Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 21.08.2017 yildagi PQ-3229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻz vaqtida va samarali oʻtkazish boʻyicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoʻzani sifatli defoliatsiya qilish, paxta hosilini erta muddatlarda yigʻishtirib olish va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish uchun dalalarni oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2017-yilda gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari toʻgʻrisidagi 1-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekish muddatlari, navi va gʻoʻzaning yetilish davri, joylardagi ob-havo-iqlim sharoitlarini, koʻsak ochilishi surʼatlarini hisobga olgan holda tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha gʻoʻzani 1-ilovada belgilangan maydonlar va muddatlarda defoliatsiya oʻtkazish yuzasidan aniq chora- tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻoʻza defoliatsiyasining belgilangan muddatlarda va sifatli oʻtkazilishi hamda defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh kun muddatda defoliatsiyaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi respublika ekspert ishchi komissiyasini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va tumanlarda ekspert ishchi komissiyalarni shakllantirsin, ularning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat”AJ, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ mutaxassislarini kiritib, ularning zimmasiga gʻoʻza defoliatsiyasi ishlari tashkil etilishi va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlashga doir aniq vazifalar yuklasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
defoliatsiya ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazoratni taʼminlasin hamda agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish borasida belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzagroservis” AJ joriy yilning 31-avgustigacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari boʻyicha defoliatsiya oʻtkaziladigan maydonlarni aniqlasinlar va har bir tumanni defoliantlar bilan taʼminlash hamda ularni alohida ajratilgan joylarda tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, defoliatsiyani tashkil etish va maqbul muddatlarda oʻtkazish tadbirlarini — “yoʻl xarita”larini ishlab chiqsinlar. Gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlarni belgilashda urugʻlik gʻoʻza maydonlari hisobga olinmasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erda ishlatiladigan texnikalardan toʻliq foydalanishni taʼminlashga eʼtibor qaratib, defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan oʻtkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoʻza maydonchalarini tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud boʻlishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning 2-ilovaga muvofiq 2017-yil 31-avgustgacha mintaqalarga yetib borishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 31-avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliatsiya oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda defoliantlarni qoʻllash meʼyorlariga rioya etilishi va defoliatsiyaning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzneftmahsulot” AJ yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishlarini taʼminlash uchun gʻoʻzani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi bir hafta muddatda, asoslangan buyurtmanomalarga binoan tijorat banklariga fermer xoʻjaliklari uchun gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishga zarur kredit mablagʻlarini, kelgusida ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va “SAR” aviakompaniyasi xizmatlariga haq toʻlash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ raisi U.A. Axunov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3229-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3229-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda gʻoʻza defoliatsiyasi oʻtkaziladigan maydonlar va uni oʻtkazishning maqbul muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar nomi

Defoliatsiya oʻtkaziladigan maydon, ming, ga

Defoliatsiya oʻtkazish muddatlari*

boshlanishi

tugallanishi

davomiyligi,

kun

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

70,0

10-sentabr

19-sentabr

10

Andijon viloyati

77,0

5-sentabr

14-sentabr

10

Buxoro viloyati

90,0

5-sentabr

14-sentabr

10

Jizzax viloyati

83,2

7-sentabr

16-sentabr

10

Qashqadaryo viloyati

123,0

5-sentabr

14-sentabr

10

Navoiy viloyati

30,3

5-sentabr

14-sentabr

10

Namangan viloyati

60,0

7-sentabr

16-sentabr

10

Samarqand viloyati

73,9

8-sentabr

17-sentabr

10

Surxondaryo viloyati

85,1

2-sentabr

11-sentabr

10

Sirdaryo viloyati

94,4

5-sentabr

14-sentabr

10

Toshkent viloyati

72,9

8-sentabr

17-sentabr

10

Fargʻona viloyati

83,9

5-sentabr

14-sentabr

10

Xorazm viloyati

79,4

7-sentabr

16-sentabr

10

Jami:

1023,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Defoliatsiya koʻsaklarning amalda ochilishi surʼatlariga koʻra, tabaqalab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3229-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish uchun hududlar boʻyicha samolyotlar taqsimoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar nomi

Samolyotlar soni

Buxoro viloyati

5

Jizzax viloyati

2

Qashqadaryo viloyati

6

Namangan viloyati

3

Surxondaryo viloyati

1

Sirdaryo viloyati

5

Fargʻona viloyati

3

Jami:

25

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 884-modda)