1-ILOVA
|
A. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
|
X. Sultonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
|
O. Musayev |
— |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori, Respublika komissiyasi kotibi |
|
M. Muratov |
— |
madaniyat vaziri |
|
A. Kamilov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
G. Saidova |
— |
iqtisodiyot vaziri |
|
B. Xodjayev |
— |
moliya vaziri |
|
M. Ikromov |
— |
adliya vaziri |
|
E. Gʻaniyev |
— |
tashqi savdo vaziri |
|
I. Majidov |
— |
oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri |
|
Q. Quronboyev |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi |
|
R. Usmonov |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
B. Zakirov |
— |
“Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi raisi |
|
R. Gulyamov |
— |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
A. Ikramov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
A. Qodirov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
M. Ahmedov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
2-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalash-tirish manbalari |
Bajarish muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Normativ-huquqiy bazani mustahkamlash | |||||
|
1. |
Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Vazirlar Mahkamasining “Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasining nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
- |
2017-yil oktabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Moliya vazirligi |
|
2. |
Aholiga kinovideo xizmatini koʻrsatish tizimini tartibga solish. |
Kinofilmlarni namoyishini tartibga solish va yurtimizdagi kinoteatrlarda aholiga sifatli kinovideo xizmatini koʻrsatish maqsadida “Aholiga kinovideo xizmatini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
- |
2018-yil mart |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), |
|
3. |
“Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligining “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni, boʻlimlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2017-yil dekabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
|
4. |
Kinofilmlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishni xalqaro tajriba asosida, zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda yangi tizimini joriy qilish. |
Davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilayotgan badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop, multiplikatsion filmlarning xarajatlar smetasini zamonaviy xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil mart |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Moliya vazirligi |
|
5. |
Kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish. |
Kinematografiya sohasida samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan kinoijodkorlarni ijtimoiy tomondan qoʻllab-quvvatlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Davlat budjeti, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2018-yil iyul |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Moliya vazirligi |
|
6. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy maqomini koʻrib chiqish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tasarrufidagi korxona va tashkilotlar, jumladan “Oʻzbekfilm” aksiyadorlik jamiyati, “Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi” davl�t unitar korxonasi, “Respublika kinochilar uyi” davlat unitar korxonasining tashkiliy-huquqiy maqomini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish. |
- |
2017-yil oktabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), |
|
II. Kinematografiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish | |||||
|
7. |
Kinematografiya sohasida litsenziyalash tartibini optimallashtirish va kinofilmlarni ommaviy namoyish qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish. |
Sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga talablari doirasidagi litsenziyalash faoliyatini optimallashtirib, xususiy kinostudiyalar ishlab chiqargan, namoyish uchun xorijdan olib kelingan badiiy, hujjatli, multiplikatsion filmlarni ommaviy namoyish qilishga ruxsat berish tartibini joriy qilish boʻyicha taklif kiritish. Litsenziyalarni aynan kino mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga berilishi yuzasidan aniq meʼyorlarni belgilash. |
- |
2018-yil yanvar |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A.Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), Adliya vazirligi (M.Ikromov), vazirlik va idoralar |
|
III. Kinematografiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini tashkil qilish va ijodkorlarning malakasini muntazam oshirib borish | |||||
|
8. |
“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi qoshida ijodiy ustaxonalar tashkil etish. |
“Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi qoshida taniqli kinorejissorlar, kinooperatorlar, ssenarist va aktyorlarning ijodiy ustaxonalarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
- |
2018-yil sentabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Madaniyat vazirligi (M. Muratov), vazirlik va idoralar |
|
9. |
Kinematografiya sohasiga kadrlar tayyorlash hamda kino ijodkorlari, texnik xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida magistraturaga tenglashtirilgan 2 yillik malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishhamdaulargaxorijlik malakali mutaxassislarni jalb qilish va yosh kinojodkorlar uchun mahorat saboqlarini muntazam oʻtkazib borish, bu borada amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida tegishli loyihalarni tayyorlash. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2018-yil oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), vazirlik va idoralar |
|
IV. Kinematografiya obyektlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarilayotgan milliy kinofilmlarning saviyasini oshirish, targʻibotini kuchaytirish | |||||
|
10. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash faoliyatini takomillashtirish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan Badiiy kengashni doimiy faoliyat koʻrsatuvchi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan Kengash sifatida tashkil qilish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari |
2017-yil oktabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Moliya vazirligi |
|
11. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinematografiya obyektlari bino va inshootlarini, suratga olish pavilyonlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish. Jumladan: |
2018 — 2021-yillar mobaynida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimini takomillashtirish, kinematografiya obyektlarining bino va inshootlarini hamda suratga olish pavilyonlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi hududini kengaytirish orqali tashqi pavilyonlar tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
2017-yil noyabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (B. Zokirov), | |
|
1) “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi, Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasini; |
1) Davlat budjeti mablagʻlari (Investitsiya dasturi doirasida), | ||||
|
2) “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasini; |
2) Mahalliy budjet mablagʻlari, | ||||
|
3) Alisher Navoiy nomidagi kino saroyini. |
3) Tijorat banklari kreditlari | ||||
|
12. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinematografiya obyektlarini modernizatsiya qilish, eng zamonaviy raqamli kinotexnologiyalar va kino ishlab chiqarish jihozlari bilan taʼminlash. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi kinematografiya obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kino ishlab chiqarish va uni saqlash bilan bogʻliq eng zamonaviy texnologiyalar, soha rivoji bilan bogʻliq boshqa innovatsion texnologiyalarni 2018 — 2021-yillarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Davlat budjeti, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari, grant mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
2018-yil mart |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Moliya vazirligi |
|
13. |
Bolalar, oʻsmirlar va yoshlar uchun kinofilmlarni koʻpaytirish, oʻzbek xalq ertaklari asosida badiiy va multiplikatsion filmlar yaratish choralarini koʻrish. |
Bolalar va oʻsmirlar hayoti, ularning dunyoqarashi, orzu-umidlari, muammolari kabi mavzularda oʻzbek xalq ertaklariga murojaat qilgan holda badiiy va multiplikatsion filmlar yaratish hamda ushbu filmlarni respublikamiz kinoteatrlarida arzonlashtirilgan narxlarda namoyish etish tizimini joriy qilish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligiga filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida |
2018-yil mart oyidan boshlab muntazam ravishda |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (lavozimga koʻra), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), vazirlik va idoralar |
|
14. |
“Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi”da mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangilik va bunyodkorlik ishlari haqida, shuningdek, Oʻzbekiston tarixidagi buyuk shaxslar, olimlar, sarkardalar, adabiyot va sanʼat namoyandalari haqida muntazam ravishda filmlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
Mazkur loyihalarning badiiy-gʻoyaviy konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish, bu jarayonga tajribali mutaxassislar, olimlar, tarixshunoslar, yozuvchilarni jalb qilish. Yurtimizda zamonaviy tus olayotgan shaharlar, koʻcha va uylar, xalqimiz kayfiyati, yoshlarimizning muvaffaqiyati kabi turli zalvorli mavzular asosida ssenariylar tayyorlab, hujjatli va badiiy filmlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish, shuningdek, mamlakatimiz tarixi sahifalarida beqiyos nom qoldirgan buyuk shaxslarhaqidaturkumfilmlarniyaratish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2018-yil mart oyidan boshlab muntazam ravishda |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi (lavozimga koʻra), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), vazirlik va idoralar |
|
15. |
Kinoijodkorlarning va kinoarboblarning ijodiy faoliyatini samarali tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoit yaratish. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tizimidagi “Doʻrmon” kinoijodkorlar dam olish maskanini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, uni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Davlat budjeti mablagʻlari |
2018-yil mart |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Iqtisodiyot vaz?rligi (G. Saidova), |
|
V. Milliy kinofilmlarni xalqaro miqyosda keng targʻib qilish va kinematografiya sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish | |||||
|
16. |
Milliy kinofilmlarimizni xorijda keng targʻib qilish va xalqaro kinofestivallarda ishtirokini taʼminlash. |
Muntazam ravishda Oʻzbek kinosi kunlari tadbirlarini chet davlatlarida oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish, kinematografiya sohasida nufuzli hisoblangan Kann, Berlin, Oskar kabi kinofestivallarda milliy filmlarimiz va kino ijodkorlar ishtirokini yoʻlga qoʻyish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Jamgʻarma mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Muntazam ravishda |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O.Abdushukurov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), vazirlik va idoralar |
|
17. |
“PROlogue” — yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Xalqaro festivalini tashkil qilish va oʻtkazish. |
2015-yildan buyon respublika miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan “PROlogue” — yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar festivalini xalqaro miqyosida oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2018-yil iyul |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), Moliya vazirligi |
|
18. |
Xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va kino ijodkorlari bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish, kinematografiya sanʼati rivojlangan mamlakatlar ijodkorlari bilan hamkorlikda qoʻshma filmlar (coproduction) ishlab chiqarish. |
Dunyoga tanilgan, tajribali xorijiy kino ustalari bilan oʻzaro aloqalarni keng yoʻlga qoʻyish orqali jahon kinobozoriga chiqish, rivojlangan va zamonaviy xorij tajribasini milliylik asosida mamlakatimizda kino ishlab chiqarishda qoʻllash. |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2018-yildan boshlab muntazam ravishda |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (A. Musayev), |
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
6-ILOVA
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari bilan boʻlgan uchrashuvda madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasini rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan muhim chora-tadbirlar belgilanayotgani, jumladan, qator farmon va qarorlar loyihasi tayyorlanayotgani haqida alohida toʻxtalib oʻtgan edi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ana shu muhim hujjatlardan birinchisi — “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Qarorda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirishda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan kino sanʼatining rolini oshirish, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi markaziy apparatining tuzilmasi, “Qoraqalpoqkino” agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari, “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi tasdiqlandi.
Shuningdek, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi yuridik shaxs sifatida tashkil etildi va uning tuzilmasi tasdiqlandi.
Qarorda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi uchun milliy kino mahsulotlarini yaratish boʻyicha yillik ishlab chiqarish hajmining prognoz koʻrsatkichlari belgilab berilgan boʻlib, unga koʻra, Davlat buyurtmasiga asosan, 2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan toʻliq metrajli badiiy filmlar tayyorlanadi.
Shu bilan birga, 2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish belgilangan.
Yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadigan multiplikatsion filmlar 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab esa 50 tadan ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Qarorga binoan yana bir tuzilma — milliy kinematografiya sanʼatini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda.
Qarorda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bildirilgan takliflar asosida kinofilmlar namoyishini samarali tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlarga madaniy xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizdagi mavjud yoshlar markazlari, madaniyat va aholi dam olish markazlari, litsey va kollejlar binolaridan foydalangan holda, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tarkibida kichik kinostudiyalari va zamonaviy formatdagi kinozallari boʻlgan mintaqaviy madaniy-koʻngilochar komplekslar bunyod etish vazifasi belgilangan.
Ayni vaqtda kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida malaka oshirish kurslari tashkil etiladi, atoqli kino ijodkorlar dars beradigan “Mahorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Mamlakatimizdagi yosh, isteʼdodli va istiqbolli kino ijodkorlarning malakasini oshirish maqsadida ularning xorijdagi tegishli yetakchi taʼlim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish masalasiga ham qarorda alohida eʼtibor qaratilib, shu maqsadda kino sohasining yetuk namoyandalari va tajribali mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuzilishi belgilangan.