Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 11.08.2017 yildagi 615-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek biokimyogarlari va endokrinologlari maktabi asoschisi, mamlakatimizda zamonaviy taʼlim tizimini yaratishga, fan taraqqiyotini yoʻlga qoʻyishda, xususan dunyo fanida qalqonsimon bez faoliyatini, tireoid gormonlar biokimyosi va uning taʼsir mexanizmlarini ochib berishga ulkan hissa qoʻshgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Jasorat” va “Shuhrat” ordenlari sohibi, atoqli tibbiyotchi va pedagog olim akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulov tavalludiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan olimning biologiya, tibbiyot va pedagogika sohalaridagi ilmiy merosining ahamiyatini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligining quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik Y.X. Toʻraqulov tavalludining 100 yilligini mamlakatimizda keng miqyosda nishonlash maqsadida 2017-yil 9-10-noyabr kunlari “Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida akademik Y.X. Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosiga oid davra suhbatlari oʻtkazish, ilmiy-ommabop maqolalar chop etish boʻyicha takliflari maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi akademik Y.X. Toʻraqulovning nomini Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga berish hamda olim nomi va siymosi bitilgan barelyefni tayyorlash va oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmita (B. Yuldashev) oʻn kunlik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik Y.X. Toʻraqulov tavalludining 100 yilligini mamlakatimizda keng miqyosda nishonlash maqsadida “Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasini tasdiqlasin va moliyalashtirish manbalarini aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy konferensiyaga sifatli tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tegishli tashkiliy ishlarni (transport xizmati, ilmiy-amaliy anjuman qatnashchilari va mehmonlarni kutib olish, joylashtirish) amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligiga “Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani hamda Oʻzbekiston va dunyo fanini rivojiga qoʻshgan hissasi haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
615-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 615-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulovning hayoti va ilmiy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti, tashkiliy qoʻmita raisi

A.Q. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

I.U. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri

A.V. Alimov

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

I.Y. Abduraxmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

A.R. Maraximov

Oʻzbekiston milliy universiteti rektori

L.N. Toʻychiyev

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori

B.T. Daminov

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori

T.S. Saatov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriyasi mudiri

Sh.S. Azimova

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti laboratoriyasi mudiri

S.I. Ismoilov

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri

F.Y. Gʻulomova

Akademik Y.X. Toʻraqulovning qizi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 851-modda)