Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.2004 09.03.1992 yildagi PF-360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGINING TAShKILIY TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA UNING FAOLIYATINI YaXShILASh TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilikning respublika madaniyati va sanʼatini rivojlantirish muammolarini har tomonlama hal qilish, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy taraqqiyotida ularning mavqeini oshirish, aholining madaniy estetik talab-ehtiyojlarini toʻla-toʻkis qondirish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni inobatga olib, shuningdek madaniyat va kinematografiya tarmoqlarini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlari sharoitida mazkur soha muassasalariga rahbarlikning zamonaviy iqtisodiy usullarini keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tuzilmasi qayta koʻrib chiqilib, uning markaziy apparati hamda unga qarashli muassasalar negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy madaniyat sohasida davlat siyosati amalda roʻyobga chiqarish, xalqning boy anʼanalarini tiklash va yanada rivojlantirish, respublikaning ijodiy uyushmalari bilan uzviy hamkorlikni mustahkamlash, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish borasidagi chora -tadbirlar majmuini amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining barcha tabaqalari oʻrtasida madaniy-maʼrifiy ishlarni avj oldirish va ularni aniq ravshan mazmun bilan boyitish, kishilarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yana ham toʻliqroq qondirish, professional va xalq ijodiyotini, shuningdek ijtimoiy oʻzgarishlar va ilm-fan sohasidagi yutuqlarni keng targʻib qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr, muzika, xoreografiya, estrada, tasviriy va xalq amaliy sanʼatini yangi bosqichga koʻtarish, ularning gʻoyaviy-badiiy va maʼnaviy saviyasini oshirish, Oʻzbekistonning tarixi va madaniyat obidalarini muhofaza qilish ishini tubdan yaxshilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat sohasi xodimlari va ijodkor ziyolilarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, umuminsoniy qadriyatlarini, insonparvarlik va axloqiylikni qaror topshirish lozim boʻlgan kadrlar tayyorlash jarayonini yaxshilash, odamlarni oʻzining umumtaʼlim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand boʻlishga intilish ruhida tarbiyalash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur idoralarga qarashli madaniyat muassasalarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va ularga rahbarlik qilishni yaxshilash, ularning tashabbuskorligini, mustaqilligi hamda iqtisodiy ragʻbatlantirishni avj oldirish, bozor munosabatlari sharoitida madaniyat va sanʼatning tijorat sohasiga aylanib qolishiga barham berish yuzasidan amaliy choralarni koʻrish, teatrlar, klublar, muzeylar, kutubxonalar, studiyalar va istirohat bogʻlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining zimmasiga quyidagi vazifalarni hal qilish yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi tasarrufda boʻlishidan qatʼi nazar, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan kino va videofilmlar ishlab chiqaruvchi, namoyish etuvchi va tarqatuvchi tashkilotlarga rahbarlik qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, repertuarning gʻoyaviy-badiiy saviyasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kino sanʼatining millatlararo aloqalarni rivojlantirish, uzoq muddatli qoʻshma xalqaro ijodiy dasturlarni tuzish, xalqaro va mintaqa kinofestivallarni, kino va video bozorlarini tashkil qilish, filmlarni birgalikda yaratishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika kino tarmogʻi korxonalari, tashkilotlar va muassasalarning tashkiliy tuzilmasi xamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yanada takomillashtirishga doir meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish uchun takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu narsa belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida ish olib boradigan kino hamda videofilmlar ijodiy-ishlab chiqarish studiyalari, kino va videofilmlarni namoyish qiluvchi, tarqatuvchi birlashmalar va punktlar qaysi tasarrufda ekanligidan, shuningdek mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat kinokompaniyasida shartnoma asosida roʻyxatdan oʻtishga majburdirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan tashkilotlar va fuqarolarning respublika hududida kino va videomahsulot ishlab chiqarishlari hamda tarqatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kinokompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida qarorlar tayyorlab, mazkur kinokompaniyaning tuzilmasi va Nizomini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-360-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 220-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 4-son, 44-modda)