Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1882-5]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 52-son, 529-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-iyul,
96-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 7-iyuldagi 96-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini hisoblash uslubi hamda shakllantirish va joylashtirish tartibiga talablarni belgilaydi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 713-modda)