08.08.2017 yildagi PQ-3178-son
ONLINE TRANSLATE
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)

T/R

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

1

Musiqa san’ati ta’lim muassasalarini maxsus adabiyotlar bilan ta’minlash, ularni muntazam nashr qilib borish maqsadida konservatoriya huzurida ixtisoslashtirilgan musiqa nashriyoti va bosmaxona tashkil etish, mavjud ovoz yozish studiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2018-yil II chorak

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

2

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi qoshidagi “Musiqa cholg‘ulari muzeyi” faoliyatini yaxshilash, “Konservatoriya tarixi muzeyi”ni moddiy ta’minlash.

2018-yil II chorak

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

3

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazini tashkil etish, shu maqsadda yangi o‘quv binosi va tinglovchilar uchun turar joyi qurish hamda talabalar va malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom bo‘lishi maqsadida konservatoriya hududiga tutash sport maydonchasini tashkil etish.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab

Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi

4

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosini akustik talablarni inobatga olgan holda kapital ta’mirlash, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilayotgan musiqa cholg‘ulari, texnik vositalar, inventar va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

2019-yil mobaynida

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki

5

Konservatoriyada talabalar mustaqil shug‘ullanishlari uchun yetarli repetitoriylar tashkil etish, mustaqil mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun xonalar ajratish va yaxshi sozlangan cholg‘ular bilan jihozlash, shuningdek, konservatoriya yotoqxonasida ham shunday sharoitlarni yaratish.

2019-yil mobaynida

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki

6

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘rnatilgan noyob organ cholg‘usini ta’mirlash, doimiy texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va organ zalini avtomatik haroratni saqlab turish uskunalari bilan ta’minlash.

2019-yil mobaynida

Madaniyat vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki

7

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida musiqiy adabiyotlar, o‘quv uslubiy majmualar hamda nota matnlarini chop etishga ixtisoslashtirilgan maxsus bosmaxona tashkil etish.

2018-yil mobaynida

Madaniyat vazirligi, Davlat nashriyot va matbaa qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi

8

O‘zbekiston davlat konserv�toriyasi tarkibidagi Musiqali teatr-studiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv ishlab-chiqarish jamoalari hisoblangan simfonik orkestr, xalq cholg‘ulari orkestri va xor artistlarining maosh razryadlar?ni respublika professional badiiy jamoalar xodimlari maosh razryadlarini o‘rganib, tegishli xulosalarni tayyorlash.

2018-2019 o‘quv yilidan

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi

9.

2017-yil oktyabr oyiga qadar O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosini issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha lokal isitish qozonxonasini o‘rnatish.

2017-yil oktyabr

Madaniyat vazirligi, “Tashissiqlikquvvat”,Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi,

II. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘quv-uslubiy va me’yoriy-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish

10.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilari diplomida Davlat attestatsiyasi komissiyasining qaroriga binoan qayd etiladigan malaka talablari, shuningdek, ta’lim muassasasining bakalavriat yoki magistratura bosqichlari uchun mo‘ljallangan normativ-huquqiy hujjatlarini tanqidiy o‘rganib chiqib, ularni takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2017-yilidan muntazam

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

11.

Konservatoriyaning mutaxassislik yo‘nalishida kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini tashkil etishni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Davlat qabul komissiyasiga kiritish.

2017-yilidan muntazam

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

12.

Musiqa ta’limi uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari fanlararo bog‘liqligi va integratsiyasini takomillashtirish.

muntazam

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

13.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim turida ijrochilar uchun assistentura-stajirovka ta’limini qayta tiklash, Konservatoriyada musiqa san’ati bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2018-yilidan boshlab

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi

III. Musiqa ta’limi muassasalarini ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, �ayta tayyorlash, ularni malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish

14.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida bolalar musiqa va san’at maktablari, akademik litsey va kollejlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yildan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

15.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari ilmiy-ijodiy salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari, akademik litsey va kollejlarida ijodiy uchrashuvlar,”Ustoz saboqlari” mashg‘ulotlari, seminar-treninglarni muntazam tashkil etish.

2018-yildan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari v� bastakorlari uyushmasi

16.

Konservatoriyaning asosiy kvotasiga qo‘shimcha ravishda, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari uchun pedagoglar kadrlar tayyorlash kvotasini iqtisodiyotning real sektori talab va ehtiyojni o‘rgangan holda viloyatlar kesimida maqsadli shakllantirish.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi

IV. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining hamkorlik aloqalarini takomillashtirish

17.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, 2021-yilda fortepiano, torli va damli hamda urma zarbli musiqa cholg‘ulari xalqaro tanlovini muntazam ravishda har uch yilda bir o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

muntazam ravishda

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

18.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiyalarga xorijiy mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash, xorijiy davlatlardagi taniqli san’atkorlar bilan hamkorlikda konsert dasturlarini tashkil qilish.

2018-yildan muntazam ravishda

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur o‘rganish asosida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘zlagan ma’ruzasida bu boradagi vazifalar yanada aniq-ravshan belgilanib, madaniyat, adabiyot va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.

Bu borada, ayniqsa, “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror alohida ahamiyatga ega.

Qarorda xalqimiz, xususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda g‘oyat muhim o‘rin va ahamiyatga ega bo‘lgan musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur o‘rganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’atining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida muhim vazifalar belgilandi.

Prezidentimiz tomonidan imzolangan ushbu muhim hujjatga muvofiq, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi, mazkur bilim yurtining yangi tarkibiy tuzilmasi, konservatoriya faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Mazkur dasturda bugungi kunda ma’naviy hayotimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlangan.

Jumladan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, ma’naviy yetuk, milliy g‘oya va mafkuramizga sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol shaxslarni tarbiyalash, o‘zbek xalqining milliy musiqiy merosi negizida, jahon musiqa madaniyati durdonalaridan andoza olgan holda, musiqa san’atini rivojlantirish, musiqiy ta’lim tizimini sifat jihatidan yanada ko‘tarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturda aks etishi lozimligiga urg‘u berilgan.

Shuningdek, mulkiy yoki idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, musiqa san’ati, musiqa ta’limi yo‘nalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etishda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy tomondan ko‘maklashadigan tayanch oliy ta’lim muassasasi ekaniga alohida urg‘u berilgan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, o‘quv auditoriyalari, maxsus mashg‘ulot xonalarini ta’mirlash va zamon talablari darajasida jihozlashga katta e’tibor qaratilgan.

Ayni vaqtda konservatoriyada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, musiqa san’ati sohasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ijodiy markazlar, taniqli kompozitor, musiqachi va ijrochilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, xorijiy mutaxassislarni mamlakatimizga taklif etish bilan bir qatorda respublikamizda yuqori natijalarga erishgan musiqachi va pedagoglarning mahorat darslarini chet davlatlarda tizimli tashkil etish zarurligi qayd etilgan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari ham dasturda o‘z ifodasini topishi kerakligi belgilangan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘quv binolari yetishmasligi, talabalar soni sezilarli darajada ko‘paygani ta’lim-tarbiya jarayonlarini yuqori darajada va sifatli olib borishda muammo tug‘dirmoqda. Qarorda ana shu masalani samarali hal etish choralari belgilangan. Shu maqsadda mutasaddi tashkilotlarga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 31-uyda joylashgan V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tegishli bo‘lgan binoni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘rnatilgan tartibda berish hamda Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufiga o‘tkazish va ushbu binoda jahon andozalariga to‘liq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish vazifasi topshirilgan.

Konservatoriyaning madaniy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida konservatoriya rektori vazifasini ham bajarishi qarorda belgilab berilgan.

Shu bilan birga, o‘qituvchi va talaba yoshlarning ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qaror Prezidentimiz tomonidan milliy musiqa san’atimiz rivojiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy namunasi bo‘lib, u O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, musiqa san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash darajasini sifa� jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani bilan g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.