Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018 11.08.2017 yildagi 621-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 554-sonli “Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududidagi oilalarda sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam berish, shu jumladan ularning bu boradagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga koʻmaklashish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi ijro apparati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalarida ota-onalarning bilimlarini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin hamda barcha fuqarolar yigʻinlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda barcha fuqarolar yigʻinlari huzurida “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalarining tashkil etilishini hamda tasdiqlangan namunaviy nizom asosida ushbu jamoatchilik tuzilmalarining nizomlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari va aʼzolarining malakasini oshirishga doir oʻquv seminarlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili “Fuqarolar yigʻini huzuridagi eng namunali “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning amalga oshirilishi monitoringini olib borish hamda har chorakda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga maʼlumotlarni taqdim etib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
621-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 621-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu namunaviy nizom fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Universitet oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Universitet oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, shu jumladan fuqarolar yigʻini hududidagi taʼlim va tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari hamda fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tegishli komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitet ushbu namunaviy nizomga muvofiq oilani boshqarishda har xil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yigʻini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilada sogʻlom turmush tarzini taʼminlash, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam koʻrsatish, shu jumladan ularning bu boradagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tadbirlar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv mashgʻuloti sifatida olib boriladigan Universitet mashgʻulotlari (keyingi oʻrinlarda Universitet mashgʻulotlari deb ataladi) va targʻibot tadbirlaridan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Universitetning maqsadi — oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, oilalarni mustahkamlash va barqarorligini taʼminlash, oilalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yigʻinidagi oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam koʻrsatish, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Universitetning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Universitet quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tomonidan mashgʻulotlarning tashkil etilishini takomillashtirish va ushbu namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mashgʻulotlarga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, malakali mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet mashgʻulotlarini fuqarolar yigʻini hududida olib borilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma materiallaridan, statistik maʼlumotlardan, gazeta va jurnallarda yoritilgan maqolalardan, namunali oilalarning tajribalaridan va shu kabi yoʻnalishlarda hayotiy misollardan foydalangan holda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Universitetning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalar va mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligining buzilishi, shu jumladan farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar bilan ishlash va farzand tarbiyasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha fuqarolar yigʻini hayotida faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet mashgʻulotlari va targʻibot tadbirlarini samarali hamda maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu namunaviy nizomda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan, huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning ota-onalari bilan tizimli ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Universitet tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Universitet tarkibi fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi oʻtkazilganidan keyin bir oy ichida 10 — 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda ovoz berish yoʻli bilan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rahbari, uning oʻrinbosari va aʼzolari fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rahbari, uning oʻrinbosari nomzodiga va aʼzolikka nomzodga fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz berganida u saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Universitet aʼzolari fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qilayotgan huquqshunos, shifokor, pedagog, psixolog va boshqa mutaxassislar hamda Universitetga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunadigan, obroʻ-eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan, mahallada oʻzining namunali xulqi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan faol fuqarolar orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rahbari vazifasini qoida tariqasida fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Universitet oʻz oldida turgan asosiy vazifalarni har oyda kamida bir marta chaqiriladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet yigʻilishi yigʻilishda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Universitet aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning yigʻilishida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalari, shu jumladan Universitet mashgʻulotlarining yoʻnalishlari boʻyicha rejasini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash uchun fuqarolar yigʻini kengashiga kiritish bilan bogʻliq masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarini eshitish bilan bogʻliq masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Universitet rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning yigʻilishlarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning joriy ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet aʼzolariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi), yigʻin kengashi majlislarida Universitet nomidan vakil boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyati toʻgʻrisida yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Universitet rahbari oʻrinbosari va aʼzolarining vakolatlari ushbu namunaviy nizomda belgilangan Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan kelib chiqib, fuqarolar yigʻini Kengashi bilan kelishgan holda Universitet rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rahbari uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda Universitet rahbari oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Universitet mashgʻulotlari unda ishtirok etuvchilarning yoshi, jinsi, maʼlumoti hisobga olingan va guruhlarga ajratilgan holda tashkil etiladi. Universitet mashgʻulotlarining joyi, vaqti va tashkil etish tartibi uning ishtirokchilarining boʻsh vaqtini hisobga olgan holda Universitet yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet mashgʻulotlari uning ishtirokchilariga qulay boʻlgan tilda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Universitet mashgʻulotlari quyidagi yoʻnalishlarda olib borilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila maʼnaviyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila boshqaruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila iqtisodiyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila psixologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning tibbiy madaniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilada sogʻlom turmush tarzi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet mashgʻulotlarining mavzulari hududning oʻziga xos xususiyatlaridan va mavjud muammolardan, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan masalalardan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Universitet mashgʻulotlari yakunida Universitet aʼzolari tomonidan mashgʻulot ishtirokchilari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkaziladi va natijalari tahlil etilib, samaradorligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet mashgʻulotlari ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan namunaviy soʻrovnomaning shakli Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Universitetning targʻibot tadbirlari uning aʼzolari tomonidan fuqarolar yigʻini hududida yashovchi aholi oʻrtasida Universitetning maqsad va vazifalari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlarini olib borish va respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Universitet faoliyatini fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) muvofiqlashtiradi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, hududdagi davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar Universitet faoliyatini samarali tashkil etishga metodik va amaliy jihatdan koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Universitetni zarur jihozlar bilan taʼminlash, Universitet aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil topgan fuqarolar yigʻini mablagʻlari hisobidan fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Universitet aʼzolarining vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Universitet rahbari, uning oʻrinbosari yoki boshqa aʼzolarining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan oldin toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Universitet rahbari, uning oʻrinbosari yoki boshqa aʼzolarining vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda, bir oy muddatda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan boʻshab qolgan oʻrinlarga yangi saylov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 855-modda)