Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2025 23.08.2017 yildagi 667-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-sonli “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichi (keyingi o‘rinlarda magistratura bosqichi deb ataladi) ochilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bosqichiga respublikadagi tegishli oliy ta’lim muassasalarining 5640100 — “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlari qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bosqichiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bosqichida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi tinglovchilarning asosiy ish joyi va o‘rtacha oylik ish haqi ularning o‘qish muddati davrida saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ish joyiga ega bo‘lmaganlar safidan magistraturaga qabul qilingan tinglovchilar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun belgilangan stipendiya miqdorlariga muvofiq stipendiya bilan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdorlari tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari magistraturasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning miqdorlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 25-avgustiga qadar tajribali professor-o‘qituvchilar tarkibidan magistraturaga qabul qilishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 31-avgustiga qadar magistratura bo‘yicha davlat ta’lim standartlari asosida magistrlarni tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining magistratura bosqichiga 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta o‘rin, shundan 8 ta o‘rin davlat granti va 17 ta o‘rin to‘lov-kontrakt asosida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2017/2018 o‘quv yilida magistratura bosqichi uchun istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar 1 — 10-sentabr kunlari qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish sinovlari (maxsus test) 15-sentabr kuni o‘tkazilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv yili 2-oktabrdan boshlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 o‘quv yilida va keyingi yillarda magistratura bosqichiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
667-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 34-son, 898-modda)