15.08.2017 yildagi PQ-3212-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning maʼnaviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy gʻoyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa sanʼatining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shunday muhim vazifani ado etish borasida Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi faoliyatida zamon talablaridan orqada qolish, ijodiy sustkashlik, tashabbuskorlikning yetishmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda. Uyushmaning moliyaviy ahvoli va moddiy-texnik bazasi bilan bogʻliq muammolar ham uning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boy musiqa merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan ijodiy tashkilot va jamoalar, kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar, yosh ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning isteʼdod va mahoratini roʻyobga chiqarish, zarur moddiy va maʼnaviy yordam berish, soha vakillari oʻrtasida samarali ijodiy muhit tashkil etish boʻyicha koʻpgina muhim vazifalar oʻz yechimini kutmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni hal qilish hamda Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi faollar kengashining Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasini Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi sifatida qayta tashkil qilish haqidagi qarori maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Uyushma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning estetik talab va ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda, zamonaviy ruhdagi badiiy yuksak asarlar yaratish, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlar rivojiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh kompozitorlar, bastakorlar va musiqashunoslar, barcha ijrochilarning ijod bilan samarali shugʻullanishlari uchun imkoniyat va sharoitlarni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning madaniy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda musiqa sanʼati sohasida ijod qilayotgan barcha ijodkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, musiqiy taʼlim-tarbiya sohasini takomillashtirish, mumtoz va zamonaviy musiqa sanʼatini targʻib qilish jarayonlarida faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, turli ijodiy tanlovlar oʻtkazish, bastakorlar ijodini ragʻbatlantirishga qaratilgan konsertlar, festivallar, ijodiy kechalar va boshqa madaniy-maʼrifiy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro madaniy va musiqiy hamkorlik doirasini kengaytirish, yosh kompozitor, bastakor va musiqashunoslarni zamon talablari darajasida tayyorlash, chet davlatlardagi taniqli kompozitorlar va musiqashunoslar bilan oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida soha vakillari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom talablari asosida Uyushma aʼzolari safini yosh isteʼdodli kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslar bilan toʻldirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uyushma va uning hududiy boʻlimlarining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Fond deb yuritiladi) mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada Uyushma va uning hududiy boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Fondga ajratiladigan budjet mablagʻlari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma hududiy boʻlimlarining aniq manzillar boʻyicha joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uyushma aʼzosi boʻlgan faol kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joy yoki yer uchastkalari bilan taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Doʻstlar klubi”ga rahbarlik qilish yuzasidan bildirgan tashabbusi maʼqullansin. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 69-uyda joylashgan Uyushma binosini taʼmirlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha atoqli namoyandalarining elektron arxivini va maxsus fonoteka, ovoz yozish studiyasi hamda “Musiqa ijodkorlari” muzeyini tashkil etishda homiylik yordami koʻrsatish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uyushma oʻz faoliyatini takomillashtirish maqsadida dunyodagi rivojlangan davlatlarning musiqa sanʼati sohasidagi ijodiy uyushmalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, jumladan, xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb etish choralari belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma tavsiyasi bilan uning faol aʼzolarini xorij davlatlariga malaka va tajriba almashish uchun Fond hisobidan xizmat safarlariga yuborish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3212-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi PQ-3212-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 5 ta. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

* Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining viloyatlardagi hududiy boʻlimlari yuridik shaxs maqomini olmagan holda faoliyat yuritadi. Har bir hududiy boʻlimga 1,5 tadan shtat birligi ajratiladi (shundan 0,5 ta shtat birligi — boʻlim boshligʻi (qoidaga koʻra, hududiy sanʼat kollejlari direktorlari) va 1 ta shtat birligi — mutaxassis).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi PQ-3212-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 5 ta. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 843-modda)