1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va shakli |
Bajarish muddati |
Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Sug‘oriladigan yerlarning holatini meliorativ jihatdan yaxshilash, irrigatsiya va suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Deklaratsiya qilingan narxlar bo‘yicha polimer granulalarni ajratish hamda tomchilatib sug‘orish tizimi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlarni polietilen plyonka bilan qoplash va ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali, shuningdek sug‘orishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalari orqali sug‘orish uchun butlovchi buyumlarni ixtisoslash-tirilgan tashkilotlar va korxonalar tomonidan ishlab chiqarish uchun ularni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. |
Deklaratsiyalangan narxlar bo‘yicha polimer granulalar ajratishning va ularni hisobga olishni yuritishning mavjud tartibini tahlil qilish. Nizom loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi tomonidan tasdiqlash. |
2014-yil 10-martgacha 2014-yil 1-aprelgacha |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzamahmudov), Moliya vazirligi (Abdullayev), “O‘zbekneftgaz” MXK (Fayzullayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov) |
|
2. |
Suv xo‘jaligi ishlarini tadqiq qilish, loyihalash, amalga oshirish va qabul qilib olishni tashkil etish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. |
Qurilish normalari va qoidalari (KMK) loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash: 2014-yilda — 4 ta; 2015-yilda — 6 ta. Idoraviy qurilish normalari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash: 2014-yilda — 9 ta; 2015-yilda — 11 ta. Nizomlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash: 2014-yilda — 2 ta. |
2014-2015-yillar |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Xoshimov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Moliya vazirligi (Abdullayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), “Davsuvxo‘jaliknazorat” (Ern�zarov), “O‘zsuvloyiha” OAJ (Primov), “O‘zGIP” MChJ (Abdullayev), “Gidroloyiha” OAJ, (Jigarev), “Suvloyiha” birlashmasi (Qobilov), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari III (Rahimov) |
|
3. |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini, shuningdek sug‘oriladigan yerlarda amalga oshiriladigan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari samaradorligini baholash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. |
Quyidagilarni: sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini; meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash bo‘yicha nizomlar loyihalarini ishlab chiqish. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan nizomlar loyihalarini tasdiqlash. |
2014-yil dekabr |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Arabov), Iqtisodiyot vazirligi (Abdullayev), Irrigatsiya va suv muammolari III (Raximov), boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari |
|
4. |
2025-yilgacha bo‘lgan davrda mintaqalarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini kompleks yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasi (sxemasi)ni ishlab chiqish. |
Asoslovchi materiallar bilan mustahkamlagan ha�da manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda konsepsiya (sxema) loyihasi asosiy qoidalarini ishlab chiqishni tugallash. 2025-yilgacha bo‘lgan davrda mintaqalarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini kompleks yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasi (sxemasi)ni ishlab chiqish va Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashida ko‘rib chiqish. |
2014-yil |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Yusupov), Davlat geologiya qo‘mitasi (Turamuratov), “O‘zkommunxizmat” agentligi (Xolmuhammedov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Toxtayev), “Suvloyiha” birlashmasi (Qobilov), “O‘zsuvloyiha” OAJ (Primov), “O‘zGIP” MChJ (Abdullayev), Irrigatsiya va suv muammolari III (Rahimov), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov) |
|
II. Melioratsiya va irrigatsiya obyektlarini, sug‘orish tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash sifatini oshirish, shuningdek suv resurslarini boshqarish tizimlarini takomillashtirish | ||||
|
5. |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturida nazarda tutilgan loyihalardan har birining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash. |
Har bir loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosi monitoringini olib borish va: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari; Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari kompleksi majlislarida ko‘rib chiqish. |
pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgandan keyin uch kun muddatda
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev) Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (Uzoqov, Ishanov) |
|
6. |
Melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarni bajarish sifatini oshirish. |
Bajariladigan meliorativ ishlarning loyihadagi talablariga va sifatiga rioya etilishi yuzasidan qat’iy, tizimli mualliflik va davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlash. |
tasdiqlangan jadvalga muvofiq |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Shodiyev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qurilayotgan korxonalarining birlashgan direksiyasi, loyihalash tashkilotlari |
|
7. |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi pudrat tashkilotlariga dizel yonilg‘isining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash. |
Olinayotgan mahsulot uchun oldindan to‘lovni amalga oshirgan holda pudrat tashkilotlarining neft omborlarida dizel yonilg‘isining bir oylik zaxirasini yaratish. |
har oyda jadval bo‘yicha |
“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi (Sultanov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev) va viloyatlar hokimliklari |
|
8. |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalari bo‘yicha tugallangan obyektlarni (bosqichlarni) qabul qilib olish tartibini qat’iylashtirish, kollektor-drenaj tarmog‘idan ishonchli foydalanilishini ta’minlash. |
Hududiy va tuman ferm�rlar kengashlarining, shuningdek manfaatdor fermer xo‘jaliklari rahbarlarining tugallangan obyektlarini (bosqichlarni) qabul qilib olish davlat komissiyalaridagi ishtirokini ta’minlash. |
tugallangan obyektlarni (bosqichlarni) qabul qilib olishda |
O‘zbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy va tumanlar fermerlar kengashi |
|
9. |
Ochiq kollektor-drenaj tarmog‘i bo‘ylab joylashgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish. |
Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarida nazarda tutiladigan tadbirlar tarkibiga kollektor-drenaj tarmog‘i kavallerlarini (atroflarini) tekislashni kiritish. Ochiq kollektor-drenaj tarmog‘i bo‘ylab joylashgan kavallerlarni tekislashni va yer uchastkalarini obodonlashtirishni hisobga olgan holda loyihalashtirish topshiriqlarini rasmiylashtirish. |
2015-yildan boshlab |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qurilayotgan korxonalarining birlashgan direksiyasi |
|
10. |
Ochiq kollektor-drenaj tarmog‘i bo‘ylab joylashgan yer uchastkalarini obodonlashtirish. |
Ochiq kollektor-drenaj tarmog‘i bo‘ylab joylashgan yer uchastkalarida tut, terak va boshqa yog‘ochbop daraxtlarni, qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishni tashkil etish. |
har yili 1-maygacha |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), O‘zbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy va tuman fermerlar kengashlari, fermer xo‘jaliklari |
|
11. |
Suv iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari uyushmalarining suv ayirish joylarini sug‘orish suvini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni ta’minlash. |
Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarida sug‘orish suvini boshqarish va hisobga olish vositalarini tayyorlashni tashkil etish. Suv iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari uyushmalari tomonidan melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari bilan ularni suv ayirish joylarini sug‘orish suvini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha shart�omalar tuzilishini ta’minlash. Suv ayirish joylarini jihozlash jadvallarini tasdiqlash va ularning bajarilishi yuzasidan har o‘n kunlik monitoring olib borish. |
2014-yil 1-aprelgacha 20-martgacha 1-aprelgacha, har o‘n kunda |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), O‘zbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy va tuman fermerlar kengashlari, fermer xo‘jaliklari |
|
12. |
Sug‘orishning aniqlashtirilgan rejimlari dala tadqiqotlarini o‘tkazishni, shuningdek hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirishni tashkil etish. |
Jizzax viloyati sug‘oriladigan yerlarini sug‘orishning aniqlashtirilgan rejimlarini, shuningdek gidromodul rayonlashtirishning dala tadqiqotlarini o‘tkazish va ishlab chiqish dasturini tasdiqlash, keyinchalik Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashida ko‘rib chiqish. |
2014-yil 1-aprelgacha 2014-2015-yillar |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Teshayev), Moliya vazirligi (Yusupov), O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (N�rmatov), Irrigatsiya va suv muammolari III (Rahimov), boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari |
|
13. |
Sug‘orish novlarini hamda suv xo‘jaligi qurilishining boshqa temir-beton buyumlarini va konstruksiyalarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish. |
Sug‘orish novlari hamda suv xo‘jaligi qurilishi uchun boshqa temir-beton buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishning zamonaviy tajribasini o‘rganish. Sug‘orish novlarini hamda suv xo‘jaligi qurilishining boshqa temir-beton buyumlarini va konstruksiyalarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil 1-maygacha 1-iyungacha |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Davlat raqobat qo‘mitasi (Abduhakimov), tegishli loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari |
|
14. |
Janubiy Mirzacho‘l kanali (JMK) sug‘orish tizimini takomillashtirish va texnologik jihatdan yangilash. |
Janubiy Mirzacho‘l kanali boshqaruv tizimini kompleks o‘rganish. JMKni boshqarish tizimini takomillashtirish va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha loyihaning DTIIni ishlab chiqish va �asdiqlash, shuningdek moliyalashtirish manbalarini aniqlash. JMK boshqarish tizimini takomillashtirish va texnologik jihatdan yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
2014-yil 1-aprelgacha 1-dekabrgacha 2015 — 2017-yillar |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Moliya vazirligi (Yusupov), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (To‘laganov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Shodiyev), “O‘zGIP” MChJ (Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Mirzoxidov) |
|
III. Tomchilatib sug‘orish tizimini va sug‘orishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish | ||||
|
15. |
Qabul qilingan hududiy dasturlar doirasida tomchilatib sug‘orish tizimini va sug‘orishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalar ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni tanlab olish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ko‘chma egiluvchan quvurlar va polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sug‘orishni joriy etishning tumanlar va hududlar loyihalari ro‘yxatlarini ishlab chiqish hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga kiritish. 2014-yilda amalga oshiriladigan tomchilatib sug‘orish tizimini, qishloq xo‘jaligi ekinla�ini ko‘chma egiluvchan quvurlar va polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sug‘orishni joriy etish bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni ko‘rib chiqish va umumlashtirish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2014-yil 10-martgacha 1-aprelgacha |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari hududiy va tumanlar fermerlar kengashlari va fermer xo‘jaliklari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Moliya vazirligi (Abdullayev), Iqtisodiyot vazirligi (Shermatov), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi |
|
16. |
Fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish uchun ko‘chma egiluvchan sug‘orish quvurlari va polietilen plyonka komplektlarini sotish punktlari tarmog‘ini tashkil etish. |
“Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining tuman filiallarida ko‘chma egiluvchan sug‘orish quvurlari va polietilen plyonka komplektlarini sotish tarmoqlarini tashkil etish. |
2014-yil 1-apreldan boshlab |
“O‘zkimyosanoat” kompaniyasi (Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar hokimliklari |
|
17. |
Xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslarini tomchilatib sug‘orish tizimini va sug‘orishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish. |
Xalqaro moliya institutlari bilan uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish masalalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2014-yil 1-oktabrgacha |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (To‘laganov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Yusupov), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), Markaziy bank (Mustafayev) |
|
18. |
G‘o‘zani va boshqa chopiq ekinlarini polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sug‘orish uchun plyonka qoplagichning tajriba partiyasini yaratish va ishlab chiqarish. |
Plyonka qoplagichni yaratish hamda g‘o‘za va boshqa chopiq ekinlari qatorlari orasini polietilen plyonka bilan qoplashni m�xanizatsiya vositasida sinab ko‘rish. Plyonka qoplagichlarning tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish. Sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil aprelgacha 2014-yil 1-iyungacha 1-avgustgacha |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Teshayev), “VMKV-Agromash” OAJ (Ibragimov), O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Nurmatov), Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (Ravshanov) |
|
19. |
Tomchilatib sug‘orish tizimini va sug‘orishning suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarini loyihalash va pudrat tashkilotlari, shuningdek ulardan foydalanish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari mutaxassislarining malakasini oshirish. |
Tomchilatib sug‘orish tizimini va sug‘orishning suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarini loyihalash va pudrat tashkilotlari, shuningdek ulardan foydalanish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari mutaxassislari uchun: loyihalash tashkilotlariga; qurilish tashkilotlariga; fermer xo‘jaliklariga mo‘ljallangan amaliy seminarlar tashkil etish. |
2014-yil may jadval bo‘yicha |
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Xoshimov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev) va viloyatlar hokimliklari, “SANIPLAST” QK (Aliyev), “Sho‘rtangaz GKK” UK (Mansurov), “O‘zsuvloyiha” OAJ (Primov), “Suvloyiha” birlashmasi (Qobilov) |
|
IV. Suv resurslari, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati va tuproqlar unumdorligi, meliorativ texnikaga servis xizmati ko‘rsatish monitoringi tizimlarini takomillashtirish | ||||
|
20. |
Tabiiy suv oqimlaridagi gidrologik postlarni modernizatsiyalash hamda suv resurslari monitoringi va prognozi sifatini oshirish. |
Ularni bajarishning aniq muddatlarini, moliyalashtirish hajmlari va manbalarini ko‘rsatgan holda tabiiy suv oqimlaridagi 66 ta gidrologik postlarni modernizatsiyalash tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Gidrologik postlarni modernizatsiyalash: shu jumladan: 2014-yilda —10 ta; 2015-yilda — 14 ta; 2016-yilda — 20 ta; 2017-yilda — 22 ta. |
2014-yil 1-aprelgacha |
“O‘zgidromet” (Chub), Moliya vazirligi (Yusupov), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev) |
|
21. |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati monitoringi bo‘yicha laboratoriyalarni va meliorativ ekspeditsiyalarning dala xizmatlarini; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining sug‘oriladigan yerlar tuprog‘ining unumdorligini nazorat qilish bo‘yicha laboratoriyalari va tuproqqa oid xizmatlari uchun zamonaviy laboratoriya anjomlarini sotib olish va ular bilan jihozlash yo‘li bilan tuproqlarning meliorativ holati va unumdorligi monitoringi, shuningdek baholash sifati nazorati tezkorligini oshirish. |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuproqqa oid xizmatlari uchun zamonaviy laboratoriya va dala anjomlarini sotib olish va ular bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil 1-iyulgacha |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Arabov), Moliya vazirligi (Yusupov) |
|
22. |
2014 — 2017-yillarda tuproqlarning sho‘rlanganligini planga olish bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014 — 2017-yillarda tuproqlarning sho‘rlanganligini planga olish bo‘yicha Kompleks dastur loyihasini kelishish va tasdiqlash. 2435,2 ming gektar sug‘oriladigan yerlarda tuproqlarning sho‘rlanganligini planga olish bo‘yicha dala tadqiqotlarini tashkil etish. Viloyatlar, tumanlar va suv iste’molchilari uyushmalari tuproqlarining sho‘rlanish materiallarini tahl�l qilish va xaritalarini ishlab chiqish: shu jumladan: 2014-yilda — 266,6 ming gektarda, 2015-yilda — 663,3 ming gektarda, 2016-yilda — 706,4 ming gektarda, 2017-yilda — 798,9 ming gektarda. |
2014-yil 10-martgacha |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Arabov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Teshayev), Moliya vazirligi (Yusupov), Iqtisodiyot vazirligi (Xo‘jayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov) |
|
23. |
Hududlarning suv xo‘jaligi obyektlari joylashgan sxemalari bo‘yicha ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish. |
Suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy infratuzilmaning asosiy obyektlari joylashish sxemalari bo‘yicha ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish tadbirlarini ishlab chiqish hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi tomonidan tasdiqlash. |
2014-yil 1-maygacha |
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Arabov), “O‘zdaverloyiha” instituti (Jo‘rayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Davlat aloqa qo‘mitasi (Mirzoxidov) |
|
24. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar negizida meliorativ mashinalar va mexanizmlarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha mintaqaviy markazlar tashkil etish. |
Meliorativ mashinalar va mexanizmlarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha mintaqaviy markazlarni tashkil etish va jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi qarori, “O‘zmeliomashlizing” DLK, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyruqlari. |
2014-yil 1-maygacha |
“O‘zmeliomashlizing” DLK (Sulaymonov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), Buxoro (Esonov), Qashqadaryo (Ro‘ziyev), Samarqand (Mirzayev), Toshkent (Usmonov) va Farg‘ona (G‘aniyev) viloyatlari hokimliklari |
|
25. |
Zamonaviy meliorativ texnika operatorlarining, shuningdek “Meliomashlizingservis” ShK, uning mintaqaviy markazlari va filiallari mutaxassislarining malakasini oshirish. |
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy meliorativ texnika operatorlarining, shuningdek “Meliomashlizingservis” ShK, uning mintaqaviy markazlari va filiallari mutaxassislarining malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish. |
yil mobaynida jadval bo‘yicha |
“O‘zmeliomashlizing” DLK (Sulaymonov), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (Xamidov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (Salimov) |
|
26. |
Zamonaviy meliorativ texnika operatorlarini, suv xo‘jaligi, suv iste’molchilari va fermerlar uyushmalari mutaxassislarini rag‘batlantirish. |
Quyidagilarni: zamonaviy meliorativ texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha eng yaxshi operatorlarni; suv iste’molchilari uyushmalarining suv ayirish joylarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, shuningdek sug‘orish suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha eng yaxshi ijrochi direktorlarini; eng yaxshi suvchilarni; sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha eng yaxshi fermerlarni; meliorativ obyektlarni obodonlashtirish va ulardan ishonchli foydalanish bo‘yicha eng yaxshi fermerlarni aniqlash yuzasidan hududiy va respublika tanlovlarini tashkil etish. |
har chorakda |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), “O‘zmeliomashlizing” DLK (Sulaymonov), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), O‘zbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari |
|
27. |
2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturini amalga oshirish natijalarini targ‘ib qilish. |
Meliorativ ishlarni bajarish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylab joylashgan yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish va ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
yil mobaynida jadval bo‘yicha |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Hamrayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (Shodiyev), qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qurilayotgan korxonalarining birlashgan direksiyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), loyihalash tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Teshayev, Hamrayev), Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (Yusupov), O‘zbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari |