Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022 19.07.2017 yildagi 522-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
Hujjat 16.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” 2016-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-407-son Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, sanatoriy-kurort taʼminoti va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A. A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
522-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari, shuningdek faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy taʼminot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Prokuratura organlari, adliya organlari, davlat bojxona xizmati organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti koʻrsatishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tibbiyot boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkib mazkur muassasalarda ambulatoriya, statsionar sharoitlarda bepul tibbiy tekshiruvlardan oʻtkaziladi, davolanadi va sogʻlomlashtiriladi, shuningdek ularga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha turar joylariga borib belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimidagi xodimlarni davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish tartibi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga, tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan tarkib manfaatlariga zarar keltirilmaydigan shartlarda pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi mumkin. Pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar organlari xodimlariga yashash hududidagi ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilariga bepul ortopedik stomatologiya va ortodontiya yordami (qimmatbaho metallar, keramik massalar va maxsus platmassalar qoʻllab tayyorlangan protezlar bundan mustasno) ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar organlari tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari komissiyasi tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilariga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olishi uchun uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qoʻydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazish uchun va karantin tufayli xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilganida, ularga vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnomasi beriladi. Vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnomasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari hamda ishchi va xizmatchilarining mehnatga vaqtincha layoqatsizlik holatida mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar organlari xodimlari va shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtayotganlar har yili bir marotaba majburiy dispanserizatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yilda ikki marotaba va chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladigan xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar hamda harbiy taʼlim muassasalarining kursant va tinglovchilari belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilari tibbiy koʻrikdan turar joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Profilaktik tibbiy koʻrik natijasida xizmatni davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklari aniqlangan xodimlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boshqarma va boʻlimlari tomonidan tegishli kadrlar boʻlimlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallangan biriktirilgan tarkib ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va boʻlimlari mutaxassislari nazoratiga olinib, ularni davolash va sogʻlomlashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dispanser nazoratiga olingan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvini olib borish, tibbiy tekshiruvlar va koʻriklar koʻlami hamda davriyligi, shuningdek davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki ishlar organlari tizimidagi va boshqa sanatoriy-kurort muassasalariga, shuningdek xorijiy davlatlardagi sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari tizimidagi muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish ushbu muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalar taqsimoti tibbiyot muassasalari talabnomalariga muvofiq, yillik reja asosida Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar organlari tizimidagi sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalar qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ichki ishlar organlarining sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalar realizatsiyasidan tushgan mablagʻlar ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini va taʼminotini mustahkamlashga hamda boshqa sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalarini xarid qilishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar quyidagi tartibda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bepul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy komissiyalarning asoslantirilgan xulosasiga koʻra, mazkur Nizomning 27-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 27-bandi “g” va “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar, shu jumladan koʻzi ojiz 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxsni kuzatib boruvchi shaxs, yolgʻiz keksalar uchun;
(22-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanma qiymatining 25 foizini toʻlash sharti bilan mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmaning qiymatini toʻliq toʻlash sharti bilan mazkur Nizomning 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j”, “z” -bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning oila aʼzolari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ixtisoslashtirilgan sanatoriy muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritadigan ishchi va xizmatchilarni sanatoriy-kurort muassasalarida davolash uchun yoʻllanmalar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga muhtoj shaxslarni tanlash, sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalarni taqsimlash, tizimdagi sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida, ushbu yordamni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagi shaxslar biriktirish roʻyxatlari asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harakatdagi kadrlar zaxirasida qoldirilib, boshqa tashkilotlarga yuborilgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarida harbiy xizmatni shartnoma asosida oʻtayotgan harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari muddatli harbiy xizmatchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xizmat muddatidan qatʼi nzar, xizmat (harbiy xizmat) vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador boʻlish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
(27-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant va tinglovchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishchi va xizmatchilar (budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga taʼminlanadigan ishchi va xizmatchilardan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ichki ishlar organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega boʻlib, shundan 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat (harbiy xizmat) qilgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilari bundan mustasno);
(27-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j1) ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jinoyat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi boʻlgan farzandlari, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, shuningdek, ushbu holatlardan olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar;
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qaroriga asosan “j1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qonun hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatish boʻyicha zararlangan zonada xizmat vazifasini oʻtagan shaxslar va yadro poligonlarida hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j” va “z” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oila aʼzolari, tegishli davolash-profilaktika muassasalari tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shaxsning ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolari deganda, uning ichki ishlar organlari tizimida xizmatda boʻlgan davrida nikohda boʻlgan xotini (eri), nikoh bekor qilingan hollar bundan mustasno, 18 yoshgacha boʻlgan bolalari, yoshidan qaʼti nazar bolalikdan nogiron boʻlgan bolalari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida statsionar tibbiy yordam 18 yoshdan boshlab koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, vafot etgan xodimlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari muddatli harbiy xizmatchilarining oila aʼzolaridan tashqari) ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, shuningdek ularning pensiya yoshidagi yoki nogiron ota-onasi tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j” va “z” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya rasmiylashtirgan oila aʼzolari ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qolgan shaxslarning yashash joyi oʻzgarganda, ular shu hududdagi tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlaridagi maxsus tibbiy komissiyalar qarorlari asosida mazkur davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmatga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Biriktirish roʻyxatlari va ichki ishlar organlarining tegishli pensiya taʼminoti boʻlimlari yoʻllanmalari hamda pensionerlik guvohnomalari asosida tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va boʻlimlari tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan shaxslarga ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy xizmatdan foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ichki ishlar organlari tizimidagi tezkor taʼminot boshqarma va boʻlimlarning nooshkora maqomga ega alohida toifadagi xodimlariga tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ichki ishlar organlarida chaqiruv boʻyicha muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar hamda Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant va tinglovchilariga tibbiy yordam koʻrsatish, ichki ishlar organlarining mazkur harbiy tuzilmalari va taʼlim muassasalarining tibbiyot qismlari, lazaretlari va tibbiy punktlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalari va Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tibbiyot qismlari, lazaretlari va tibbiy punktlarida tegishli mutaxassislar va tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish uchun tibbiy asbob-uskunalar boʻlmagan hollarda, ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida stansionar sharoitda belgilangan tartibda davolanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarida zarur tibbiy xizmat turlari mavjud boʻlmagan hollarda, pulli davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlari Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Pulli davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlarini qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish, kasalliklarni davolash va oldini olish uchun sarflanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, vaksinalar, tibbiy materiallar bilan bepul taʼminlash ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlar uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham qoplanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Biriktirilgan tarkib ambulatoriya va statsionarda davolanishda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan oʻzlari davolanayotgan davolash-profilaktika muassasalari orqali yoki retsept asosida dorixonalar orqali belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Biriktirilgan tarkibga dori vositalarini tayinlash, qabul qilish, saqlash va qoʻllash, shuningdek dori vositalarini retsept asosida berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Biriktirilgan tarkib ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha bepul emlanadi. Rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha emlanishi lozim boʻlgan shaxslar toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 703-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)