OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1461-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 04/QQ, 01-76, 01/1184-son qarori (roʻyxat raqami 1461, 2005-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
54/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
16/QQ-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-iyun,
21-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017-yil 30-iyundagi 54/QQ, 16/QQ va 21-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi R-2146-son “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 1998-yil 13-maydagi 204-son “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining boʻsh (vakant) direktor oʻrinbosarlari hamda kasb-hunar kollejlarining boʻsh (vakant) oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktor oʻrinbosarlari hamda kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (bundan buyon matnda direktor oʻrinbosarlari va pedagog deb yuritiladi) lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov boʻsh (vakant) lavozimlarga eʼlon qilinadi.”.
3. Quyidagi mazmundagi “11” band bilan toʻldirilsin:
“11. Direktor oʻrinbosari yoki pedagog lavozimi boʻshaganidan keyin 10 kun ichida:
direktor oʻrinbosarlari lavozimiga — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasining rasmiy veb-saytida;
pedagog lavozimiga — kasb-hunar kolleji tomonidan ommaviy axborot vositalarida va kasb-hunar kollejining rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa) tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beriladi.”.
4. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Direktor oʻrinbosarlari va pedagog lavozimlariga tanlov mazkur Nizomga asosan tuziladigan tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi.”.
“4. Akademik litseylarning direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻtkazilayotgan tanlovda (asosan umumtaʼlim fanlari yoki pedagogika fanlari boʻyicha) ilmiy darajaga (ilmiy unvon) ega boʻlgan shaxslar hamda pedagogik soha boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega yoxud diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
5. Kasb-hunar kollejlarining:
direktor oʻrinbosarlari lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovda ilmiy darajaga (ilmiy unvon) yoki pedagogik (kasbiy-taʼlim) yoxud taʼlim muassasasining yoʻnalishi boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega, shuningdek diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda ilmiy darajaga (ilmiy unvon) yoki pedagogik mutaxassislik boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega yoxud diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;
maxsus fan va kasbiy taʼlim (amaliyot) pedagog lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda taʼlim muassasasi yoʻnalishi va ixtisosliklariga mos keladigan ilmiy darajaga (ilmiy unvon) yoki bakalavr yoxud magistr darajasiga ega, shuningdek diplomli mutaxassislar ishtirok etadi. Xalq hunarmandchiligi, sport va madaniyat yoʻnalishlaridagi kasb-hunar kollejlarining kasbiy taʼlim (amaliyot) pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, shuningdek sport ustasi yoki madaniyat sohasida unvonga ega oʻrta maxsus maʼlumotga ega mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.”.
6. 7-banddagi “oʻtkazilayotgan” degan soʻz “oʻtkaziladigan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 9-bandda:
“Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“grafigi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi yoki” degan soʻzlar “jadvali Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari yoxud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “qilingandan keyin:” degan soʻzlar “qilingan kundan boshlab 20 kun ichida:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasiga” degan soʻzlar “kasb-hunar kollejiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 12-bandning oltinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4 x 6 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
direktor oʻrinbosari lavozimlariga nomzodning taʼlim muassasasiga boʻlajak rahbarlik faoliyati boʻyicha ixtiyoriy shaklda yozilgan rejasi (konsepsiya).
Nomzodga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi.”.
11. Quyidagi mazmundagi “121” band bilan toʻldirilsin:
“121. Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 15 kun ichida oʻtkaziladi.”.
12. 13 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Direktor oʻrinbosari lavozimiga tanlov oʻtkazish uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi boshligʻining yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora rahbarining buyrugʻi, pedagog lavozimiga tanlov oʻtkazish uchun esa, kasb-hunar kolleji direktorining buyrugʻi bilan tanlov komissiyalari tuziladi.
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi yoki boʻysunuvida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik yoki idora, shuningdek kasb-hunar kolleji rahbari tomonidan tayinlanadigan masʼul xodim nomzodlarning hujjatlarini oʻrganib chiqadi va tanlov komissiyasiga taqdim qiladi.
15. Tanlov komissiyasi tarkibi kamida 5 kishidan iborat boʻladi.
16. Tanlov komissiyasi koʻpchilik tomondan ochiq ovoz berish yoʻli bilan tanlov natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tanlovni oʻtkazish va tanlov natijalari tanlov komissiyasi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.”.
13. 18-banddagi “nomzodlar bilan taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “nomzod bilan kasb-hunar kolleji” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 19-banddagi “xulosasidan” degan soʻz “qaroridan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 788-modda)