23.10.1999 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joylar va uy-joy boʻlmagan binolarni boshqalarga berish va meros qilish tartibida mulkchilik huquqining oʻtishi masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
23-oktabrdagi 474-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandi ikkinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiylashtirilgan uy-joylarga pulli, imtiyozli yoki bepul asosda mulk qilib berilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiylashtirilgan kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) mulkdori jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan uy-joyning mulkdori mazkur uy-joyni oʻz xohishiga koʻra har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoki koʻchmas mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirishga vakil qilingan organga berish va vasiyat qilib qoldirish, shuningdek, uni koʻchmas mulk savdosi boʻyicha kimoshdi savdosiga qoʻyish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) jismoniy yoki yuridik shaxslarga berishda mulkdor boshqalarga berish shartnomasini tasdiqlatish uchun notarial idoraga, kimoshdi savdosi orqali sotishda esa – koʻchmas mulk savdosini amalga oshirishga vakil qilingan organga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqalarga berilayotgan xususiylashtirilgan uy-joyning qiymati tomonlarning kelishuviga koʻra, biroq boshqalarga berish paytida uy-joyning texnik xatlov kadastr byurosi xizmati tomonidan baholangan qiymatidan past boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Meros tartibida oʻtadigan uy-joyning qiymati merosxoʻrlik tayinlangan kunda texnik xatlov kadastr byurosi xizmati tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xususiylashtirilgan kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) sotib olish, almashtirish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa davlatlarning fuqarolari, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlarning fuqarolari, va doimiy yashovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnomasi boʻlgan fuqarolar ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mulkdordan sotib olingan uy-joydan faqat uy-joy sifatida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqalarga berish xohishini bildirgan mulkdor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy-joyga mulkchilik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud joylardagi davlat hokimiyati organi, birlashma, korxona, tashkilot maʼmuriyatining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiraga (kvartiraning bir qismiga), uyga (uyning bir qismiga) xatlov hujjatlar yigʻma jildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining, shuningdek, kvartiralar (kvartiralarning bir qismi)ni yoki uy (uyning bir qismi)ni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan shakldagi maʼlumotnoma yoki uy daftari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqalarga berish paytida texnik xatlov kadastr byurosi xizmatlari tomonidan beriladigan uy-joyning texnik holati va qiymati toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi xatlov maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar Toshkent shahridagi xususiylashtirilgan kvartiralarni (kvartiralarning bir qismini), uylarni (uylarning bir qismini) sotib olayotganlarida pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat bilan birga maxsus komissiyaning Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning fuqarolari, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari, va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, kvartiralarni (kvartiralarning bir qismini), uylarni (uylarning bir qismini) sotib olayotganlarida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnomani taqdim etadilar, ular tomonidan Toshkent shahridagi xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) sotib olingan taqdirda esa Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorini ham taqdim etadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 27-fevraldagi 92-son qarorining 4-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlashda va xususiylashtirilgan uy-joyga merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitishuvlari amalga oshirilgandan soʻng, shuningdek, mulkchilik huquqi merosxoʻrlik tartibida oʻtgandan soʻng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qatʼi nazar, kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Notarial tartibda rasmiylashtirilgan, texnik xatlov byurosida roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomasi, shuningdek, qonun bilan belgilangan tartibda berilgan merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma ilgari xususiylashtirilgan sotib olingan uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi huquqni belgilovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 10-son, 61-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)