28.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2921
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.07.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2921]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais R. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan normalar va talablar hamda ularni bajarish shartlarining mazmunini, yagona sport tasnifini shakllantirish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona sport tasnifi (bundan buyon matnda YAST deb yuritiladi) sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan normalar hamda talablarni, shuningdek ularni bajarish shartlarini (bundan buyon matnda normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari deb yuritiladi) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar YASTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sport turlarini rivojlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport mahorati darajasini aniqlash uchun sport koʻrsatkichlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport mahorati darajasini eʼtirof etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi sport unvonlari hamda sport razryadlari beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport unvonlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sport razryadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport ustaligiga yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun uchinchi sport razryadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport unvonlari sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga (bundan buyon matnda kalendar reja deb yuritiladi) kiritilgan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari natijalari boʻyicha YASTning normalari va (yoki) talablarini, shuningdek ularni bajarish shartlarini bajargan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan sportchilarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport razryadlari kalendar rejaga kiritilgan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari natijalari boʻyicha YASTning normalari va (yoki) talablarini, shuningdek ularni bajarish shartlarini bajargan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hamda fuqaroligi boʻlmagan sportchilarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport turi boʻyicha YAST mavjud boʻlmasa ushbu sport turi boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlari berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport unvonlari va sport razryadlari umrbod beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlarining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sport turining rivojlanganlik darajasi, rasmiy sport musobaqalarining nufuzi, sportchining yoshini va jinsini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sport turining xususiyatlariga koʻra belgilangan oʻlchov birliklarida ifodalangan va sportchining mahoratini aniqlaydigan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Normalar va talablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport musobaqasida egallangan oʻrin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sport musobaqasidagi raqiblar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sport musobaqasida oʻlchov birliklari boʻyicha qayd etilgan natijalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sportchi tomonidan normalar va talablarni bajarish shartlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sportchi ishtirok etgan xalqaro rasmiy sport musobaqalarida qatnashgan mamlakatlar soni, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon chempionati, kubogi va birinchiligida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi sport turlarida — kamida 20 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlarida — kamida 15 ta boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo chempionati, kubogi va birinchiligida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi sport turlarida — kamida 10 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlarida — kamida 8 ta boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xalqaro rasmiy sport musobaqalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi sport turlarida — kamida 6 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishki sport turlarida — kamida 5 ta boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sportchi ishtirok etgan Oʻzbekiston chempionati yoki kubogida hududiy jamoalardan kamida yarmi qatnashgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sportchi ishtirok etgan hududiy chempionat va birinchilikda hududiy jamoalardan kamida yarmi qatnashgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sportchi ishtirok etgan rasmiy sport musobaqalarida (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno) kamida quyidagi malaka toifasiga ega boʻlgan hakamlarning hakamlik qilishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro toifali Oʻzbekiston sport ustasi sport unvoni uchun — 2 nafar xalqaro toifali yoki 3 nafar milliy toifali sport hakami;
(10-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-1, 18.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoni uchun — 2 nafar xalqaro toifali yoki 2 nafar milliy toifali sport hakami;
(10-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-1, 18.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadi uchun — 1 nafar milliy toifali yoki 3 nafar birinchi toifali sport hakami;
(10-bandning “g” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-1, 18.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi sport razryadi uchun — 3 nafar birinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi yoki uchinchi sport razryadi uchun — 2 nafar birinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi yoki uchinchi sport razryadi uchun — 1 nafar birinchi toifali sport hakami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sport turi hamda rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jahon chempionati, kubogi yoki birinchiligida qatnashgan mamlakatlar soni mazkur band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida belgilangandan kam boʻlsa, bunda Osiyo chempionati, kubogi yoki birinchiligi uchun nazarda tutilgan shartlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Osiyo chempionati, kubogi yoki birinchiligida qatnashgan mamlakatlar soni mazkur band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisida belgilangandan kam boʻlsa, bunda boshqa xalqaro rasmiy sport musobaqalari uchun nazarda tutilgan shartlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalqaro rasmiy sport musobaqalarida bajarilgan norma va (yoki) talablar uchun sportchiga u mazkur musobaqalarda Oʻzbekiston Respublikasining terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan taqdirdagina, sport unvonlari va sport razryadlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. YASTni shakllantirish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. YAST Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilishining davriyligini inobatga olib har 4 yilda bir marta kelgusi 4 yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. YASTda sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. YAST sport federatsiyalarining (uyushmalarining), sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashining taqdimnomalariga asosan Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YAST Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining hayʼatida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. YASTda normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sportchining jinsi va yoshini inobatga olgan holda alohida-alohida koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YAST mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YASTga uni tuzgan tashkilotlarning taqdimnomalariga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YASTga oʻzgartirishlar kiritish u qanday tartibda tasdiqlangan boʻlsa shunday tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar YASTga kiritilayotgan oʻzgartirishlar sport turi boʻyicha xalqaro qoidalar oʻzgarganligi bilan bogʻliq boʻlmasa, oʻzgartirishlar YAST tasdiqlangan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sport unvonlarini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xalqaro grossmeyster sport unvoni tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan sportchilar Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi sport unvonini olgan sportchilarga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston grossmeysteri, Oʻzbekiston sport ustasi sport unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi tashkilotlarning taqdimnomalariga asosan beriladi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika sport federatsiyalari (uyushmalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sport unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tashkilot rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan (muhr mavjud boʻlganda) tasdiqlangan holda YASTning normalari va talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilgan kundan boshlab 1 yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sport unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) YAST normalari va (yoki) talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilganligini, shu jumladan sport musobaqalaridagi yutuqlar aks ettirilgan, rasmiy sport musobaqalari bayonnomalari va musobaqa diplomlari nusxalari (sport pasporti mavjud boʻlganda, sport pasportining (tegishli maʼlumotlar koʻrsatilgan varaqlari bilan) nusxasi);

b) hakamlar hayʼati raisi tomonidan tasdiqlangan hakamlarning tarkibi va toifasi haqida maʼlumotnoma (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga toʻlmagan sportchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi);
(22-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sportchiga nisbatan uning treneri tomonidan berilgan tavsifnoma;

d) 2 ta 3 x 4 hajmdagi (oq fondagi) rangli fotosurat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ularni berayotgan tashkilotlar tomonidan asliga toʻgʻri ekanligi tasdiqlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun taqdimnomani imzolagan shaxs masʼul hisoblanadi.

23. Sport unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomaga mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq ilova qilinmagan taqdirda, u rad etiladi va uni taqdim qilgan tashkilotga rad etish sabablari koʻrsatilgan javob xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sport unvonini berish yoki sport unvonini berishni rad etish masalasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladigan malaka komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sport unvonini berishni rad etishga quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sportchi tomonidan bajarilgan normalar va (yoki) talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari YASTga muvofiq boʻlmaganda;

v) sport musobaqalari davomida sportchi diskvalifikatsiya qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sport unvoni malaka komissiyasi qarori asosida qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrugʻiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrugʻi malaka komissiyasi qarori chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida qabul qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sport unvoni berilganligi haqidagi maʼlumot sportchining sport pasportiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sport unvonini olgan sportchiga Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan sport unvoni olganligini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sport unvoni olinganligini tasdiqlovchi guvohnoma yoʻqotilgan, buzilgan yoki uni olgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan hollarda sportchining arizasiga asosan ushbu guvohnomani bergan tashkilot tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda arizaga guvohnoma yoʻqotilgan taqdirda, guvohnoma yoʻqotilganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida berilgan eʼlonning (yoʻqotilgan guvohnomaning berilgan yili, tartib raqami koʻrsatilgan holda) nusxasi, guvohnomani olgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud buzilgan guvohnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomalarining dublikati berilganda uning yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” degan soʻz yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sport razryadlarini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sport razryadlari quyidagicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy mahorat sport maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod, Oʻzbekiston grossmeysteriga nomzod va birinchi sport razryadlari — mazkur tashkilotlarning taqdimnomasiga asosan qatʼiy ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qatʼiy ravishda ushbu tashkilotlar tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan, shuningdek, akademik litseylar, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim hamda oliy taʼlim muassasalarining sportchilariga birinchi sport razryadi — qatʼiy ravishda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qatʼiy ravishda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining mintaqaviy boʻlimlari tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 1-noyabrdagi 8-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-3, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2921-3/4103-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari sportchilariga — Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod, Oʻzbekiston grossmeysteriga nomzod, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari ushbu tashkilotlarning yoxud tegishli sport turi boʻyicha sport federatsiyalarining (uyushmalarining) yoki uning hududiy boʻlinmalarining taqdimnomalariga asosan — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, bunda sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, oʻsmirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — tegishlicha Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari tomonidan beriladi.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sport razryadini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tashkilot rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) va tashkilot muhri (muhr mavjud boʻlganda) bilan tasdiqlangan, taqdimnoma trener tomonidan berilayotganda esa, trener tomonidan imzolangan holda, YASTning normalari va talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilgan kundan boshlab 6 oy ichida berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sport razryadini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) YAST normalari va (yoki) talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilganligini, shu jumladan sport musobaqalaridagi yutuqlar aks ettirilgan, rasmiy sport musobaqalari bayonnomalari va musobaqa diplomlari nusxalari (sport pasporti mavjud boʻlganda, sport pasportining (tegishli maʼlumotlar koʻrsatilgan varaqlari bilan) nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hakamlar hayʼati raisi tomonidan tasdiqlangan hakamlarning tarkibi va toifasi haqida maʼlumotnoma (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga toʻlmagan sportchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi);
(32-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sportchiga nisbatan uning treneri tomonidan berilgan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2 ta 3 x 4 hajmdagi (oq fondagi) rangli fotosurat (sport razryadini birinchi marta olayotganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ularni berayotgan tashkilotlar tomonidan asliga toʻgʻri ekanligi tasdiqlangan boʻlishi shart, taqdimnoma sportchining treneri tomonidan berilayotgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun taqdimnomani imzolagan shaxs masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sport razryadini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomaga mazkur Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq ilova qilinmagan taqdirda, u rad etiladi va uni taqdim qilgan tashkilotga rad etish sabablari koʻrsatilgan javob xati yuboriladi. Bunda taqdimnoma sportchining treneri tomonidan berilayotganda, u rad etish sabablari ogʻzaki tushuntirilgan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sport razryadini berish yoki sport razryadini berishni rad etish masalasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladigan malaka komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sport razryadi malaka komissiyasi qarori asosida qabul qilinadigan mazkur Nizomga asosan sport razryadini berish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar rahbarlarining buyrugʻiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sport razryadini berishni rad etishga quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport razryadini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sportchi tomonidan bajarilgan normalar va (yoki) talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari YASTga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sport musobaqalari davomida sportchi diskvalifikatsiya qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sport razryadi berilganligi haqidagi maʼlumot sportchining sport pasportiga (sport kitobchasiga) kiritiladi va sport razryadini bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport razryadini bergan tashkilot berilgan sport razryadlarining hisobini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha malaka komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizomga asosan sport unvonlari va sport razryadlarini berish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar huzurida malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Malaka komissiyasi tarkibi mazkur tashkilotlarning rahbarlari qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Malaka komissiyasi kamida yetti nafar aʼzodan iborat boʻlib, uning tarkibiga malaka komissiyasi tuzilgan tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari vakillari, shuningdek sportning tegishli turi boʻyicha respublika (viloyat) sport federatsiyalari (uyushmalari), sport turlari boʻyicha oliy sport mahorati maktablari va boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari vakillari kelishuv asosida kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Malaka komissiyasi raisi va aʼzolari oʻz xohishiga koʻra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari uchun malaka komissiyasini tuzgan tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Malaka komissiyasi majlisi unda komissiya aʼzolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda toʻla huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Malaka komissiyasi qarori uning majlisida qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sport unvoni va sport razryadlarini berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalar har oyda malaka komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasining navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda uning raisi tomonidan chaqirilishi mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 28-martdagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2921-2, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2921-2/2893-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Malaka komissiyasi qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi. Bayonnoma malaka komissiyasi kotibi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-iyul

Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son; 08.04.2019-y., 10/19/2921-2/2893-son, 03.12.2019-y., 10/19/2921-3/4103-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 12.11.2021-y., 10/21/2921-4/1043-son; 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son; 24.11.2023-y., 10/23/2921-6/0883-son; 26.02.2024-y., 10/24/2921-7/0151-son; 01.07.2026-y., 10/26/2921-8/0662-son)