Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2242-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 19-apreldagi 233-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2242-4, 19.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2011-yil 6-iyuldagi 01-222/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2242, 2011-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 293-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-iyul,
01-328-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2017-yil 21-iyuldagi 01-328-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqda:
a) nomidagi va 1-bandidagi “talabalarni qabul qilishda” degan soʻzlar “talabalarni oʻqishga qabul qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
a) nomidagi, 2 — 4, 6 — 17, 19 va 20-ilovalarning ilova belgilaridagi “talabalarni qabul qilishda” degan soʻzlar “talabalarni oʻqishga qabul qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Qabul komissiyasi qabul jarayoni boshlangan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Nizom, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli va tili boʻyicha qabul kvotalari, test oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati hamda ixtisoslik boʻyicha ijodiy imtihon topshiriladigan taʼlim yoʻnalishlarini qabul komissiyasining eʼlonlar taxtasiga joylashtirishi lozim.”;
g) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(agar shunday hujjatlar boʻlsa),” degan soʻzlardan keyin “toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogironligi toʻgʻrisida maʼlumot,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
d) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish shakli va tili boʻyicha taʼlim muassasasiga topshirilgan hujjatlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega boʻlgan hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogiron abituriyentlar tomonidan topshirilgan hujjatlar haqidagi maʼlumotlar abituriyentlar va ota-onalar eʼtibori uchun qabul komissiyasi tomonidan har kuni eʼlon qilib boriladi.”;
e) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Qabul komissiyasi 20-iyulgacha boʻlgan muddatda mazkur Nizomning 1-ilovasi 1 — 5-shakllari boʻyicha maʼlumotlarni qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi va ushbu hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritishi qatʼiyan man qilinadi.”;
j) 17, 92 va 99-bandlardagi “qabul qilish boʻyicha” degan soʻzlar “oʻqishga qabul qilish boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 20-bandda:
birinchi xatboshidagi “qabul qilish boʻyicha” degan soʻzlar “oʻqishga qabul qilish boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qabul komissiyalari toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami koʻrsatilgan holda 1-avgust kuni mazkur Nizomning 5-ilovasi 5-shakli boʻyicha Davlat test markazi orqali Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun taqdim etadilar.”;
i) 71-bandning ikkinchi xatboshisidan “yozuv taxtasi (doska)ga ilib qoʻyilgan plakatdan foydalanib,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
k) 84-banddan “taʼlim muassasasining kodi,” hamda “va tanlov kodini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
l) 85-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85. Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga koʻchirilgan maxsus kod abituriyentning taʼlim tili, taʼlim yoʻnalishi, taʼlim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bola ekanligi hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona maʼlumot boʻlganligi sababli toʻldirilmagan javoblar varaqasi boʻyicha natija chiqarilmaydi va eʼtirozlar qabul qilinmaydi.”;
m) 1-ilovada:
ilova belgisidagi “talabalarni qabul qilishda” degan soʻzlar “talabalarni oʻqishga qabul qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda 5-shakl bilan toʻldirilsin;
n) 5-ilovada:
ilova belgisidagi “talabalarni qabul qilishda” degan soʻzlar “talabalarni oʻqishga qabul qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 5-shakl bilan toʻldirilsin;
o) 18-ilovada:
ilova belgisidagi “talabalarni qabul qilishda” degan soʻzlar “talabalarni oʻqishga qabul qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasining kodi,” hamda “va tanlov kodini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga koʻchirilgan maxsus kod abituriyentning taʼlim tili, taʼlim yoʻnalishi, taʼlim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bola ekanligi hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona maʼlumot boʻlganligi sababli toʻldirilmagan javoblar varaqasi boʻyicha natija chiqarilmaydi va eʼtirozlar qabul qilinmaydi.”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 14-iyul
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2017-yil 19-iyul
Madaniyat vaziri M. MURATOV
2017-yil 17-iyul
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. QURBONOV
2017-yil 17-iyul
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2017-yil 20-iyul
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b Sh. ShERMATOV
2017-yil 12-iyul
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2017-yil 13-iyul
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
2017-yil 18-iyul
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2017-yil 20-iyul
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2017-yil 19-iyul
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2017-yil 21-iyul
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
2017-yil 20-iyul
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
|
|
|
|
|
“5-shakl |
|
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar boʻlgan abituriyentlar | |||||
|
|
|
|
ROʻYXATI |
| |
|
______________________ |
|
________________ | |||
|
T/r |
Maxsus kodi |
Taʼlim turi |
Tanlov kodi |
Taʼlim tili |
Abituriyentning F.I.O. |
|
|
|
|
|
|
|
|
(F.I.O.) |
| ||||
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
|
|
|
|
|
|
||
|
“5-shakl | |||||||
|
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar boʻlgan abituriyentlar haqidagi | |||||||
|
|
|
MAʼLUMOT |
|
| |||
|
______________________ |
|
|
|
|
|
________________ | |
|
T/r |
Maxsus kodi |
Taʼlim turi |
Tanlov kodi |
Taʼlim tili |
Javoblar varaqasi raqami |
Abituriyentning F.I.O. | |
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| ||||
|
|
(F.I.O.) |
(imzo)”. |
|
| |||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 763-modda)