Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 25-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2918]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-iyul,
110-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 17-iyul,
140-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-iyul,
2017-37-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 17-iyul,
01-02/8-29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida investitsiya deganda mablagʻlarni quyidagilarga:
ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga;
yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan oʻtkazishga, laboratoriya testlari va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar olishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga har yili kiritiladigan axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olishga yoʻnaltirish tushuniladi.
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yangi texnologik jihoz (asbob-uskuna) — chiqarilgan sanadan boshlab uch yildan oshmagan mahsulot, ishlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etadigan mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar;
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar;
texnik va texnologik qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangi, unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda ishlab turganlarini kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi;
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish — ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadlarida rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mavjud binolar va inshootlarni qayta qurish;
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish — mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi bino va inshootlarning qurilishi.
3. Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlar (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi) ushbu Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona boji boʻyicha imtiyozlar (bundan buyon matnda bojxona imtiyozlari deb yuritiladi) yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarga Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 211-moddasining 7-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi 297-moddasi ikkinchi qismining 13-bandiga muvofiq taqdim etiladi.
4. Lizing obyektini qoʻshimcha lizingga berishda soliq imtiyozlar qoʻshimcha lizingni oluvchiga tatbiq etiladi. Bu holda lizing obyektini qoʻshimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
5. Soliq imtiyozlari yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan oʻtkazish, laboratoriya testlari va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar olish va axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olish amalga oshirilgan soliq davridan boshlab qoʻllaniladi.
Soliq imtiyozlari foyda (tushum) qaysi faoliyat turidan olingan boʻlishidan qatʼi nazar, soliq solinadigan foydaning (soliq solinadigan bazaning) barcha summasiga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanishga yangitdan kiritilayotgan yangi texnologik jihoz boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblarga Foydalanishga kiritilgan yangi texnologik jihoz toʻgʻrisida maʼlumotnomani ushbu Nizom ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ilova qilinadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 7-maydagi 89, 15, 2018-33, 01-02/8-33-sonli qarori (roʻyxat raqami 2918-1, 19.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 10/18/2918-1/1239-son)
2-bob. Soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash
1-§. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash
6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, shu soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytiriladi.
7. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi.
8. Kreditni (lizingni) toʻlashda soliq solinadigan foydadan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi.
9. Soliq solinadigan bazani hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablagʻlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solinadigan baza kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan boʻlsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan mablagʻlar soliq solinadigan bazasidan chegirib tashlanmaydi.
10. Soliq solinadigan foydani ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, yangi texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq solinadigan foydaning 30 foizidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin.
Bunda, soliq solinadigan foydani kamaytirish har hisobot (soliq) davrida oʻsib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi.
11. Agar mablagʻlar investitsiyaga yoʻnaltirilgan hisobot (soliq) davrida hisoblangan amortizatsiya summasi ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan oshsa, ushbu hisobot (soliq) davrida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani kamaytirish amalga oshirilmaydi.
2-§. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozni qoʻllash
12. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan oʻtkazishga, laboratoriya testlari va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar olishga va axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dasturiy taʼminot vositalarini sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga kamaytiriladi.
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz mablagʻlar manbaidan (oʻz mablagʻlari yoki qarzga olingan mablagʻlar, shu jumladan lizing) qatʼi nazar, beriladi.
13. Ushbu Nizom 12-bandining birinchi xatboshida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga soliq solinadigan bazani kamaytirish koʻrsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, yangi texnologik asbob-uskuna boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solinadigan bazadan chegirilishi lozim boʻlgan mablagʻ summasi soliq solinadigan bazaning 25 foizidan oshmasligi lozim.
Agar ushbu Nizom 12-bandining birinchi xatboshida koʻrsatilgan maqsadlarga joriy soliq davrida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq solinadigan bazaning 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin.
3-§. Bojxona imtiyozlarini qoʻllash
14. Bojxona imtiyozlari texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod qilish koʻrinishida beriladi.
15. Texnologik jihozni qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxati (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) boʻyicha amalga oshiriladi.
16. Bojxona imtiyozlari butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarga, ular kontraktga (shartnomaga) muvofiq texnologik jihozlar bilan birga ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan taqdirda, tatbiq qilinadi.
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYD) “Preferensiya” nomli 36-grafasida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
18. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Bojxona imtiyozlari faqatgina bojxona imtiyozlarini qoʻllagan holda import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi.
Bojxona imtiyozlarini qoʻllagan holda import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYDning koʻchirma nusxasini taqdim etishi lozim.
20. Bojxona imtiyozlarini qoʻllagan holda import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.
Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (import qiluvchi, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYDning koʻchirma nusxasini taqdim etishi lozim.
21. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| Hujjat turi | | |
/ |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Hujjat turi: 1 — maʼlumotnoma, 2 — aniqlashtiruvchi (kasr orqali aniqlashtiruv raqami) __________________________________________________________ga taqdim etiladi. | |||||||||||||||||||||||
| |
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi) |
| | | | |||||||||||||||||||
| | Yuridik shaxsning toʻliq nomi | ____________________________________ | ||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
|
| ||||||||||||||||||||||||
|
T/r |
Yangi texnologik jihoz nomi |
Chiqarilgan |
Xarid qilingan sana |
Foydalanishga topshirilgan sana |
Xarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi |
Xarid qilish mablagʻlari manbai | ||||||||||||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 | ||||||||||||||||||
| | | | | | | | ||||||||||||||||||
| | | | | | | | ||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman. Rahbar yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs: ___________________________________ | |||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | |
(F.I.O.) |
| | | | ||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | Imzo_______________ | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21, 2007-29 va 01-02/8-11-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1688, 2007-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 254-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnalogik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1688-1, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 218-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2 va 01-02/8-1-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1688-2, 2010-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 56-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 911-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 10/18/2918-1/1239-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)