09.08.2017 yildagi PQ-3190-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon talablari darajasida oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qobigʻi shakli jiddiy oʻzgarishini kuzatuvchi, seysmik xavfni baholovchi va zilzilalarni prognoz qiluvchi stansiyalar tarmogʻining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining (keyingi oʻrinlarda — Seysmologiya instituti deb yuritiladi). M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining eksperimental bazasini zamon talablari darajasida modernizatsiyalash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya, binolar va inshootlarini seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarning seysmik xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yoʻldoshev, favqulodda vaziyatlar vaziri R. Joʻrayev, innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov, Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori S. Xusomiddinov, Fanlar akademiyasi Mexnika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti R. Abirov zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya instituti (S. Xusomiddinov) — turli miqyosda seysmik tahlil va xavfni baholash hamda tumanlarga boʻlish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti (R. Abirov) — tuproq ustida quriladigan inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar olish borish, seysmik xavfni baholash va kamaytirish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (K. Kuchkarov) — respublika va transchegaraviy zonalar hududida seysmik xavf ustidan monitoring oʻtkazish uchun javobgar davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ToshuyjoyLITI” AJ (A. Azizov) — binolar va inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar olib borish, aholi punktlariga oid yangi asosiy rejalarning seysmik xavfini baholash, ularni loyihalashtirishning samarali amaliy tizimlari va usullarini ishlab chiqish, shaharlardagi mavjud imoratlar binolarining seysmik ishonchliligi, standartlashtirish, binolar va inshootlarning seysmik xavfini kamaytirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish uchun javobgar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik xavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy loyihalarning va ular natijalarining ilmiy-texnik ekspertizasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, shu jumladan, yosh ilmiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda respublika aholisi va hududning seysmik xavfsizligi masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash uchun homiylik begʻaraz yordamlarini jalb qilishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltaboyev) bir oy muddatda Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududning seysmik xavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-texnik kengash toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining moddiy-texnik bazasini 3-ilovaga* muvofiq, roʻyxat boʻyicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining moddiy-texnik bazasini 4-ilovaga* muvofiq, roʻyxat boʻyicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmologik va prognostika stansiyalarini yanada modernizatsiyalash hamda 5-ilovaga* muvofiq, roʻyxat boʻyicha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari bilan toʻliq taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK (X. Yusupov) Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi buyurtmanomalari boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash texnika vositalari belgilangan tartibda xarid qilinishini amalga oshirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash texnikasi vositalari xarid qilinishi bilan bogʻliq xarajatlar quyidagilar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 256-sonli qarorning 2-bandiga muvofiq, ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya institutining hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun “Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi tomonidan olib kiritiladigan, ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari 2019-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan bojxona rasmiylashtiruvchi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (M. Mirzayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK tomonidan ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan roʻyxatlarga muvofiq, olib kirilgan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari taqdim etilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida yanvarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev va favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3190-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3190-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmologiya, binolar va inshootlarni seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul bajaruvchilar

Seysmologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

1.

Yer qobigʻi shaklining jiddiy oʻzgarishini statsionar va dala sharoiti usullari bilan monitoring qilish tizimini yaratish, seysmik xavf-xatarning qaltis zonalarini aniqlash. Tabiatni va seysmogen jarayonlarning mexanizmlarini tadqiq etish sohasi va fundamental bazasini rivojlantirish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. “Turli darajalardagi tektonik tuzilmalar shaklining jiddiy oʻzgarishi namoyon boʻlishining oʻziga xos xususiyatlarini tatbiq etish hamda geologik-geofizik, gidrogeologik va geodinamik usullar kompleksi bilan ularni baholash metodologiyasini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2.

Seysmik tomografiya va yer qobigʻini profillashtirish usullari bilan seysmogen zonalarning yupqa tuzilmasini oʻrganish texnologiyasini ishlab chiqish

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Kuchli zilzilalar toʻgʻrisida barvaqt xabardor qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuz bergan zilzilalar haqida shoshilinch xabar tarqatish metodikasini ishlab chiqish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV

4.

8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik suv omborlarining seysmik xavf-xatarini monitoring qilish mahalliy tarmoqlari loyihasini ishlab chiqish va yaratish.

Qurilish meʼyorlari va qoidalari QMQ-2.01.03.96 “Seysmik rayonlarda qurilish” (QMQ-2.01.03.96)ga muvofiq mahalliy seysmologik monitoring tizimini joriy etish zarur boʻlgan suv omborlari roʻyxatini belgilash. Ilmiy-tadqiqotlarning maqsad, vazifa va jadvallarini aniqlash, 8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik gidrotexnika inshootlari zonalarining seysmikligini monitoring qilish mahalliy tizimlarini yaratishning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. “Yirik suv omborlari zonalarining shakli jiddiy oʻzgarishi geodinamikasi modellarini hamda ularning seysmik xavf-xatarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasini amalga oshirish. Seysmologik monitoringning mahalliy tarmoqlarini yaratish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” DI

5.

Binolar va inshootlarning seysmik zaifligini instrumental baholash metodikasini ishlab chiqish.

Hozirgi vaqtda qurilayotgan binolarning seysmik chidamliligini ekspress-baholash va ularning zilzila vaqtidagi holatini seysmometrik tadqiqotlar bilan prognoz qilish metodikasini yaratish. Metodikani tajriba loyihasida sinab koʻrish.

2017-2018-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ,
FVV

6.

Seysmik xavf-xatarni baholash va rayonlashtirish sohasida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hisobga olgan holda “Seysmik rayonlarda qurilish” QMQ-2.01.03.96ga oʻzgartirishlar kiritish takliflarini ishlab chiqish.

Ishchi guruhini tuzish. QMQ -2.01.03.96ga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasini kelishib olish. Yangilangan QMQ loyihasini tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Ilmiy-texnik kengashiga kiritish.

2018-yil dekabr

Seysmologiya instituti, Mexanika va seysmik chidamli qurilish instituti, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
FVV

7.

Oʻzbekistonning seysmik jihatdan xatarli zonalarida joylashgan hududlarini batafsil seysmik rayonlashtirish va faol tektonik uzilishlar xaritasini yaratish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Obyekt boʻyicha fond materiallarini oʻrganish. Yuqori seysmik xatarli zonalarning kadastr xizmatini moliyalashtirish bazasini kengaytirish. Mintaqalar hududida geologik-geofizik tadqiqotlar oʻtkazish. 1:200000-250000 miqyosdagi batafsil seysmik rayonlashtirilgan xaritani va Oʻzbekiston hududidagi hamda transchegara zonalari faol tektonik uzilishlar xaritasini tuzish.

2017 — 2022-yillar

Seysmologiya instituti mablagʻlari

Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

8.

Aholi punktlar, shu jumladan istiqboldagi sanoat va fuqarolar qurilishi zonasini seysmik mikrorayonlashtirish hududlarini kengaytirish.

Seysmologiya institutida seysmik mikrorayonlashtirish boʻlinmasini tashkil etish. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda respublika hududlarini ustuvor rayonlashtirish rejalarini ishlab chiqish. Obyekt boʻyicha fond materiallarini oʻrganish. Dala sharoitida instrumental oʻlchovlarni oʻtkazish, respublika shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzish.

2017 — 2022-yillar

Seysmologiya instituti mablagʻlari

Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprog-nostik monitoring markazining barcha seysmologik stansiyalari uchun muqim IP-manzillar ajratilgan holda seysmik xavf-xatar monitoringi tarmogʻining barcha stansiyalari bilan maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash markazi oʻrtasida barqaror aloqani taʼminlash.

Texnik topshiriqni ishlab chiqish. Shartnoma tuzish. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2017-yil sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻz mablagʻlari

FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Seysmologik tadqiqotlarning eksperimental bazasini rivojlantirish maqsadida instrumental seysmologiya laboratoriyasini tashkil etish.

Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yoʻnalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2018-yil yanvar

Fan va texnologiyalar agentligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Fanlar akademiyasi,
Fan va texnologiyalar agentligi

11.

Loyiha tashkilotlari foydalana oladigan sintezlashtirilgan va real akselerogramma maʼlumotlar bazasini yaratish.

Qidirish tizimi bilan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, dasturiy taʼminotni yaratish va Seysmologiya institutining Axborot-tahliliy xizmatida maʼlumotlar bazasi yuritishini qoʻllab-quvvatlash.

2018-yil

Seysmologiya instituti, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

12.

1.1 QMQ 2.01.03-96 “Seysmik rayonlarda qurilish” jadvaliga tuzatishlar kiritish uchun seysmik xususiyatlariga koʻra yerlarni toifalash maqsadida tuproq sharoitlar belgilarini aniqlash boʻyicha geofizik tadqiqotlar oʻtkazish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

13.

Seysmologiya institutining Geofizika observatoriyasi quduqlari negizida gidrogeologik va gidrogeokimyoviy kuzatuvlar tayanch kompleksini yaratish.

Texnik topshiriq va bajarila-digan ishlar jadvalini ishlab chiqish. Respublika hududlarida suv osti quduqlari guruhini tozalash boʻyicha bitimni ishlab chiqish va davlat Davlat geologiya qoʻmitasi bilan uni imzolash. Tayanch kompleksni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

2017-yil dekabr

Seysmologiya institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

Seysmologiya instituti, Davlat geologiya qoʻmitasi

14.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmoprognostik stansiyalari tarmogʻida zilzilalarning gidrogeologik darakchilari diagnostikasi samaradorligini oshirish.

Yer osti suvlarining quduqlar boʻyicha nosozlik aktlarini, bajariladigan ishlarning texnik topshirigʻi va jadvalini ishlab chiqish. Oʻzbekiston hududlarida yer osti suv quduqlari guruhini tozalash boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi bilan bitimni ishlab chiqish va imzolash.

2017-yil

FVV,
Davlat geologiya qoʻmitasi

Binolar va inshootlar qurilishi seysmik chidamliligi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

15.

Shakli oʻzgaradigan qattiq jism mexanikasi, togʻ jismlari tuproqlari, zilzilaga chidamli qurilish mexanikasi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda QMQ -2.01.03.96ni aktuallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Arxitektura yodgorliklarini seysmik taʼsirlardan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
Madaniyat vazirligi

17.

Yuqori seysmik faollik sharoitida amaldagi va barpo etilayotgan tuproq toʻgʻonlarining barqaror ishini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Davsuvxoʻjaliknazorat” DI, FVV

18.

Respublika hududida bino va inshootlarning faol seysmik himoyasini qoʻllash sohasida texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018-yil

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,

“ToshuyjoyLITI” AJ,
FVV

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

19.

Davlat boshqaruvi organlarini viloyatlar kesimida sodir boʻlgan zilzilalar intensivligi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.

Seysmologiya instituti, FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK va OʻzA. mutaxassislari-dan iborat ichki guruhini tuzish. Shoshilinch xabarlarni yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida Idoralararo yoʻriqnomani ishlab chiqish. Mavjud holatni va davlat organlarining sodir boʻlgan zilzilalar intensivligi va ularning oʻchogʻi toʻgʻrisidagi axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini oʻrganish. Viloyatlarda zilzilalar intensivligini tezkor aniqlash boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish. Xabardor qilishning infratuzilmasi va texnik vositalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

FVVga va Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga, Seysmologiya institutiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida

FVV,
Seysmologiya instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Kuchli zilzilalar paytida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish boʻyicha Davlat tizimi xatti-harakatlarining samarali ssenariylarini ishlab chiqish.

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Seysmologiya instituti hamda Fanlar akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. Kuchli zilzilalarga qarshi tezkor chora koʻrishning samarali ssenariylarini ishlab chiqish. Ssenariylari ishlab chiqilgan zilzilalar asosida tegishli xizmatlarning harakatlarini sinovdan oʻtkazish.

2018 — 2020-yillar

FVVga ajratiladigan mablagʻlar

Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
FVV,
“ToshuyjoyLITI” AJ

21.

Respublikaning urbanizatsiyalashgan hududlari uchun zilzila oqibatlarini baholash modellari va dasturiy komplekslarini ishlab chiqish, tajriba loyihasi misolida ularning metodikasini sinab koʻrish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, Fanlar akademiyasining mexanika va seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. “Seysmik xavf-xatarni baholash uchun seysmik jarayon dinamikasi va seysmiklikning yupqa tuzilmasini tadqiq qilish” va “Integratsiyalashgan GISlar asosida zilzilalar oqibatlarining matematik modelini ishlab chiqish” ilmiy loyihalarini amalga oshirish.

2017 — 2020-yillar

FVV tomonidan ajratiladigan mablagʻlar

Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi,
“Oʻzbekneftgaz” MXK,
“Oʻzkimyosanoat” AK, “Oʻzbekenergo” AJ,
FVV

22.

Kuchli zilzilalarni baholash va xavf-xatarlarini boshqarish metodikasini ishlab chiqish.

Zilzila xavf-xatarlarini boshqarish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. “Kuchli zilzila ssenariysi misolida tabiiy ofatlarning yuqori xavf-xatari sharoitida geologik muhitning texnogen oʻzgarishlarini prognoz qilish metodikasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasini amalga oshirish. Respublikada xavf-xatar omillarini eʼtiborga olgan holda xavf-xatarlarni pasaytirish boʻyicha tavsiyanoma (qoʻllanma) ishlab chiqish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Fanlar akademiyasi,
FVV, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

23.

Tabiiy va texnogen omillar tufayli hosil boʻladigan kompleks xavf-xatarlar boʻyicha respublika aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish texnologiyasini yaratish boʻyicha maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish.

Ishchi guruhini tuzish. Maqsadli davlat loyihasini ishlab chiqish. Davlat dasturini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish. Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 — 2022-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari boʻyicha)

Fanlar akademiyasi, FVV, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Yergeodezkadastr”

davlat qoʻmitasi,
Davlat geologiya qoʻmitasi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)