1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2920]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda maxsus unvon — martaba darajalari (bundan buyon matnda martaba darajalari deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablarining attestatsiya qismi boʻyicha amal qilishi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 11-noyabrdagi 508-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-5, 11.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2019-y., 10/19/2920-5/4012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining, Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri, shuningdek, mazkur Kotibiyatning yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 11-noyabrdagi 508-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-5, 11.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2019-y., 10/19/2920-5/4012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasi va ish stajiga muvofiq, egallab turgan lavozimini, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlarini hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tegishli tarkibiy tuzilmasi rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-fevraldagi 78-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-4, 26.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 10/19/2920-4/2681-son)
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-fevraldagi 78-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2920-4, 26.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 10/19/2920-4/2681-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va uning apparati yetakchi mutaxassisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri, shuningdek mazkur Kotibiyatning yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 11-noyabrdagi 508-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-5, 11.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2019-y., 10/19/2920-5/4012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tavsiyanomalariga koʻra, shuningdek oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 va 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi martaba darajalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya organlari va muassasalarida ishlagan, martaba darajasiga ega boʻlgan xodimlar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga qabul qilinganda muqaddam berilgan martaba darajasi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimi sifatida ishlagan, muqaddam berilgan martaba darajasiga ega boʻlgan shaxslar adliya organlariga ishga qabul qilinganda, ularga berilgan martaba darajasi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga asosan egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda beriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvonga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga oʻtkazilgan xodimlarga martaba darajalarini berish, ular egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 21-dekabrdagi 464-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-1, 21.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2920-1/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda, ular egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar, ushbu Nizom ilovasiga muvofiq tenglashtirilgan tarzda mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2920-3, 09.03.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Martaba darajalarini berish bosqichma-bosqich xodimning egallab turgan lavozimi va mehnat stajiga muvofiq, shuningdek, uning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga quyidagi lavozimlarga muvofiq martaba darajalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali adliya maslahatchisi — yuridik departament yoki yuridik boshqarma boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali adliya maslahatchisi — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik boʻlim yoki yuridik byuro boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali adliya maslahatchisi — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti, hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik boʻlim yoki yuridik byuro boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali yurist — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi yuriskonsulti, hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali yurist — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining katta yuriskonsulti va yuriskonsulti, hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi yuriskonsulti, tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali yurist — hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining katta yuriskonsulti va yuriskonsulti, tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi, katta yuriskonsulti va yuriskonsulti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bitta shtat birligidan iborat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlim boshligʻi uchun belgilangan martaba darajasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta shtat birligidan iborat hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti uchun belgilangan martaba darajasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta shtat birligidan iborat tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti uchun belgilangan martaba darajasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati hamda Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari rahbar va xodimlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosariga hamda uning apparati yetakchi mutaxassisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri va yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomda hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 11-noyabrdagi 508-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-5, 11.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2019-y., 10/19/2920-5/4012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda ega boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli malaka boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 1 yil oʻtgach beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Martaba darajalarini berish uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga tavsiyanoma bilan murojaat qilinadi (xodim Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra martaba darajalariga tavsiya etilgan hollar bundan mustasno). Mazkur tavsiyanomaga xodimning kasbiy faoliyati, ishchanlik va axloqiy jihatlari aks ettirilgan maʼlumot-tavsifnoma, pasporti nusxasi, mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat, malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi (agar malaka oshirgan boʻlsa), attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (agar attestatsiyadan oʻtgan boʻlsa), oldingi ish yoki xizmat joyida maxsus unvonlar berilganligini tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi (agar maxsus unvonlar berilgan boʻlsa) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot-tavsifnomada xodimning amaldagi martaba darajasi (agar mavjud boʻlsa), soʻnggi ikki yil davomidagi ish sifati va koʻrsatkichlari, qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlari, sudlardagi ishtiroki, xulqi, kasbiy-axloqiy tomonlari, mehnat faoliyati davomidagi yutuqlari va boshqa muhim masalalar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot-tavsifnoma tavsiyanoma bergan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra yuridik xizmat xodimi martaba darajasiga tavsiya etilganda, maʼlumot-tavsifnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻiga asosan tuziladigan Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi adliya vaziriga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan martaba darajasidan yuqori yoki past martaba darajasi berish taklifi bilan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi tomonidan mazkur buyruq asosida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Martaba darajasi berish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi. Mazkur buyruq nusxasi yuridik xizmat xodimining shaxsiy jildiga tikib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar sohasiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari tomonidan yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari har chorakda kamida bir marta xatlovdan oʻtkazilishi, belgilangan muddatlarda xodimni navbatdagi martaba darajasiga tavsiya etish uchun rahbarga axborot taqdim etib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov natijasiga koʻra xodimni martaba darajasiga tavsiya etish haqidagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 10 kunlik muddat ichida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-3, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarini martaba darajalariga tavsiya etish borasidagi ishlarni muntazam ravishda tahlil qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalari boʻyicha yuridik xizmatlar xodimlarini martaba darajasiga tavsiya etish masalasini koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuridik xizmat xodimlarini oʻz vaqtida va muddatida, shuningdek muddatidan ilgari martaba darajalariga tavsiya etish yuzasidan ishlarning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi borasida masʼuliyat shaxsan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvon va martaba darajasiga ega boʻlgan boshqa davlat organlaridan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga oʻtkazilgan xodimlarga maxsus unvon va martaba darajasiga tenglashtirilgan martaba darajasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI

* Izoh: Boshqa davlat organlaridagi maxsus unvon va martaba darajalarini Davlat adliya maslahatchisi (general) tarkibidagi maxsus unvonlariga tenglashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi..
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2920-3, 09.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 934-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2920-1/0441-son, 13.02.2018-y., 10/18/2920-2/0694-son, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son; 26.02.2019-y., 10/19/2920-4/2681-son; 11.11.2019-y., 10/19/2920-5/4012-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)