OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QOʻMITASINING
JISMONIY TARBIYA VA SPORT DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2323-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 23-dekabrdagi 1166-son “Oʻzbekiston Respublikasi yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2323, 2012-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 65-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-iyul,
2-mh-son
Kelishilgan:
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 4-iyul
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2017-yil 4-iyul
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 4-iyul
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
2017-yil 4-iyul
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 4-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 936-modda)