Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022 19.07.2017 yildagi 522-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, sanatoriy-kurort ta’minoti va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A. A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
522-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari, shuningdek faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Prokuratura organlari, adliya organlari, davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila a’zolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan bo‘lgan pensionerlar va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila a’zolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda sanatoriy-kurort ta’minoti tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti ko‘rsatishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tibbiyot bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkib mazkur muassasalarda ambulatoriya, statsionar sharoitlarda bepul tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi, davolanadi va sog‘lomlashtiriladi, shuningdek ularga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha turar joylariga borib belgilangan tartibda tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimidagi xodimlarni davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish tartibi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga, tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan tarkib manfaatlariga zarar keltirilmaydigan shartlarda pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin. Pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar organlari xodimlariga yashash hududidagi ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilariga bepul ortopedik stomatologiya va ortodontiya yordami (qimmatbaho metallar, keramik massalar va maxsus platmassalar qo‘llab tayyorlangan protezlar bundan mustasno) ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar organlari tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari komissiyasi tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilariga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tibbiy yordam olishi uchun uni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilganida, ularga vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki ma’lumotnomasi beriladi. Vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki ma’lumotnomasini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilarining mehnatga vaqtincha layoqatsizlik holatida mehnatga layoqatsizlik varaqasini berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minotini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar organlari xodimlari va shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotganlar har yili bir marotaba majburiy dispanserizatsiyadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yilda ikki marotaba va chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan xizmatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda harbiy ta’lim muassasalarining kursant va tinglovchilari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar organlari ishchi va xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan turar joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Profilaktik tibbiy ko‘rik natijasida xizmatni davom ettirishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklari aniqlangan xodimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boshqarma va bo‘limlari tomonidan tegishli kadrlar bo‘limlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallangan biriktirilgan tarkib ichki ishlar organlari tibbiyot boshqarma va bo‘limlari mutaxassislari nazoratiga olinib, ularni davolash va sog‘lomlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dispanser nazoratiga olingan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvini olib borish, tibbiy tekshiruvlar va ko‘riklar ko‘lami hamda davriyligi, shuningdek davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki ishlar organlari tizimidagi va boshqa sanatoriy-kurort muassasalariga, shuningdek xorijiy davlatlardagi sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari tizimidagi muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalar berish ushbu muassasalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yo‘llanmalar taqsimoti tibbiyot muassasalari talabnomalariga muvofiq, yillik reja asosida Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar organlari tizimidagi sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yo‘llanmalar qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ichki ishlar organlarining sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yo‘llanmalar realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini va ta’minotini mustahkamlashga hamda boshqa sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalarini xarid qilishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalar quyidagi tartibda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bepul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy komissiyalarning asoslantirilgan xulosasiga ko‘ra, mazkur Nizomning 27-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 27-bandi “g” va “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar, shu jumladan ko‘zi ojiz 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni kuzatib boruvchi shaxs, yolg‘iz keksalar uchun;
(22-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yo‘llanma qiymatining 25 foizini to‘lash sharti bilan mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yo‘llanmaning qiymatini to‘liq to‘lash sharti bilan mazkur Nizomning 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j”, “z” -bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning oila a’zolari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ixtisoslashtirilgan sanatoriy muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy tibbiyot muassasalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritadigan ishchi va xizmatchilarni sanatoriy-kurort muassasalarida davolash uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga muhtoj shaxslarni tanlash, sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yo‘llanmalarni taqsimlash, tizimdagi sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida, ushbu yordamni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagi shaxslar biriktirish ro‘yxatlari asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ichki ishlar organlari xodimlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harakatdagi kadrlar zaxirasida qoldirilib, boshqa tashkilotlarga yuborilgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarida harbiy xizmatni shartnoma asosida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari muddatli harbiy xizmatchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xizmat muddatidan qat’i nzar, xizmat (harbiy xizmat) vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador bo‘lish, kasallanish hamda xizmat davrida orttirilgan kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(27-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishchi va xizmatchilar (budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan ishchi va xizmatchilardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ichki ishlar organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega bo‘lib, shundan 12,5 yil ichki ishlar organlarida xizmat (harbiy xizmat) qilgan pensionerlar (ishchi va xizmatchilari bundan mustasno);
(27-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j1) ichki ishlar organlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jinoyat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari, bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandlari, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, shuningdek, ushbu holatlardan olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlar;
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qaroriga asosan “j1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qonunchilikka muvofiq ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatish bo‘yicha zararlangan zonada xizmat vazifasini o‘tagan shaxslar va yadro poligonlarida hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
(27-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari, tegishli davolash-profilaktika muassasalari tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shaxsning ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolari deganda, uning nikohda bo‘lgan xotini (eri), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, yoshidan qat’i nazar bolalikdan nogiron bo‘lgan bolalari, ta’lim muassasalarida ta’limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan farzandlari hamda ota-onasi tushuniladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida statsionar tibbiy yordam 18 yoshdan boshlab ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, vafot etgan xodimlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari muddatli harbiy xizmatchilarining oila a’zolaridan tashqari) ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, shuningdek ularning pensiya yoshidagi yoki nogironligi bo‘lgan ota-onasi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom 27-bandining “a”, “b”, “g”, “j” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya rasmiylashtirgan oila a’zolari ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qolgan shaxslarning yashash joyi o‘zgarganda, ular shu hududdagi tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va bo‘limlaridagi maxsus tibbiy komissiyalar qarorlari asosida mazkur davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmatga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Biriktirish ro‘yxatlari va ichki ishlar organlarining tegishli pensiya ta’minoti bo‘limlari yo‘llanmalari hamda pensionerlik guvohnomalari asosida tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarma va bo‘limlari tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan shaxslarga ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy xizmatdan foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ichki ishlar organlari tizimidagi tezkor ta’minot boshqarma va bo‘limlarning nooshkora maqomga ega alohida toifadagi xodimlariga tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ichki ishlar organlarida chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar organlarining mazkur harbiy tuzilmalari va ta’lim muassasalarining tibbiyot qismlari, lazaretlari va tibbiy punktlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalari va Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tibbiyot qismlari, lazaretlari va tibbiy punktlarida tegishli mutaxassislar va tibbiy tekshiruvlar o‘tkazish uchun tibbiy asbob-uskunalar bo‘lmagan hollarda, ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ichki ishlar organlari harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida stansionar sharoitda belgilangan tartibda davolanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarida zarur tibbiy xizmat turlari mavjud bo‘lmagan hollarda, pulli davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlari Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Pulli davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanganlik xarajatlarini qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvlar o‘tkazish, kasalliklarni davolash va oldini olish uchun sarflanadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, vaksinalar, tibbiy materiallar bilan bepul ta’minlash ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlar uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham qoplanishi mumkin.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Biriktirilgan tarkib ambulatoriya va statsionarda davolanishda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan o‘zlari davolanayotgan davolash-profilaktika muassasalari orqali yoki retsept asosida dorixonalar orqali belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Biriktirilgan tarkibga dori vositalarini tayinlash, qabul qilish, saqlash va qo‘llash, shuningdek dori vositalarini retsept asosida berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Biriktirilgan tarkib ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi rejali va epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha bepul emlanadi. Rejali va epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha emlanishi lozim bo‘lgan shaxslar toifalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 29-son, 703-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 09/19/674/3573-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)