Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ 3003-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-avgust,
669-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-avgustdagi 669-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 182-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 34-son, 292-modda) nomidagi va hamda 2, 4 va 7-bandlaridagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ularning tuzilmalarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 7-fevraldagi 33-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 63-modda) 2-ilova 6-pozitsiyasining “Qayta tashkil etish mexanizmi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda):
a) 1-ilovada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari”ning 4-pozitsiyasidagi “yer tuzish va yer kadastri”, “qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish”, “qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
14-pozitsiyada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimining “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari” boʻlimining “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari” ustuniga “nasos stansiyalaridan foydalanish” soʻzlaridan keyin “yer tuzish va yer kadastri; qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 2-ilovadagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” bloki “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” bloki bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha davlat dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 24-fevraldagi 39-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014., 9-son, 91-modda) 10-ilovada:
a) “Oliy oʻquv yurtlarining nomlari” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Oliy oʻquv yurtlarining masʼul rahbarlari” ustunidagi “M.Hamidov” soʻzi “U.Umrzoqov” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakalarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014., 3-son, 30-modda) 5-ilova 2-pozitsiyasining “Oliy taʼlim muassasalari” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015., 44-son, 563-modda):
a) 5-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
“Tadbirlar nomi” ustunining 14-pozitsiyasidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar nomi” ustunidagi 39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan takliflariga muvofiq quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish:
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish fakultetlarining oʻquv-laboratoriya korpusini, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining binosini, laboratoriya korpusini va nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish;
Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining Zootexniya va qorakoʻlchilik fakulteti binosi qurilishini tugallash;
Samarqand va Andijon qishloq xoʻjaligi institutlarining, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish”;
g) 2-ilovadagi “Agroinjeneriya” bloki chiqarib tashlansin;
d) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
e) 5-ilovaning nomidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 21-apreldagi 118-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2916-y., 17-son, 174-modda):
a) “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” bloki “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” bloki bilan almashtirilsin;
b) “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali” bloki “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali” bloki bilan almashtirilsin;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 899-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)