Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2023 09.08.2017 yildagi 606-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2023
Hujjat 14.08.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3029-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeoroliya xizmat markazi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizom (ustav)larni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
606-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, gidrometeorologiya, gidrotexnik inshootlarning barqaror faoliyatini taʼminlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalarni bexatar ishlatilishini, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), Gidrometereologiya xizmati markazi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, shuningdek idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga,shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlikning belgilangan tartibda, oʻz vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusdagi qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlikning harbiy xizmatchilari harbiy xizmatda boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlari (Gidrometeorologiya xizmati markazi va “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi xodimlaridan tashqari) xizmatni oʻtash, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va maishiy xizmat koʻrsatilishi,barcha taʼminot turlari bilan taʼminlanishi, ularning huquqlari va imtiyozlari masalalarida, shu jumladan ularning oila aʼzolari ham, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli toifadagi harbiy xizmatchilari va xodimlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik tizimining harbiy xizmatchilari va xodimlarining moddiy-texnik taʼminoti va mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning oʻz daromadlari, budjetdan tashqari daromadlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, ramzga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida gʻaznachilik hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasi, 4-uy, 100084 manzilida (pochta manzilida) joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi matnlarda — FVDT) hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlar, kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaxslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, gidrometeorologiya, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, seysmoprognostik monitoring va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish sohasida normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik va harbiy davrda fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi, seysmik xavf boʻyicha respublika hududlarini rayonlashtirish, tabiiy ofatlar, shuningdek texnogen avariya va halokatlar manbasining rivojlanish xavfini aniqlash va chuqur tahlil qilinishini koʻzda tutgan favqulodda vaziyatlarni prognozlash va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tizimini, iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini gidrometeorologik taʼminlashni rivojlantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining mustahkamligini oshirish va bexatar ishlashini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologik monitoring tarmogʻini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarida odamlar xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat sirini, xizmat axborotlarini muhofaza qilishga, maxsus aloqani rivojlantirishga doir tadbirlarni oʻtkazishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi va tahdidlari omillarini oldindan aniqlashning maqsadli hamda ilmiy-texnik dasturlari boʻyicha tadbirlarni rejalashtirilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining hayoti va sogʻligʻi, ularning mulkiga boʻlgan xavflarni barvaqt profilaktika qilish va oldini olish, hayot faoliyatini taʼminlovchi obyektlar mustahkamligini oshirish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavflarning yuzaga kelishi sabablarini barvaqt aniqlash, ularni bartaraf etishning aniq choralarini koʻrish, ushbu sohada aholining xabardor qilinishi darajasi oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar haqida oʻz vaqtida xabardor qiladi va ularning oqibatlarini yengillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholiga fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi yoki mulkiga xavf-xatar tugʻilganda kompleks yordam koʻrsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada oʻzaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi va tahdidi bartaraf etilishini, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda ularga oʻz vaqtida va kompleks yordam berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq bilan, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotni kengaytiradi va kuchaytiradi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning qabul qilinishi va murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda ular boʻyicha qonunda belgilangan tartibda tegishli choralarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlarida tizimli ravishda profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek aholi bilan keng koʻlamli muloqot olib boradi hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda aholini avtomatik tarzda xabardor qilish tizimi yaratilishini va boshqarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida favqulodda vaziyatlar oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar xavfi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT va fuqaro muhofazasini xabar berish tizimi, aloqa, avtomatlashgan boshqaruv tizimi va axborotlar bilan taʼminlashning doimiy tayyor holatda boʻlishi tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuz berganligi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish hamda lokal va obyekt darajasida xabar berish tizimi ishlarini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar va aholini yuz bergan va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar va iqlim oʻzgarishi, atrof muhitning zararlanganlik darajasi, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli va ofatli gidrometeorologik jarayonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish maqsadida mavjud barcha ommaviy axborot vositalari va teleradio eshittirish kanallaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, suv obyektlarida aholining xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bilimini oshirishni tashkil etish va boshqa davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarga uslubiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishni tashkillashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat birlashmalarini hamda tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan alohida fuqarolarni, shu jumladan, xorijiy fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini oʻtkazishga belgilangan tartibda jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyatini boshqaradi va davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlarini, qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish, tayyorlash va doimiy shay holda boʻlishini, favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va tugatish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga moʻljallangan kuch va vositalarni joylashtirish va jihozlanishini belgilaydi, oʻquv va reabilitatsiya markazlarini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri va operativ boʻysinuvdagi qutqaruv tuzilmalar tomonidan qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni, vazirlik tizimiga kiruvchi, shuningdek ularni amalga oshirishga jalb etiladigan boshqa qutqaruv tuzilmalarning oʻqitilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta koʻlamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarni yaratish va shayligini taʼminlash ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqaro muhofazasi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va tuzilmalari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlari amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik qiladi, ularning safarbarlik tayyorgarligini rejalashtiradi va tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, fuqaro muhofazasi tizimini shay holga keltirish va xabarlashni tashkillashtirish boʻyicha direktiv hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining jangovar va safarbarlik shayligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi harbiy qismlari va tuzilmalarini boshqarishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, davlat boshqaruvi organlari, qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan harbiy qoʻshinlar va tuzilmalarning hamkorligini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan qurol-yarogʻ, texnika, himoya va boshqa moddiy-texnik vositalar boʻyicha davlat buyurtmasi loyihasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining radiatsion, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofazasi tashkil etilishi, panagohlar va fuqaro muhofazasining boshqa obyektlar yaratilishi va doimiy tayyorgarligini taʼminlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi shaxsiy himoya vositalarini tekshirish va sinash, radiatsion razvedka oʻtkazishga moʻljallangan asboblarni qiyoslash va kalibrovka qilishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida FVDT va fuqaro muhofazasining safarbarlik boʻyicha moddiy-texnik va inson resurslari kuchlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar aholisiga belgilangan tartibda muruvvat yordami shakllantirilishi va yetkazib berilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar hududidagi ishlarga jalb qilingan Vazirlik, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlarining xavfsizligini taʼminlash, talofat hududiga Vazirlik tomonidan olib kelingan yuklarni, shu jumladan muruvvat yordami saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni taʼminlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila, koʻchki, sel, suv bosishi, suv toshqini, qor koʻchkisi va boshqa tabiiy ofatlar, shuningdek texnogen xususiyatli avariya va halokatlarni nazorat qilish va prognozlash tizimining rivojlanishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning holati, xavf manbai yuqori boʻlgan obyektlar va chegaradosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish yuzasidan rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit (atmosfera, tuproq va ochiq suv havzalardagi suvlar)ning ifloslanganligini, daryolar atrofida suv toshqini xavfini monitoring qilishni, gidrologik rejimga amalga qilinishini hamda gidrometeorologik maʼlumotlarni tayyorlash, atrof muhitning ekstremal yuqori darajada iflosganligi haqida ogohlantirishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik xavfli jarayonlarni kuzatish va prognozlash, sel va qor koʻchkisiga qarshi choralar koʻrilishi lozim boʻlgan hudud va joylarni aniqlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash uchun avtomatlashgan xabarlash tizimini yaratishni, respublikaning barcha hududini qamrab oladigan favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha geografik maʼlumotlar tizimi, I, II va III kapitallik toifasidagi gidrotexnik inshootlarni, shuningdek tabiiy va texnogen xavfli joylarning davlat kadastri olib borilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, almashish va berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi natijasida, shu jumladan atrof muhitga yetkazilgan moddiy zararni hisoblash usulini ishlab chiqishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika rahbariyatining topshirigʻiga asosan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan sel, qor, yer koʻchkisi hududlari, suv bosish ehtimoli mavjud hududlardan aholini koʻchirish, ular uchun yangi yashash hududlarida zarur boʻlgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, shuningdek turar-joylar qurilishini, ushbu hududlardan koʻchirilgan fuqarolar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalar barpo etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuz berishi mumkin boʻlgan xavfli hududlar (uchastka, joylar)dan aholini evakuatsiya qilish, shuningdek ularga yangi yashash joylarida zarur boʻlgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqarolarni muhofaza qilish sohasidagi qonun talablari bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, tashkilotlar tomonidan halokatlardan jabr koʻrgan yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy muhofaza qilinishi va ushbu sohada tadbirlar amalga oshirilishi nazorati boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning tezkor navbatchilar guruhi bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, obyektlar va boshqa tashkilotlar navbatchi dispetcherlik xizmatlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi va boshqaruvini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar bilan yirik va oʻta muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati va xavfsiz ishlashi bilan bogʻliq hodisalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini zarur boʻlgan birinchi navbatdagi moddiy boyliklar bilan taʼminlash va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun idoraviy, moddiy boyliklar zaxirasini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlar, kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnika dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, insonlar xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari, boshqa tashkilotlarning faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, gidrometerologiya va seysmoprognostik monitoring boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishni va moliyaviy jihatdan taʼminlanishini, mavjud qutqaruv vositalarini takomillashtirish va yuqori darajadagi yangilarini yaratish, ularni amalga oshirish uchun maxsus-texnik vositalarni yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish talablariga rioya qilinishi boʻyicha shaharsozlik hujjatlari va obyektlarni qurish loyihalarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi va xavfsiz ishlashini, insonlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida respublikaning barcha suv havzalarida kichik hajmli kemalar va ularning toʻxtash joylaridan toʻgʻri foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xavfli obyektlar va ular chegarasidagi hududlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni, ularning koʻlami va oqibatlarini prognozlashning nazoratini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joyi binolari va iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyati sohasiga oid maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirishda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda, aholini, mansabdor shaxslarni hamda FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT va fuqaro muhofazasi kuchlari respublika va mahalliy organlar mansabdor shaxslarini, mutaxassislarni tayyorlash tizimini tashkil qiladi, rivojlantiradi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha kompleks tadbirlar bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarining fuqarolar, vazirlik, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslarini, shuningdek umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va ularning oldini olishga tayyorlash boʻyicha oʻquv-uslubiy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, FVDT boʻlinmalari mansabdor shaxslarini tayyorlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi,tasdiqlaydi yoki kelishadi, qutqaruvchilarni va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarining fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish, qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash kabi masalalar boʻyicha oʻquv dasturlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar va halokatlar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish va ularda harakat qilish, hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholi barcha toifasini safarbar etish boʻyicha aholi oʻrtasida bilimlarning keng tarqatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllaydi va ulardan keng foydalanilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlari, jahon amaliyoti, fan va taʼlim sohasida yoʻnalishlar va innovatsion texnologiyalar talablarini inobatga olib “Aholini favqulodda vaziyatlar xavfsizligi” mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotli yuqori malakali magistr darajasida tayyorlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari va fuqaro tarkibini, hududiy va tarkibiy tuzilmalari qutqaruv xizmatlari qutqaruvchilarini, shuningdek FVDT tizimiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning mutaxassislari va mansabdor shaxslarini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlariga jalb etiladigan qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi, gidrometeorologik, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, konstruktorlik ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqaro muhofazasi, shu jumladan avariyalar va talafotlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ushbu sohalarda chet el tajribasini oʻrganish va tatbiq etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, gidrometeorologiya, seysmoprognostik monitoring, gidrotexnik inshootlardan xavfsiz foydalanish, shuningdek avariyalar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish, zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha hamda Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha xalqaro munosabatlarni amalga oshiradi, shuningdek ushbu yoʻnalishda xalqaro tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtirishni oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni ishlab chiqishda, tuzishda va bajarishda, shuningdek fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda oʻzaro maʼlumot almashish va yordam berish, qoʻshni davlatlar bilan davlatlararo va chegarada joylashgan suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini hal etishda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra BMT tizimining ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarining va boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning markaziy organlarida va mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash uchun, ushbu tashkilotlar bilan kelishilgan shartlarda, belgilangan tartibda vakillar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Vazirlik faoliyatini tashkil etish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning boshqaruv organlari, qutqaruv va boshqa tuzilmalarining moliyaviy, moddiy va texnik taʼminotini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan belgilangan tartibda moliyalashtirish, keyinchalik ajratilgan moddiy va moliyaviy resurslarning ishlatilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlari(qutqaruvchilari)ning majburiy sugʻurta qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, ularning, shuningdek oila aʼzolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasi, sogʻligʻi muhofaza qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus signallar va aloqa vositalari taniqli belgilar bilan belgilangan tartibda taʼminlangan maxsus transport vositalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik oʻz zimmasidagi vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariyalar, halokatlar, terroristik harakatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarur boʻlgan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari, ishchi guruh, komissiya (ilmiy, ilmiy-texnik, uslubiy va shu kabilarni) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilgan xizmatlar, jarima va boshqa tushumlar hisobidan Vazirlikning budjetdan tashqari fondini belgilangan tartibda tashkil etish, uning mablagʻlarini boshqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik ixtiyoridagi davlat mulkini belgilangan tartibda boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik xizmat majburiyatlarini bajarishda, faoliyatni tashkil etish uchun budjet manbasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinadigan mablagʻlar, shuningdek davlat moddiy resurslarini yangilash uchun sotishdan kelib tushadigan mablagʻlar, jarimalar, xayriya mablagʻlari, muruvvat yordam, grant va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar mablagʻlarini tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-qutqaruv texnikalarini yaratish, avariyalar va halokatlardan jabrlangan aholi va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini olib borishda ishlarni bajaruvchilar (firmalar), shuningdek chet ellik ish bajaruvchilar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlashga buyurtmalar berish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ehtiyoj uchun zarur boʻlgan radiovositalar, maxsus jihoz va texnika, boshqa texnik vositalarni olish, ularni saqlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik harbiy xizmatchilari, xodimlari va mutaxassislarini, ularning oila aʼzolarini, shuningdek pensionerlarining qonunchilik talablari asosida davolash-profilaktik, sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlar orqali ijtimoiy himoyasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik ehtiyojlari uchun kapital qurilishlar, shu jumladan, uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni taʼmirlash va qayta taʼmirlash ishlarini olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus radioaloqa, signal berish vositalari, bayroqchalar, tanish belgilari bilan jihozlangan maxsus rangdagi texnik vositalar, uchish vositalari, havo va suv kemalariga egalik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatiga doir masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishga tayyorgarlik koʻrish va ijrosini taʼminlash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlarining tegishli tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda boshqa viloyatlardagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga doimiy shay turadigan hududiy kuch va vositalarni jalb qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi oʻrinlarda vazir deb ataladi) boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning tarkibida boʻlgan tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari organlarida, shuningdek xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazir oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlikning alohida ish yoʻnalishlari va uchastkalari, shuningdek boʻysunuvidagi tashkilotlarga rahbarlik qilishining belgilangan boʻyicha vakolati, shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik markaziy apparati shtati va tarkibini tasdiqlaydi, shuningdek ularning tasdiqlangan davri va budjet ajratmalari doirasida xarajatlar miqdorini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruqlar, koʻrsatmalar va direktivalar chiqaradi, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning oliy ofitserlari tarkib tomonidan egallanishi mumkin boʻlgan mansablar roʻyxati boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat tuzilmalarining nizomlarini, Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning nizom (ustav) larini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning lavozimi, shuningdek ushbu lavozimga muvofiq keladigan harbiy unvonlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmalar shaxsiy tarkibining texnika va asbob-anjomlar bilan taʼminlanish meʼyorlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti hisobidan ajratilgan va belgilangan xizmat resursini oʻtab boʻlgan moddiy-texnik vositalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi boʻyicha hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari topshiriqlari, shuningdek obyektlarni, qutqaruv tuzilmalari uchun yangi turdagi texnika va texnik vositalarni loyihalashtirish topshiriqlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarga, polkovnikka qadar hisobga olgan holda, harbiy unvonni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlar tarkibi uchun belgilangan tartibda va muddatda beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik harbiy xizmatchilarini lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari bilan kelishgan holda hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik vakolatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar qabulini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlik tizimida harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari, shuningdek ular oila aʼzolarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasini taʼminlash masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oddiy askar va ofitserlar tarkibidan boʻlgan harbiy xizmatchilarni davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga xizmat safariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida xizmatlari uchun Vazirlik tizimi xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish, shuningdek idoraviy mukofotlarni taʼsis etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik harbiy xizmatchilari va xodimlarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy taqdirlash belgilarini ishlab chiqadi, ushbu belgilar va ularning tasviri haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, ular bilan Vazirlik shaxsiy tarkibini, shuningdek fuqaro muhofazasi, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari amalga oshirilishiga koʻmaklashgan fuqarolarni taqdirlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning bosh tasarrufchisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ofitserlar tarkibining, ular uchun belgilangan lavozimlarga tayinlanishi va ozod etilishi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar berilishi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilarining kiyim-bosh namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tashkil etiladi. Toifalangan tumanlar va shaharlarda — favqulodda vaziyatlar boʻlimlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlikni harbiy xizmatchilar bilan jamlash belgilangan tartibda, buyurtmanomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy va maxsus taʼlim muassasalarida va boshqa davlatlarning taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), lavozimi boʻyicha vazir oʻrinbosarlari, Vazirlikning hamda unga qarashli tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat tarkibdagi hayʼat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning shaxsiy tarkibi va soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashda Vazirlik rahbariyati va boshqa mansabdor shaxslarning ijro intizomi va shaxsiy javobgarligini oshirishni mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Vazir buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlik vakolati doirasidagi muhim muammolarni koʻrib chiqish, tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, uning tarkibiga tegishli davlat ijro hokimiyati organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengashi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengash oʻz faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlikning shaxsiy tarkibi harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega boʻladi, ularning namuna-etalonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik texnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilgan maxsus rangga boʻyaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlik shaxsiy tarkibini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy taʼminoti meʼyorlari, ulardan foydalanish muddati Vazir tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining(keyingi oʻrinlarda Oʻzgidromet deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzgidromet Oʻzbekiston Respublikasida gidrometeorologiya sohasidagi masalalarni hal qiluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzgidromet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) boʻysunadi va hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy apparat, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari, “Gidrometpribor” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, “Meteoinfosistem” axborot-texnik boshqarmasi, Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji, shuningdek idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar”Oʻzgidromet”ning yagona tizimini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzgidromet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzgidromet oʻz faoliyatini Vazirlik rahbarligida, shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzgidromet va uning idoraviy tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzgidromet Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻcha, 72-uy, 100052 manzilida (pochta manzilida) joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzgidrometning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Oʻzgidrometning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika Qurolli Kuchlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini, shuningdek fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi, stratosferadagi ozon umumiy tarkibining tizimli kuzatuvlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, gidrometeorologiya sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik kuzatuvlar tizimining ilgʻor texnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish, shuningdek tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy gidrometeorologik xizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika Qurolli Kuchlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida gidrometeorologik kuzatuvlar, gidrometeorologiya maʼlumotlarini, shuningdek atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish va tarqatish tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarini, shuningdek fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi, aviatsiya, mudofaa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun maxsus tezkor gidrometereologik xizmat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga muntazam ravishda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali kutilayotgan va roʻy berayotgan ob-havo sharoitlari, tabiiy gidrometeorologik hodisalar, atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat gidrometeorologik maʼlumotlar fondi va tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat fondini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yer usti suvlari boʻyicha Davlat suv kadastrini, shuningdek xavfli gidrometeorologik hodisalar boʻyicha yuqori tabiiy xavfli zonalar davlat kadastrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlimiy maʼlumotlar milliy bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda meteorologik, gidrologik va agrometeorologik asbob-uskuna va qurilmalarni tekshiradi hamda attestatsiyadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi, stratosferadagi ozon umumiy tarkibining tizimli kuzatuvlarini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor gidrometeorologik, iqlimiy va ularga bogʻliq atrof muhitga tegishli xizmatlar koʻrsatish maqsadida kuzatuv maʼlumotlarini yigʻish, ularga ishlov berish va sifatini nazorat qilish tizimini yaratadi va uni ishchi holatda saqlab turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik prognozlash modellari va tizimini yaratadi va ulardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va ularni umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi monitoringini taʼminlaydi va uning taxminiy prognozlarini taqdim etadi, shuningdek iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera, yer usti suvlari (tabiiy suv oqimlari), tuproq va fon monitoringi (maʼlumotlarni toʻplash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, axborot tayyorlash)ni amalga oshiradi, atmosferaning ifloslanish darajasini prognoz qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik kuzatuvlar tarmogʻi, shuningdek atrof tabiiy muhit ifloslanishini kuzatish tarmogʻini yuqori texnik darajada saqlab turadi va undan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xalqaro miqyosda gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyalarga asoslanib gidrometeorologiya fanini rivojlantirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, gidrometeorologiya sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya va unga bogʻliq sohalar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) gidrometeorologik kuzatuvlar tizimining ilgʻor texnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish, shuningdek tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy gidrometeorologik xizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlar va xalqaro faoliyatda ishtirok etish orqali milliy manfaatlarga koʻmaklashuvchi tegishli xalqaro majburiyatlarni, shu jumladan, Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti Konvensiyasi, BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Konvensiyasi, BMTning choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi, YUNESKO Xalqaro gidrologik dasturlari doirasidagi majburiyatlarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda xalqaro iqlimiy moliyalashtirish jamgʻarmalari, Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hukumatlararo ekspertlar guruhi (MGEIK) faoliyatida ishtirok etadi, Oʻzbekiston Respublikasining Yashil iqlimiy jamgʻarma bilan ishlash uchun milliy vakolatli organi funksiyalarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon Meteorologiya Tashkilotining Jahon ob-havo xizmati tizimida Mintaqaviy meteorologik markaz funksiyalarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Fuqaro aviatsiyasi tashkilotida (IKAO) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli meteorologik organi vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar orqali hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzgidrometning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalarni kompleks amalga oshirish uchun zarur boʻlgan gidrometeorologik materiallarni, shuningdek gidrometeorologik maʼlumotlardan foydalanishning iqtisodiy samarasini baholash uchun noqulay gidrometeorologik omillar va hodisalar natijasida yetkaziladigan ziyon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini Butunjahon Meteorologiya tashkiloti va gidrometeorologiya boʻyicha Davlatlararo Kengashda belgilangan tartibda ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa, shu jumladan xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini ekspertlar sifatida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aeronavigatsiya manfaatlari uchun meteorologik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzgidromet faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzgidrometga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktorning bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet bosh direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bosh direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Oʻzgidrometga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidrometda ijro intizomi holati yuzasidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning Oʻzgidromet faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishdagi vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarlik darajasini hamda ishlab chiqarish boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlari ishini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidrometning tuzilmaviy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda markaziy apparat xodimlari, tuzilmaviy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari, shuningdek Vazir bilan kelishgan holda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzgidromet tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan hayʼat yigʻilishlarida, majlislarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidrometning tashkiliy tuzilmasiga va markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtiriladigan Oʻzgidromet markaziy apparati, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari, idoraviy tashkilotlar xarajatlari smetasini Vazir bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻz faoliyatini Vazir bilan kelishilgan holda bosh direktor tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzgidromet tizimidagi xodimlarni moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga har yili ajratiladigan pul va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidromet xodimlari uchun davlat boshqaruv organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzgidromet xodimlari belgilangan tartibda bepul maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgidrometning borish qiyin boʻlgan stansiyalari xodimlari belgilangan tartibda bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzgidrometni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlari xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) boʻysunadi va hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimiga davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda davlat nazoratini olib boradigan hududiy inspektorlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlari va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini Vazirlik rahbarligida, shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 26-uy, 100200 manzilida (pochta manzilida) joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga qabul qilinishi, ishlatilishi, rekonstruksiya qilinishi, taʼmirlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish sifati yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishini tashkil etish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mukammalligi I, II, III klass boʻlgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holati ishonchliligini hamda bexatar ishlashini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining holatini va ularning xavfsizlik deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini naturada kuzatishni va diagnostikasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda davlatlararo va chegaraviy suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining texnik jihatdan ishonchliligi va xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan idoralararo va davlatlararo komissiyalar ishlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga qabul qilinishi, ishlatilishi, rekonstruksiya qilinishi, taʼmirlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish sifati yuzasidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarini joylashtirishda, gidrotexnika inshootlarini loyihalash uchun topshiriqlarni kelishishda, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishda, gidrotexnika inshootlarini qurish sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalari va mezonlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining ishonchli qoʻriqlanishini tashkil etish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning qirgʻoqboʻyi polosalarini belgilash ishlarini tashkil etishda koʻmaklashadi, ushbu zonalar va polosalarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi qonunchilikka asosan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻziga boʻysunuvchi hududiy inspektorlar orqali hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlariga belgilangan tartibda kirish, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va texnik nazoratini tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida, qonunchilikda belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning texnik va xavfsizlik holati boʻyicha nazorat oʻrnatilganligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining holati, ulardan foydalanish va xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan vazirliklar va idoralarning, shuningdek korxona va tashkilotlar rahbarlarining axboroti, maʼruza va maʼlumotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan gidrotexnika inshootlari texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, tadbirlar rejalari, buyruqlar, yoʻriqnomalar, hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilish va olish, zaruriyat boʻlganda, respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari mutaxassislarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish, shuningdek gidrotexnika inshootlari xavfsizligi normalari va qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda xavfliligi yuqori boʻlgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish yoxud daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlarida xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar faoliyatini, agar mazkur faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, belgilangan tartibda taqiqlash yoki cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining mansabdor shaxslari va uning hududiy inspektorlari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan Vazir bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshliq — vazirning birinchi oʻrinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshliq oʻrinbosari — vazir oʻrinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarma apparati katta mutaxassislari — vazirlikning bosh boshqarmasi boshligʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar — vazirlikning boʻlim boshligʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy inspektorlar — viloyatlar hokimliklarining tegishli mustaqil boʻlimlari rahbarlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalarning yetakchi mutaxassislari — mustaqil boshqarmalar va viloyatlar hokimliklarining boʻlimlari yetakchi mutaxassislariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda qoʻyilgan vazifa va xizmatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasida ijro intizomining holati yuzasidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosarining va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, vazifalarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalarning inspektorlarini va yetakchi mutaxassislarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz vakolati doirasida “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimidagi xodimlarning bajarishi majbur boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasining xarajatlarini smetasini va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga koʻra oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlikning hayʼat majlislarida belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasida yirik gidrotexnika va boshqa muhandislik inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassislardan iborat boʻlgan Ekspert kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra Ekspert kengashi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining nizomi va tarkibi Vazir bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi gidrotexnika inshootlaridan bexatar foydalanish va ularning ishonchli ishlashining eng muhim masalalarini koʻrib chiqadi, gidrotexnika inshootlarining barqaror va bexatar ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasi natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining qarorlari “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek tashkilotlarning manfaatlariga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Ekspert kengashi majlislariga ularning vakillari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekspert kengashi oʻzining tarkibida mustaqil xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi boʻlinma — Diagnostika markaziga ega boʻladi, u gidrotexnika inshootlarining texnik holati ishonchliligini diagnostika, kuzatuv, naturada kuzatuv ishlarini amalga oshiradi va kadastrlarni yuritish ishlarini, shuningdek xavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika markazi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining Nizomi, oʻz nomi yozilgan muhrga va banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika markazining Ustavi va shtat jadvali Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika markazi rahbari Ekspert kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diagnostika markazini moliyalashtirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va boshqa buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi inspektorlari oʻz faoliyatlarini joylarda gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlar asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnik taʼminoti, shuningdek “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi markaziy apparati orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarorining 1 — 8, 15, 16, 18 — 29-bandlari, shuningdek qarorga 1 — 6 ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2001-yil 2-martdagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QQT, 2001-y., 5-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2002-y., 5-son, 23-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2004-y., 4-son, 37-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining”Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyati toʻgʻrisida” 2004-yil 20-apreldagi 186-son qarori(Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2004-y., 4-son, 38-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi huzuridagi davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qaroriga 4-ilovasining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2005-y., 2-son, 12-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori ilovasining 37 va 38-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2010-y., 6-son, 27 modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 69-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2001-y., 22-son, 428-modda).