpeks” MCHJ ijara sharti bilan Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 38-uyda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zkimyosanoat” AJ bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJning nizomini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq, zamonaviy menejment va marketing metodlarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJning vositachilik mukofoti miqdori mahsulot eksportini amalga oshirishda kontrakt (shartnoma) qiymatining 2 foizini, importda esa kontrakt (shartnoma) qiymatining 1 foizini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot eksportidan kelib tushayotgan valyuta mablag‘lari keyinchalik “O‘zkimyoimpeks” MCHJning vositachilik mukofot pullari chiqarib tashlanib, “O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqaruvchi tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga o‘tkazilgan holda, “O‘zkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvarag‘ida jamg‘arib boriladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat tug‘ilganda, “O‘zkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvarag‘ida jamg‘arib borilgan valyuta mablag‘lari, tuzilgan import shartnomalariga to‘lov sifatida hamda “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJning tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tushumning kelib tushishi yoki eksport operatsiyalari bo‘yicha qaytarib olib kirish muddati tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab uzog‘i bilan 90 kundan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining valyuta tushumi birinchi galda davlat kafilligida jalb etilgan kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni, tovarlarni, xizmatlarni “O‘zkimyoimpeks” MCHJ orqali xarid qilishga yo‘naltiriladi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zkimyoimpeks” MCHJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni eksport qilishga va komissiyalar shartnomalari asosida “O‘zkimyoimpeks” MCHJning xorijdagi savdo uylariga mahsulot yetkazib berishni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni, tovarlarni, xizmatlarni xorijdan xarid qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat berilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zkimyoimpeks” MCHJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJning xorijdagi savdo uylari manzillariga mineral o‘g‘itlarni ularni ishlab chiqarish va foydalanish balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida hamda konsignatsiya shartlariga binoan boshqa kimyoviy mahsulotlarni jo‘natish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat haqlari eksportga sotilgan mahsulot hajmiga qarab to‘lanadigan, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga qodir bo‘lgan, ularning xorijiy mutaxassislarni ishga jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bir oy muddatda “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining mahsulotlariga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazsin va mazkur qarorda qo‘yilgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJ ishtirokchilarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tashkilotlarning nomlanishi
Ustav fondiga qo‘shgan ulush miqdori, foizda
1.
“O‘zkimyosanoat” AJ
85,0
2.
“Navoiyazot”AJ
5,0
4.
“Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi” MCHJ
5,0
Jami
100,0
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ustav fondining 81 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushi saqlanib qolishi hisobiga”O‘zkimyosanoat” AJning boshqa tashkilotlarining mulk shakli o‘zgarishiga qarab, ular ham”O‘zkimyoimpeks” MCHJ ishtirokchilari tarkibiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “O‘zkimyosanoat” AJning “O‘zkimyoimpeks” MCHJ ustav fondiga ulushi tovar belgisidan foydalanish huquqini topshirish tarzida kiritiladi. “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ulushi mineral o‘g‘itlarning tegishli hajmlari hisobidan shakllantirilishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyoimpeks” MCHJ ijro apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi
Ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi
Ichki audit xizmati
Direktor
Marketing bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Moliya va ma’muriy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Yuridik byuro
2 nafar
Nazorat bo‘limi
2 nafar
Marketing va istiqboldagi jahon bozorlari konyunkturasini o‘rganish bo‘limi
5 nafar
Moliya va kontrakt majburiyatlarini bajarish bo‘limi
6 nafar
Xodimlarni boshqarish bo‘limi
1 nafar
Buxgalteriya
2 nafar
Protokol xizmati
2 nafar
Kimyo mahsulotlari eksporti bo‘limi
7 nafar
Axborot texnologiyalari xizmati
1 nafar
Maxsus xizmat
1 nafar
Tashqi xaridlar bo‘limi
7 nafar
Ofis-menejer
1 nafar
Logistikani tashkil qilish bo‘limi
4 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 45 nafar.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)