07.08.2017 yildagi PQ-3176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz kino sanʼati bir asrdan ziyod tarixga ega boʻlib, oʻziga xos taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Bu davr mobaynida oʻzbek kinosining poydevori yaratilib, u xalqimizning madaniy-maʼnaviy hayotida muhim oʻrin egalladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya rivojiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan katta eʼtibor natijasida sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Mazmun va shakl jihatidan rang-barang kino asarlar yaratilib, ular tomoshabinlar eʼtiborini qozondi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda bugun jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatorida kino sanʼati faoliyatini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish kerakki, kinematografiya sohasida normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi, kino ishlab chiqaradigan yetakchi korxonalar, jumladan “Oʻzbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” hamda “Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar” kinostudiyalarining moddiy-texnika bazasi jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirgani, kinofilmlarni moliyalashtirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi, kinoteatrlar va malakali kadrlar yetishmasligi soha rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirishda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan kino sanʼatining rolini oshirish, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligining “Qoraqalpoqkino” agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktoriga, zarur hollarda, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi yuridik shaxs sifatida tashkil etilsin va uning tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlarining quyidagi prognoz koʻrsatkichlari belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan toʻliq metrajli badiiy filmlar ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda — 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
multiplikatsion filmlarni 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh kino ijodkorlarning 10 soatdan iborat qisqa metrajli filmlari, bolalar uchun yumoristik kinojurnallar suratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlarni jahon bozoriga chiqarish va festivallarda namoyish etish uchun chet tillarga subtitrlashtirish va dublyaj qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy kinematografiyaning eng sara asarlarini tiklash, restavratsiya qilish va zamonaviy formatga oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy kinematografiya sanʼatini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin va uning mablagʻlarini shakllantirishning manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarilgan filmlarning kinoprokatidan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarilgan filmlarni namoyish etish mobaynida joylashtiriladigan tijorat eʼlonlaridan tushadigan mablagʻlarning 10 (oʻn) foiziga teng miqdordagi majburiy ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan kino va boshqa madaniy-ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017 — 2019-yillarda respublika hududlarida zamonaviy kinoteatrlar (keyingi oʻrinlarda — kinoteatrlar) tarmogʻini barpo etish (qurish) toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK bilan birgalikda texnik topshiriq va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini har tomonlama oʻrganish asosida 2018-yilning 1-yanvarigacha maydonlarida zamonaviy kinozallar (2-qavat) va savdo-koʻngilochar obyektlar (1-qavat) joylashtirilishini nazarda tutgan holda, kinoteatrlarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida atoqli kino ijodkorlar dars beradigan malaka oshirish kurslarini va “Mahorat maktablari”ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning yosh, isteʼdodli va istiqbolli kino ijodkorlari malakasini oshirish maqsadida ularning tegishli yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishiga zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan 2018-yilning 1-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab quyilsinki, mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekkino” Milliy agentligining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarini 1 tadan “Damas” rusumli avtomashina bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpoqkino” agentligi va viloyatlar hududiy boʻlimlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan saqlanadigan 4 tadan qoʻshimcha shtat birligi ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligining markaziy apparati, “Qoraqalpoqkino” agentligi va hududiy boʻlimlarini saqlash, shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasini saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy kino mahsulotlarini yaratishning belgilangan yillik ishlab chiqarish hajmlarining prognoz koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatiga 3 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransportini saqlash uchun limit ajratsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining faoliyatini, 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtish sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yilgi parametrlari doirasida “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar Toshkent shahar hududiy boʻlimlarini 1 tadan “Damas” rusumli avtomashina bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan kinoteatrlarni barpo etish (qurish), ularni jihozlash va faoliyatini boshlashning aniq muddatlarini nazarda tutgan holda kinoteatrlar tarmogʻini 2017 — 2019-yillarda respublika hududlari boʻyicha barpo etish (qurish) jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona repertuar siyosatini olib borish maqsadida umum respublika kino prokati konsepsiyasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 2018-2019-yillarda amalga oshirsin;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish maqsadida soha namoyandalari, tajribali yetuk mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tarkibini shakllantirib, uning Nizomini ishlab chiqsin hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan, shu jumladan, Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3176-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

O. Musayev

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori, Respublika komissiyasi kotibi

M. Muratov

madaniyat vaziri

A. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

G. Saidova

iqtisodiyot vaziri

B. Xodjayev

moliya vaziri

M. Ikromov

adliya vaziri

E. Gʻaniyev

tashqi savdo vaziri

I. Majidov

oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri

Q. Quronboyev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi

R. Usmonov

Toshkent shahar hokimi

B. Zakirov

“Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi raisi

R. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

A. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

M. Ahmedov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi

Moliyalash-tirish manbalari

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Normativ-huquqiy bazani mustahkamlash

1.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasining “Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasining nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

-

2017-yil oktabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), vazirlik va idoralar

2.

Aholiga kinovideo xizmatini koʻrsatish tizimini tartibga solish.

Kinofilmlarni namoyishini tartibga solish va yurtimizdagi kinoteatrlarda aholiga sifatli kinovideo xizmatini koʻrsatish maqsadida “Aholiga kinovideo xizmatini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2018-yil mart

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov), vazirlik va idoralar

3.

“Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligining “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni, boʻlimlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2017-yil dekabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar

4.

Kinofilmlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishni xalqaro tajriba asosida, zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda yangi tizimini joriy qilish.

Davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilayotgan badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop, multiplikatsion filmlarning xarajatlar smetasini zamonaviy xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2018-yil mart

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), vazirlik va idoralar

5.

Kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Kinematografiya sohasida samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan kinoijodkorlarni ijtimoiy tomondan qoʻllab-quvvatlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Davlat budjeti, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2018-yil iyul

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), vazirlik va idoralar

6.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy maqomini koʻrib chiqish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar, jumladan “Oʻzbekfilm” aksiyadorlik jamiyati, “Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi” davl�t unitar korxonasi, “Respublika kinochilar uyi” davlat unitar korxonasining tashkiliy-huquqiy maqomini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish.

-

2017-yil oktabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov),
Adliya vazirligi (M. Ikromov), vazirlik va idoralar

II. Kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish

7.

Kinematografiya sohasida litsenziyalash tartibini optimallashtirish va kinofilmlarni ommaviy namoyish qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish.

Sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga talablari doirasidagi litsenziyalash faoliyatini optimallashtirib, xususiy kinostudiyalar ishlab chiqargan, namoyish uchun xorijdan olib kelingan badiiy, hujjatli, multiplikatsion filmlarni ommaviy namoyish qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish boʻyicha taklif kiritish.

Litsenziyalarni aynan kino mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga berilishi yuzasidan aniq meʼyorlarni belgilash.

-

2018-yil yanvar

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A.Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Adliya vazirligi (M.Ikromov), vazirlik va idoralar

III. Kinematografiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini tashkil qilish va ijodkorlarning malakasini muntazam oshirib borish

8.

“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi qoshida ijodiy ustaxonalar tashkil etish.

“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi qoshida taniqli kinorejissorlar, kinooperatorlar, ssenarist va aktyorlarning ijodiy ustaxonalarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

-

2018-yil sentabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Madaniyat vazirligi (M. Muratov), vazirlik va idoralar

9.

Kinematografiya sohasiga kadrlar tayyorlash hamda kino ijodkorlari, texnik xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida magistraturaga tenglashtirilgan 2 yillik malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishhamdaulargaxorijlik malakali mutaxassislarni jalb qilish va yosh kinojodkorlar uchun mahorat saboqlarini muntazam oʻtkazib borish, bu borada amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida tegishli loyihalarni tayyorlash.

Davlat budjeti mablagʻlari

2018-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Moliya vazirligi

(B. Xodjayev), vazirlik va idoralar

IV. Kinematografiya obyektlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarilayotgan milliy kinofilmlarning saviyasini oshirish, targʻibotini kuchaytirish

10.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash faoliyatini takomillashtirish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan Badiiy kengashni doimiy faoliyat koʻrsatuvchi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan Kengash sifatida tashkil qilish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari

2017-yil oktabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), vazirlik va idoralar

11.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinematografiya obyektlari bino va inshootlarini, suratga olish pavilyonlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish. Jumladan:

2018 — 2021-yillar mobaynida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimini takomillashtirish, kinematografiya obyektlarining bino va inshootlarini hamda suratga olish pavilyonlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi hududini kengaytirish orqali tashqi pavilyonlar tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2017-yil noyabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (B. Zokirov),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri hokimligi, vazirlik va idoralar

1) “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasini;

1) Davlat budjeti mablagʻlari (Investitsiya dasturi doirasida),

2) “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasini;

2) Mahalliy budjet mablagʻlari,

3) Alisher Navoiy nomidagi kino saroyini.

3) Tijorat banklari kreditlari

12.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinematografiya obyektlarini modernizatsiya qilish, eng zamonaviy raqamli kinotexnologiyalar va kino ishlab chiqarish jihozlari bilan taʼminlash.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinematografiya obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kino ishlab chiqarish va uni saqlash bilan bogʻliq eng zamonaviy texnologiyalar, soha rivoji bilan bogʻliq boshqa innovatsion texnologiyalarni 2018 — 2021-yillarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Davlat budjeti, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari, grant mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

2018-yil mart

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), Tashqi savdo vazirligi (E. Ganiyev), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), vazirlik va idoralar

13.

Bolalar, oʻsmirlar va yoshlar uchun kinofilmlarni koʻpaytirish, oʻzbek xalq ertaklari asosida badiiy va multiplikatsion filmlar yaratish choralarini koʻrish.

Bolalar va oʻsmirlar hayoti, ularning dunyoqarashi, orzu-umidlari, muammolari kabi mavzularda oʻzbek xalq ertaklariga murojaat qilgan holda badiiy va multiplikatsion filmlar yaratish hamda ushbu filmlarni respublikamiz kinoteatrlarida arzonlashtirilgan narxlarda namoyish etish tizimini joriy qilish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligiga filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

2018-yil mart oyidan boshlab muntazam ravishda

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (lavozimga koʻra), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), vazirlik va idoralar

14.

“Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi”da mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangilik va bunyodkorlik ishlari haqida, shuningdek, Oʻzbekiston tarixidagi buyuk shaxslar, olimlar, sarkardalar, adabiyot va sanʼat namoyandalari haqida muntazam ravishda filmlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Mazkur loyihalarning badiiy-gʻoyaviy konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish, bu jarayonga tajribali mutaxassislar, olimlar, tarixshunoslar, yozuvchilarni jalb qilish. Yurtimizda zamonaviy tus olayotgan shaharlar, koʻcha va uylar, xalqimiz kayfiyati, yoshlarimizning muvaffaqiyati kabi turli zalvorli mavzular asosida ssenariylar tayyorlab, hujjatli va badiiy filmlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish, shuningdek, mamlakatimiz tarixi sahifalarida beqiyos nom qoldirgan buyuk shaxslarhaqidaturkumfilmlarniyaratish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2018-yil mart oyidan boshlab muntazam ravishda

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (lavozimga koʻra), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), vazirlik va idoralar

15.

Kinoijodkorlarning va kinoarboblarning ijodiy faoliyatini samarali tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoit yaratish.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi “Doʻrmon” kinoijodkorlar dam olish maskanini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, uni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2018-yil mart

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Iqtisodiyot vaz?rligi (G. Saidova),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (B. Zokirov), vazirlik va idoralar

V. Milliy kinofilmlarni xalqaro miqyosda keng targʻib qilish va kinematografiya sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish

16.

Milliy kinofilmlarimizni xorijda keng targʻib qilish va xalqaro kinofestivallarda ishtirokini taʼminlash.

Muntazam ravishda Oʻzbek kinosi kunlari tadbirlarini chet davlatlarida oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish, kinematografiya sohasida nufuzli hisoblangan Kann, Berlin, Oskar kabi kinofestivallarda milliy filmlarimiz va kino ijodkorlar ishtirokini yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti mablagʻlari, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Muntazam ravishda

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O.Abdushukurov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), vazirlik va idoralar

17.

“PROlogue” — yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Xalqaro festivalini tashkil qilish va oʻtkazish.

2015-yildan buyon respublika miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan “PROlogue” — yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar festivalini xalqaro miqyosida oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2018-yil iyul

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi

(A. Musayev), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Madaniyat vazirligi (M. Muratov), Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov), Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O.Abdushukurov), vazirlik va idoralar

18.

Xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va kino ijodkorlari bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish, kinematografiya sanʼati rivojlangan mamlakatlar ijodkorlari bilan hamkorlikda qoʻshma filmlar (coproduction) ishlab chiqarish.

Dunyoga tanilgan, tajribali xorijiy kino ustalari bilan oʻzaro aloqalarni keng yoʻlga qoʻyish orqali jahon kinobozoriga chiqish, rivojlangan va zamonaviy xorij tajribasini milliylik asosida mamlakatimizda kino ishlab chiqarishda qoʻllash.

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

2018-yildan boshlab muntazam ravishda

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov), Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O.Abdushukurov), vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 22 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va texnik xodimlar soni tegishli normativlar asosida belgilanadi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpoqkino” agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 4 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xizmat koʻrsatish va texnik xodimlar soni tegishli normativlar asosida belgilanadi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkino” Milliy agentligining viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xizmat koʻrsatish va texnik xodimlar soni tegishli normativlar asosida belgilanadi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 17 nafar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 6 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 5 nafar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari bilan boʻlgan uchrashuvda madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasini rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan muhim chora-tadbirlar belgilanayotgani, jumladan, qator farmon va qarorlar loyihasi tayyorlanayotgani haqida alohida toʻxtalib oʻtgan edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ana shu muhim hujjatlardan birinchisi — “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

Qarorda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirishda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan kino sanʼatining rolini oshirish, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan.

Qarorga muvofiq milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatining tuzilmasi, “Qoraqalpoqkino” agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari, “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi yuridik shaxs sifatida tashkil etildi va uning tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi uchun milliy kino mahsulotlarini yaratish boʻyicha yillik ishlab chiqarish hajmining prognoz koʻrsatkichlari belgilab berilgan boʻlib, unga koʻra, Davlat buyurtmasiga asosan, 2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan toʻliq metrajli badiiy filmlar tayyorlanadi.

Shu bilan birga, 2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish belgilangan.

Yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Qarorga binoan yana bir tuzilma — milliy kinematografiya sanʼatini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda.

Qarorda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bildirilgan takliflar asosida kinofilmlar namoyishini samarali tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlarga madaniy xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizdagi mavjud yoshlar markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, litsey va kollejlar binolaridan foydalangan holda, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tarkibida kichik kinostudiyalari va zamonaviy formatdagi kinozallari boʻlgan mintaqaviy madaniy-koʻngilochar komplekslar bunyod etish vazifasi belgilangan.

Ayni vaqtda kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida malaka oshirish kurslari tashkil etiladi, atoqli kino ijodkorlar dars beradigan “Mahorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Mamlakatimizdagi yosh, isteʼdodli va istiqbolli kino ijodkorlarning malakasini oshirish maqsadida ularning xorijdagi tegishli yetakchi taʼlim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish masalasiga ham qarorda alohida eʼtibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi belgilangan.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 834-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son; 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)