Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1819-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008-yil 28-maydagi 55 va 01/11-18/06-son “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1819, 2008-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 228-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-iyul,
99-son;
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-iyul,
01/09-26/16-son
Kelishilgan:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2017-yil 11-iyul
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2017-yil 11-iyul
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Y. XIDIROV
2017-yil 11-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 716-modda)