Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2022 15.11.2002 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA TOZALASh SANOATI KORXONALARIDA HISOB VA HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2002 YIL 13 NOYABRDAGI PF-3161-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining xodimlarning cheklangan soni uning hududiy bo‘linmalari xodimlari sonini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga ko‘rsatilgan xodimlar sonini 4 nafarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda 73 nafardan iborat bo‘lgan yangi tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning to‘g‘riligini nazorat qilish boshqarmasi xodimlarining cheklangan soni 16 nafar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning to‘g‘riligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning to‘g‘riligini nazorat qilish boshqarmasini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan Boshqarmaning yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida tugatilgan Nazorat-taftish bosh boshqarmasi negizida shtatdagi xodimlari soni 10 kishidan iborat bo‘lgan paxta tozalash korxonalari tomonidan normativ-texnologiya talablariga rioya etilishi monitoringi bo‘limi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring bo‘limiga paxta tozalash korxonalari tomonidan tayyorlanayotgan paxta xomashyosi miqdori va sifatini, paxta xomashyosi konditsion massasi to‘g‘ri hisoblab chiqilishini, paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash texnologiya tartibiga, paxta tolasi va paxta mahsuloti boshqa turlari chiqishining belgilangan normativlariga,paxta mahsulotini sertifikatlash va sotish tartibiga, shuningdek g‘o‘za navlarini yangilashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan, saqlanayotgan paxta xomashyosi miqdori, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari sotilishi to‘g‘risida har oyda, zarur hollarda esa tezkorlik bilan axborot taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga taftish va tekshirish o‘tkazish davrida ko‘maklashsinlar, shuningdek tekshirishlar o‘tkazishga tarmoq mutaxassislarini jalb etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 11-fevraldagi 66-son qarorining 3-bandi va qarorga ilova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 34-modda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 73 kishi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 172-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2010-y., 44-45-son, 387-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 38-son, 1049-modda)