Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2626-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 27-oktabrdagi 01/27-26/26-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2626, 2014-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 563-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyul,
01/19-10/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidagi “, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga” degan soʻzlar “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Standart muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari” (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish orqali amalga oshiriladigan rieltorlik faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi bilan kelishilgan.
Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi ijrochi direktori A. ALIYEV
2017-yil 6-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 754-modda)