26.07.2017 yildagi 544-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, qayta tiklash, tog‘ oldi va adir yerlaridan unumli foydalanish jumladan, yong‘oq, pista, bodom ko‘chatlari hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirishni ko‘paytirish, o‘rmonlarni kengaytirish va ihota o‘rmonlari barpo etishda samarali innovatsion usullarni qo‘llash, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, o‘rmon xo‘jaligi sohasida kadrlar ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Fanlar Akademiyasining O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial direktori O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial direktori O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Filialning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor o‘simliklar urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish va yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon fondi yerlarida noyob manzarali va mevali, shu jumladan, yong‘oq, pista, bodom, unabi va limon ko‘chatlari hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaliklarida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilikni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, o‘rmonlarni kengaytirish va qayta tiklash, ihota o‘rmonlari barpo etish bo‘yicha samarali innovatsion usullarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eroziyaga qarshi o‘rmon barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, tog‘ yonbag‘irlaridagi yerlarda yetishtiriladigan, qurg‘oqchilik, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi va respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan grantlar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlik tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Filial xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Filialga bir dona maxsus avtotransport ta’minotiga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Filialni zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Filialni bo‘sh turgan bino bilan tekin foydalanish huquqi asosida ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda zarur zamonaviy laboratoriya jihozlari sotib olish hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat va xalqaro grantlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan vazifalarni amalga oshirish jumladan, moddiy texnik bazani rivojlantirish, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i moylash materiallari sotib olish hamda aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan holda kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda za’faron o‘simligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, uni ko‘paytirish va yetishtirishga ixtisoslashtirilgan “Shafran ilmiy tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidan 20 gektar va Marhamat tumanidan 20 gektar unumdorligi yuqori, sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda o‘rmonchilik sohasini samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi va grantlar hisobidan yetakchi davlatlar tajribalarini o‘rganishni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
544-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-iyuldagi 544-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filialining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni — 11 kishi,shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 kishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 742-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)