Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1891-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891, 2009-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-avgust,
118-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-avgustdagi 118-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-bandning yettinchi xatboshisi “sugʻurta tovonini” degan soʻzlardan keyin “(sugʻurta pulini)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan voqea sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin yetkazilgan zararning sababi va miqdoriga oid qoʻshimcha hujjatlarni tuzilgan sugʻurta shartnomasi shartlariga muvofiq soʻrashga haqli.”.
3. 11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Agar sugʻurtalovchi voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olsa, u sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi, unda sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga toʻlashi lozim boʻlgan sugʻurta tovonining (sugʻurta pulining) miqdorini koʻrsatishi va sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab besh bank kuni boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlashi shart.”.
4. 12-bandda:
sakkizinchi xatboshi “sugʻurta tovonini” degan soʻzlardan keyin “(sugʻurta pulini)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;”;
oʻn oltinchi xatboshi “sugʻurta tovoni” degan soʻzlardan keyin “(sugʻurta puli)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 16-banddagi “sugʻurta tovoni” degan soʻzlar “sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Agar sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va zararning miqdorini aniqlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda sugʻurtalovchi sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlari, sugʻurta qildiruvchining ololmagan daromadlarni (yoʻqotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilishga, shuningdek sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.”.
7. 21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Sugʻurta hodisasining sodir boʻlishi munosabati bilan fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli summalarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishini mutasaddi organlar tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar kechiktirishga haqli.
22. Sodir boʻlgan voqea, zarar hajmi va sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdori boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlmasa, sugʻurtalovchi toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdori koʻrsatilgan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnomani (sugʻurta dalolatnomasini) tuzadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 938-modda)