Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017 27.10.2015 yildagi PF-4761-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan xolda eksport qilish bo‘yicha yagona kompleksni yaratish, paxta va yog‘-moy mahsulotlarining sifatini hamda raqobatdoshligini oshirish, shuningdek respublikaning paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi muassislarining paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin, xolding kompaniyasi tarkibiga aksiyadorlik jamiyati shaklidagi quyidagi birlashmalar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha — tugatilayotgan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi negizida tashkil etilayotgan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari, ushbu aksiyadorlik jamiyatiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini topshirish hisobiga uning ustav fondi shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini saqlash va eksport qilishni ta’minlash bo‘yicha — “O‘zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi tashqi savdo kompaniyalarining paxta terminallari ustav fondlaridagi ulushlarini baholash qiymati bo‘yicha topshirish hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yog‘i ishlab chiqarish bo‘yicha — “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalarni Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibidan chiqargan holda ularning ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini topshirish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va mintaqaviy paxta bozorlari konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha tizimli marketing tadqiqotlari olib borish va shu asosda, mazkur bozorlarda tarkib topayotgan tendensiyalardan kelib chiqib, paxta xomashyosi yetishtirishning hajmlari, assortimenti va navlari bo‘yicha g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlarini hududiy joylashtirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklardan qabul qilib olish va qayta ishlash, yuqori sifatli, tashqi bozorlarda raqobatdosh paxta tolasini ishlab chiqarish, xalqaro talablar va standartlarga muvofiq uni saqlash bilan bog‘liq ishlarning butun kompleksini tashkil qilish va amalga oshirish sohasida yagona siyosat o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va chigitning chiqishiga oid ko‘rsatkichlari, kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda sotilayotgan paxta tolasi va yog‘-moy mahsulotlarining o‘rnatilgan standartlar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq miqdori va sifati bo‘yicha ma’lumotlarni qat’iy hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek tarmoq ichki nazorat-taftish ishlarini o‘tkazish uchun mintaqalardagi inspektorlar bilan Nazorat-taftish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorining konyunkturasidan kelib chiqqan holda, paxta tolasini yetkazib berish to‘g‘risida eksport shartnomalari tuzilishini tashkil qilish hamda ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq xarid qilinayotgan paxta xomashyosi hamda eksportga va ichki iste’molchilarga jo‘natilayotgan paxta mahsuloti uchun o‘zaro hisob-kitoblarni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigitning chuqur qayta ishlanishini tashkil qilish hamda sifatli paxta yog‘i va boshqa yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnika siyosatini o‘tkazish hamda modernizatsiyani amalga oshirishda, zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy qilishda, investitsiyalar, avvalo to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tarmoqqa keng jalb etishda paxta tozalash korxonalariga, yog‘ zavodlariga, paxta terminallariga ko‘mak berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani qayta ishlash va yog‘-moy sanoati kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining boshlang‘ich ustav kapitali tugatilayotgan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining mulki, shuningdek tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan birlashmalar — “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ aksiyalari paketlarining 100 foizini topshirish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish bo‘yicha barcha tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirishdagi ishlarni muvofiqlashtirish va ko‘mak berish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda Hukumat komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi (Sh.Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi hamda “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ birlashmalarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur tashkiliy tadbirlar kompleksi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish, korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillariga hamda aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning tasdiqlangan namunaviy tuzilmasiga muvofiq xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi birlashmalarni boshqarish tuzilmalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJlarining ustavlari hamda ta’sis hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari ijro etuvchi apparatiga yuqori malakali mutaxassislar sinchiklab tanlab olinishi va to‘ldirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ emissiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4761-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 43-son, 548-modda)