Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2314-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 18-fevraldagi 01/10-10/42-sonli ““Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2314-5, 04.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF–5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2017-yil 23-iyundagi 419-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 9-dekabrdagi 01/09-18/13-son “Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2314, 2012-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 25-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-iyul,
01/11-26/17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 10-iyuldagi 01/11-26/17-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidagi “realizatsiya qilish” degan soʻzlar “sotish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 24-noyabrdagi PF–1009-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-noyabrdagi 575-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 1995-yil 11-apreldagi 126-son “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
b) 2-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“savdo tashkilotchisi – tuman yoki shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarma deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi rieltorlik tashkiloti;”;
oltinchi xatboshidagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 40, 46, 47-bandlardagi “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 720-modda)