Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
 LexUZ sharhi

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston milliy terma jamoalari sportchilarining Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlari, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori, sport salohiyati va yutuqlari tizimli ravishda oshib borishini ta’minlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini o‘zida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda.

Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning o‘z mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, jismonan va ma’nan yetukligini ta’minlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish zarur.

Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq keng miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, O‘zbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishga faol ko‘maklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-bosqich jalb etishga doir “Katta sportdan keyingi faoliyat” harakatlar dasturi ishlab chiqilishi belgilangan.

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilariga to‘lanadigan oylik to‘lovlar va ularning trene�larini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish miqdorlari belgilangan. Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun umrbod to‘lanadigan oylik to‘lovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Yuqori mahoratli sportchilar uzluksiz ravishda o‘quv-mashg‘ulot jarayonida bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida sirtqi bo‘lim ochish yuzasidan aniq taklif kiritish belgilandi. Bu, o‘z navbatida, sportchilarga mashg‘ulot va musobaqalar bilan bog‘liq faoliyatlaridan ajralmagan holda ta’lim olishlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi bilimlarini oshirishga va kelajakda murabbiylar safiga qo‘shilishlariga imkoniyat yaratadi.

Qarorga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari tashkil etilishi va O‘zbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning mashhur sportchilariga xususiy sport muassasalarini barpo etib, o‘zlarining mahorat maktablari faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratish maqsadida ularga “nol” qiymatida binolar berish, yer hamda banklardan kreditlar ajratish, boshqa imtiyozlar berish yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilandi.

Mazkur qaror O‘zbekistonda sportchi va murabbiylarni moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, dunyoga mashhur sportchilarimizga xususiy sport muassasalarini ochish yo‘li bilan nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilar zaxirasini tayyorlashda munosib hissalarini qo‘shishlariga imkoniyat yaratadi.

Qaror doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilar va ularning trenerlari mehnatini munosib rag‘batlantirish, qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi