24.07.2017 yildagi 537-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi. 1991-yildan boshlab qator yuqumli kasalliklar bilan kasallanish koʻrsatkichlarining izchil kamayib borishi kuzatilmoqda, shu jumladan “A” virusli gepatit bilan kasallanish 4,5 baravar, oʻtkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish 4,6 baravar, oʻtkir respirator kasalliklar bilan kasallanish 7,9 baravar kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktik emlashlar Milliy taqvimining takomillashtirilishi natijasida hamda rivojlangan mamlakatlarning xalqaro tajribasini hisobga olgan holda hozirgi vaqtda 13 ta yuqumli kasallikka qarshi vaksinatsiya oʻtkazilmoqda. Aholining immunizatsiya bilan qamrab olinishi 95 — 99% ni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yuqumli kasalliklar profilaktikasi darajasi va davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan masalalar toʻla yechimini topgan emas. Moddiy-texnik baza hamda respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining, shu jumladan yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish laboratoriyalarining kadrlar salohiyati dunyo standartlariga muvofiq emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish hamda 2030-yilga kelib bu kasalliklarni tugatishga erishish, samarali profilaktika tizimini tashkil qilish, yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning ilgʻor usullarini joriy etish, respublika yuqumli kasalliklar muassasalari moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yilda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy yuqumli kasalliklar kasalxonalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan gepatologiya markazlari tashkil qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, gepatologiya markazlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispanser koʻrigidan va profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda aholini ommaviy tekshirishni tashkil etish maqsadida yuqumli kasalliklar va virusli gepatitlarning laboratoriya diagnostikasi samaradorligi oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyasi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash masalalari boʻyicha fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilashda, shuningdek tadqiqot natijalarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qoʻyish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Kompleks chora-tadbirlarda koʻrsatilgan yuqumli kasalliklar muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda gepatologiya markazlarining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yuqumli kasalliklar muassasalari, shu jumladan tashkil qilinayotgan gepatologiya markazlari yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlanishini, shuningdek tibbiyot xodimlari va boshqa tegishli mutaxassislarning malakasi muntazam ravishda oshirib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar muassasalari, shu jumladan gepatologiya markazlarining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar muassasalarining yuqumli kasalliklarga, shu jumladan surunkali virusli gepatitlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash standartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda respublikada qoʻllanilayotgan yuqumli kasalliklarga, shu jumladan surunkali virusli gepatitlarga tashxis qoʻyish va ularni davolash usullarini muntazam yangilab borish maqsadida ularning samaradorligini baholash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
537-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-iyuldagi 537-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qoʻyish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Bajaruvchilar

Summa

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish mexanizmi,
kutilayotgan natija

I. Yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish, ular profilaktikasi va ularni davolash masalalari boʻyicha normativ
bazani takomillashtirish

1.

Yuqumli kasalliklar boʻyicha mavjud normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va gepatologiya markazlarining normativ bazasini yaratish.

2017-yil sentyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari.

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish.

2.

Aholi sonini eʼtiborga olgan holda gepatologiya markazlarining shtat normativlarini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Namunaviy shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3.

Yuqumli kasalliklar muassasalari va boʻlimlarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqish.

2017-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Namunaviy shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

II. Surunkali virusli gepatitlar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish

4.

“V” va “S” virusli gepatitlarga barvaqt tashxis qoʻyishni bosqichma-bosqich joriy etish. Respublika hududlarida har yili dispanser koʻrigi va profilaktik tibbiy koʻriklar oʻtkazish.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

1,52 mln AQSh dollari

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlashni joriy etish, laboratoriyada tashxis qoʻyish imkoniyatlarini oshirish

5.

Qon xizmatida tashxis qoʻyishning ichki va tashqi nazorat sifatini oshirish.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratilad�gan budjet mablagʻlari doirasida

Qon va uning komponentlarida virusli gepatitlarni aniqlash sifatini muntazam nazorat qilishni joriy etish. Laboratoriyada tashxis qoʻyish sifatini oshirish.

6.

Yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli gepatitlar profilaktikasi masalalarida aholining xabardorligi darajasini oshirish.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, OʻzMAA

-

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari

Samarali profilaktik tadbirlarni joriy etish, shu jumladan broshyuralar, bukletlar chiqarish, videorolik va audioeshittiruvishlab chiqish. Virusli gepatitlarga barvaqt tashxis qoʻyish boʻyicha aholini qamrab olishni oshirish.

7.

Davolash-profilaktika muassasalarida gepatitlar bilan kasallanishning kasalxonalar ichki profilaktikasi ustidan infeksiya nazoratini takomillashtirish.

2017 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

-

Gemokontakt infeksiyalarning yuqish xavfini kamaytirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilib borish. Qon orqali yuqadigan infeksiyalarning parenteral yuqish xavfini kamaytirish.

8.

Davolash-profilaktika muassasalarida inson aʼzosi, toʻqimalar va biologik suyuqliklar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlarini “V” virusli gepatitga qarshi vaksinatsiya qilish (har yili 20 ming kishi).

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari orasida kasb kasalliklari profilaktikasini taʼminlash.

9.

Bolalarni maktab va maktabgacha bolalar muassasalariga qabul qilishda “A” virusli gepatitga qarshi profilaktik emlashlar oʻtkazish zarurligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlarini taʼminlash.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri xokimliklari

-

-

“A” virusli gepatiti bilan kasallanishni kamaytirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish orqali epidemik vaziyatni yaxshilash

10.

Surunkali “S” virusli gepatit va uning asoratlarini davolashda virusga qarshi maxsus terapiya oʻtkazish.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

40 mlrd soʻm

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Aholining ijtimoiy zaif qatlamini maxsus virusga qarshi terapiya bilan taʼminlash. Surunkali “S” gepatit bilan ogʻrigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash.

11.

Surunkali virusli gepatitlar va ularning asoratlari bilan kasallanish holatlarini YuKEMAT (yuqumli kasalliklar elektron axborot tizimi) dasturida qayd qilish.

2018 — 2020-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash tizimining barcha boʻgʻinlarida surunkali virusli gepatitlarni qayd qilish tizimini oʻrnatish va faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. Surunkali virusli gepatit holatlarining faoliyat koʻrsatuvchi va yangilanib turuvchi reyestrini tashkil etish.

III. Respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish

12.

Gepatologiya markazlarini zamonaviy davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan taʼminlash.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

4,87 mln AQSh dollari.

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari (ishlab chiqish)

Yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga chalingan bemorlarga tashxis qoʻyish sifatini va davolash samaradorligini yaxshilash.

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Virusologiya ITI hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ITI hududlarida poliklinikalar qurish, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar kasalxonalarida taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

78,8
mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish. Aholining malakali tibbiy yordam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

IV. Sogʻliqni saqlash tizimining yuqumli kasalliklar muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

14.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzurida gepatologiya markazlarining mutaxassislari, gastroenterologlar va umumiy amaliyot vrachlari uchun gepatologiya yoʻnalishi boʻyicha kurslar tashkil qilish va oʻqitish.

2017-yil sentyabrdan boshlab doimo

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Oʻquv dasturini tasdiqlash boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Tibbiyot xodimlarining bilim darajasi va malakasini oshirish.

15.

Yuqumli kasalliklar muassasalari, jumladan gepatologiya markazlarining mutaxassislarini YuKEMAT (yuqumli kasalliklarning epidemiologik monitoringi boʻyicha axborot tizimi)dan foydalanish boʻyicha oʻqitish.

2020-2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi.

Virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarning reyestrini shakllantirish, ular holati monitoringini olib borish va kasalliklarni erta bosqichda davolashni rejalashtirish.

16.

Surunkali virusli gepatitlar va ular asoratlarining tarqalganligini aniqlash hamda tashxis qoʻyish va davolashning yangi yuqori texnologik usullarini tatbiq etishning samaradorligini oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy-texnik loyihalar ishlab chiqish va amalda tatbiq etish.

2018 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

-

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari

Loyihalarni ishlab chiqish.

Ilmiy salohiyatni oshirish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish.

17.

Gepatologiya sohasidagi xalqaro mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish.

Ikki yilda bir marta

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligining konferensiyalar oʻtkazish boʻyicha yillik rejasini tasdiqlash. Gepatologiya sohasida dunyo tajribasini oʻrganish.

18.

Yaqin va uzoq xorijdagi ilgʻor klinikalar va markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish, davolash va ularning profilaktikasi borasida tajriba almashish boʻyicha yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun memorandum va bitimlar tuzish.

2017 — 2021-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

-

-

Memorandum va bitimlar tuzish. Jahon standartlari darajasida tashxis qoʻyish sifati va davolash samaradorligini yaxshilash.

19.

Yevropa va Osiyoning ilgʻor gepatologiya markazlarida tajriba orttirishni tashkil qilish.

doimo

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

-

Xalqaro moliya institutlari va donorlarning grantlari, budjetdan tashqari mablagʻlar

Respublikaning tegishli mutaxassislarini tayyorlash va yetakchi gepatologiya markazlariga yoʻllash. Yuqumli kasalliklarni davolash sohasida oʻzaro hamkorlik qilish va tajriba almashish boʻyicha aloqalar oʻrnatish.

Kompleks chora-tadbirlar tadbirlarini amalga oshirishga jami xarajatlar:

118,8 mlrd soʻm va 6.39 ml� AQSh dollari

shundan:

mlrd soʻm

mln AQSh dollari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

- 40

- 1,52

davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari

- 78,8

-

xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va grantlari

-

- 4,87

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 737-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)