10.07.2017 yildagi 483-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) direktoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy va yuridik shaxslardan ularda saqlanayotgan qadimiy, noyob qoʻlyozma va toshbosma asarlarni xarid qilish maqsadida Markazda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maxsus jamgʻarma tashkil etilsin hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 956-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan ularda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qoʻlyozma asarlarni xarid qilish, shuningdek ularni baholash maqsadida Markazda sohaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qoʻlyozma asarlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Markaz bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga asosan xarid qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qoʻlyozma asarlar xarid qilinishini taʼminlash uchun Markazning maxsus jamgʻarmasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlarining doimiy ravishda jalb qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Markazni saqlab turishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga biriktirilgan 1 ta avtotransport vositasiga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz musulmon dunyosi buyuk mutafakkirlarining boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan bebaho hissasi va ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrnini chuqur tadqiq etish va keng targʻib qilish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo munosabatlarda bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinch-totuv hayotga intilish kabi islom dinining asl qadriyatlari va madaniyatini toʻgʻri anglash va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi hamkorlik va oʻzaro muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz oʻz faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ISESCO), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro markazi, xorijiy mamlakatlardagi islom tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot markazlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazning toʻliq nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat (oʻzbek) tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy tsentr Imama Buxari pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida — Imam Bukhari International Scientific Research Center under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arab tilida — مركز الامام البخاري الدولي للبحوث العلمية لدى مجلس وزراء جمهورية أوزبكستا ن .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazning joylashgan joyi (pochta manzili): Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoja Ismoil qishlogʻi, 141306.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz maʼnaviyati va madaniyati rivojida tutgan oʻrni va ahamiyatini oʻrganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonida dunyoda, mintaqa va mamlakatimiz hayotida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning maʼrifiy-madaniy rolini va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng jamoatchilikka yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarimizning ijodiy merosiga oid hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma asarlarning elektron nusxalarini toʻplash va ularni kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom madaniyati va sivilizatsiyasini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bagʻishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va ilmiy maʼruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom diniga oid ilmiy, tarixiy-madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy meros salohiyatini, shu jumladan qoʻlyozmalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan manbalarni hisobga olgan holda, chuqur oʻrganish va tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, xususan Internetda eʼlon qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (ISESCO) va mazkur sohada xorijiy davlatlarda tashkil etilgan markazlar bilan islom tarixi, falsafasi, huquqi, manbashunosligi va madaniyati yuzasidan ilmiy loyihalar, xalqaro hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish va uning natijalarini nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom tarixi va madaniyati yoʻnalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy va metodik oʻqishlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jaholatga qarshi — maʼrifat” gʻoyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, gʻoyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat usullarini oʻrganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-maʼrifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qoʻllash uchun tavsiya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom dinining mohiyati va ilmlarini tarqatadi, barqaror dinlararo va millatlararo bagʻrikenglik, doʻstlik, ahillik, oʻzaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini keng ommaga yetkazishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom dunyosining buyuk muhandis va allomasi Imom Buxoriyning ilmiy-maʼnaviy merosini, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy merosini yoshlar orasida keng targʻib qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar olimlari ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan xayriya tashkilotlari bilan ilmiy-amaliy aloqalar oʻrnatadi va rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta asrlarda oʻtgan islom ulamolari va mutafakkirlarining hadisshunoslik, kalom (ilohiyot ilmi), fiqh (islom huquqi) va islom tarixi yoʻnalishlari boʻyicha diniy-maʼnaviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta asr musulmon olimlarining tabiiy va aniq fanlar yoʻnalishidagi ilmiy merosini, shuningdek matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, falsafa, mantiq fanlariga oid asarlarini tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadis toʻplamlarini ishlab chiqish, koʻp jildlik islom qomusini yaratish, islom dunyosining madaniy atlasini, Markaz elektron kutubxonasini tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom dunyosining maʼnaviy tarixi boʻyicha va islom manbalarini tasnif qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda saqlanayotgan islomga oid nodir yodgorliklarni ommalashtirishga bagʻishlangan loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uygʻun ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda va oʻz vakolatlari doirasida xorijiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa oʻrnatish va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy, diniy-maʼnaviy qadriyatlarni tadqiq etish yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish va ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish asosida seminar-treninglar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning budjetdan tashqari mablagʻlarini Markaz tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimediya mahsulotlarini chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatiga aloqador boʻlgan konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, koʻchma majlislar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida oʻz faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy kengash tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uygʻun ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy, diniy-maʼnaviy qadriyatlarni tadqiq etish yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish va ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlash hamda homiylar mablagʻlarini va tadqiqotlar jarayoniga chet ellardan soha mutaxassis olimlarini jalb etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba orttirishini va malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining majlisi Markazning rahbar organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi maʼlumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vasiylik kengashining majlisi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning faoliyat dasturi va yillik rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan koʻpining ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz direktorining ilmiy-maʼrifiy ishlar boʻyicha va maʼmuriy va xoʻjalik ishlar boʻyicha ikki nafar oʻrinbosarlari boʻladi. Markaz direktori boʻlmagan taqdirda uning funksiyasini direktor oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 956-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Direktor oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning toʻliqligi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, boʻlimlar xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz oʻzining koʻchmas va koʻchar mulkiga, pul mablagʻlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlari va boshqa mol-mulkiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan tushgan ixtiyoriy badallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tushgan homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) soni — 34 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 956-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 658-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)