Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hududlarning sayyohlik salohiyatini dunyoga keng targʻib qilish, mamlakatimizga tashrif buyurishi kutilayotgan sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish, sohadagi mavjud muammolarni tizimli asosda bartaraf etish, ushbu vazifalarni amalga oshirishda joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyatini oshirish hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari hamda Moliya vazirligining Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyati hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlarini joriy etish va ularning kotibiyatlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar viloyatlar hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha boʻyicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;
chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini koʻpaytirish hamda ularni jalb qilish boʻyicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga boʻlgan talabni oʻrganish, bu boradagi mavjud muammolar va toʻsiqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;
turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yoʻnalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;
qoʻshimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida koʻngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros obyektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, anʼanalarini oʻzida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;
turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha masʼul vazirlik, idora va qoʻmitalarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyati hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda joriy etilayotgan viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari va ularning kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni bir oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov joriy etilayotgan lavozimlarni puxta maxsus bilimlarga, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan, chet tillarini yaxshi biladigan, tajribali va malakali kadrlar bilan toʻldirish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-iyul,
PQ-3129-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyuldagi PQ-3129-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 50 — 55 nafar.
* Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hududlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
** Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlariga tegishli.”.
2. 2b-ilova izohining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“** Kegeyli, Mirishkor, Chiroqchi, Sherobod, Payariq, Pastdargʻom, Xovos, Qiziriq, Zangiota tumanlariga tegishli.”.
3. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
|
T/r |
Hududlar nomi |
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni |
|
I toifali hududlar boʻyicha | ||
|
1. |
Andijon viloyati |
53 |
|
2. |
Qashqadaryo viloyati |
53 |
|
3. |
Samarqand viloyati* |
55 |
|
4. |
Toshkent viloyati* |
55 |
|
5. |
Fargʻona viloyati |
53 |
|
II toifali hududlar boʻyicha | ||
|
6. |
Buxoro viloyati* |
55 |
|
7. |
Navoiy viloyati |
53 |
|
8. |
Namangan viloyati |
53 |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
53 |
|
10. |
Xorazm viloyati* |
55 |
|
III toifali hududlar boʻyicha | ||
|
11. |
Jizzax viloyati |
50 |
|
12. |
Sirdaryo viloyati |
50 |
|
Toifadan tashqari | ||
|
13. |
Toshkent shahri** |
59 |
|
Jami |
697 | |
* Xorazm, Buxoro va Samarqand va Toshkent viloyatlarida turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosarlari va kotibiyatlari (2 nafar).
** Kapital qurilish boshqarmasi (8 nafar), Investitsiyalar va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boshqarmasi (6 nafar) hamda Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (40 nafar) hisobga olinmagan holda.”.
4. 3v-ilovada:
a) “Surxondaryo viloyati” boʻlimining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunida:
uchinchi satrdagi “21” soni “22” soni bilan almashtirilsin;
“Jami” satridagi “263” soni “264” soni bilan almashtirilsin;
b) bir yuz ellik yettinchi satrining “Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni” ustunidagi “3 183” soni “3 184” soni bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 646-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 07/17/3374/0208-son; 10.02.2021-y., 09/21/6165/0104-son)