04.08.2017 yildagi 590-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, ularning negizida yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari tashkil qilish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrida oʻtkazilgan xatlov yakunlari boʻyicha 44 ta boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahrida joylashgan, tadbirkorlik subyektlariga sotish tavsiya etiladigan hamda samarali foydalanish choralari koʻriladigan boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar hamda Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qaror ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlarini baholash va savdolarga qoʻyish jadvallarini tasdiqlasin va oʻz vaqtida sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar — obyektlarni balansida saqlovchilar, Toshkent shahri hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qarorning ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida tadbirkorlik subyektlariga sotish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahri hokimligi mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan boʻsh turgan va tadbirkorlik subyektlariga sotishga tavsiya etilayotgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, mazkur qarorning ilovasiga kiritilgan davlat mulki obyektlarining yangi mulkdorlarga berilgunga qadar saqlanishi uchun ularning balansda saqlovchilari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov hamda Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
590-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 813-modda)