Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1831-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/20-sonli “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1831-7, 29.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi F-4977-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-son qarori (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-iyul,
17/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 18-iyuldagi 17/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 327-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“327. Bank (bank filiali)ning bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalari bank filiali joylashgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) doirasida ochilishi mumkin. Hududda filiali mavjud boʻlmagan banklarga bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassa tashkil etishga ruxsat etilmaydi.
Bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tomonidan faqat aholidan kommunal toʻlovlar, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, jarimalar, majburiy va ixtiyoriy sugʻurta uchun toʻlovlar, shuningdek, omonatlarga kirim qilish uchun hamda boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun naqd pulda yoki bank plastik kartochkalaridan terminal vositasida qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar orqali aholiga ularning talabiga muvofiq omonatlaridagi pul mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.
Bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tushgan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali har kuni operatsion kassa joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahardagi tijorat banki (filiali) kassalariga topshirishlari lozim. Operatsion kassa joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shaharda tijorat banki (filiali) mavjud boʻlmagan taqdirda naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali ushbu hududdagi boshqa tijorat banki (filialli)ga topshiradi.
Bunda inkassatsiya xizmati yoʻnalishlari ular joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahar hududidan tashqari yoʻnalishlar boʻyicha belgilanishiga ruxsat etilmaydi.
Tumanlarga boʻlingan shahar hududida faoliyat yuritayotgan banklar (bank filiallari) tomonidan bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarga tushgan naqd pul tushumlari ularni tashkil etgan bank (bank filiali) kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishi mumkin.”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
38-ILOVA
38-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 823-modda)