10.07.2017 yildagi 483-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) direktoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy va yuridik shaxslardan ularda saqlanayotgan qadimiy, noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlarni xarid qilish maqsadida Markazda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘arma tashkil etilsin hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 956-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan ularda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo‘lyozma asarlarni xarid qilish, shuningdek ularni baholash maqsadida Markazda sohaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo‘lyozma asarlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Din ishlari qo‘mitasi tomonidan Markaz bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga asosan xarid qilinadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Din ishlari qo‘mitasi jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qo‘lyozma asarlar xarid qilinishini ta’minlash uchun Markazning maxsus jamg‘armasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘larining doimiy ravishda jalb qilinishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Markazni saqlab turishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga biriktirilgan 1 ta avtotransport vositasiga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz musulmon dunyosi buyuk mutafakkirlarining boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi va ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinch-totuv hayotga intilish kabi islom dinining asl qadriyatlari va madaniyatini to‘g‘ri anglash va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi hamkorlik va o‘zaro muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz o‘z faoliyatini Islom hamkorlik tashkiloti, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro markazi, xorijiy mamlakatlardagi islom tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazning to‘liq nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat (o‘zbek) tilida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — Mejdunarodniy nauchno-issledovatelskiy tsentr Imama Buxari pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida — Imam Bukhari International Scientific Research Center under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arab tilida — مركز الامام البخاري الدولي للبحوث العلمية لدى مجلس وزراء جمهورية أوزبكستا ن .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazning joylashgan joyi (pochta manzili): Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoja Ismoil qishlog‘i, 141306.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonida dunyoda, mintaqa va mamlakatimiz hayotida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning ma’rifiy-madaniy rolini va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida saqlanayotgan buyuk allomalarimizning ijodiy merosiga oid hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozma, toshbosma asarlarning elektron nusxalarini to‘plash va ularni kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom madaniyati va sivilizatsiyasini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom diniga oid ilmiy, tarixiy-madaniy va ma’naviy-ma’rifiy meros salohiyatini, shu jumladan qo‘lyozmalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan manbalarni hisobga olgan holda, chuqur o‘rganish va tadqiqot natijalari yuzasidan qomuslar, kataloglar, albomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, xususan Internetda e’lon qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) va mazkur sohada xorijiy davlatlarda tashkil etilgan markazlar bilan islom tarixi, falsafasi, huquqi, manbashunosligi va madaniyati yuzasidan ilmiy loyihalar, xalqaro hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish va uning natijalarini nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom tarixi va madaniyati yo‘nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va metodik o‘qishlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jaholatga qarshi — ma’rifat” g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, g‘oyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat usullarini o‘rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom dinining mohiyati va ilmlarini tarqatadi, barqaror dinlararo va millatlararo bag‘rikenglik, do‘stlik, ahillik, o‘zaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini keng ommaga yetkazishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom dunyosining buyuk muhandis va allomasi Imom Buxoriyning ilmiy-ma’naviy merosini, ijodiy faoliyati va shaxsiyati bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar olimlari ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan xayriya tashkilotlari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o‘rnatadi va rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta asrlarda o‘tgan islom ulamolari va mutafakkirlarining hadisshunoslik, kalom (ilohiyot ilmi), fiqh (islom huquqi) va islom tarixi yo‘nalishlari bo‘yicha diniy-ma’naviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta asr musulmon olimlarining tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishidagi ilmiy merosini, shuningdek matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, falsafa, mantiq fanlariga oid asarlarini tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadis to‘plamlarini ishlab chiqish, ko‘p jildlik islom qomusini yaratish, islom dunyosining madaniy atlasini, Markaz elektron kutubxonasini tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom dunyosining ma’naviy tarixi bo‘yicha va islom manbalarini tasnif qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda saqlanayotgan islomga oid nodir yodgorliklarni ommalashtirishga bag‘ishlangan loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uyg‘un ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda va o‘z vakolatlari doirasida xorijiy tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish asosida seminar-treninglar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning budjetdan tashqari mablag‘larini Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimediya mahsulotlarini chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatiga aloqador bo‘lgan konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, ko‘chma majlislar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy kengash tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha Vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi hamda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlarni uyg‘un ravishda tadqiq etish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konseptual tadqiqotlar dasturlari hamda ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash hamda homiylar mablag‘larini va tadqiqotlar jarayoniga chet ellardan soha mutaxassis olimlarini jalb etishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, soha uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan kadrlarning mahalliy va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba orttirishini va malaka oshirishini tashkil etish, yuqori natijaga erishgan va faol tadqiqotchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining majlisi Markazning rahbar organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi ma’lumotlar majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin e’lon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vasiylik kengashining majlisi o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning faoliyat dasturi va yillik rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining majlisi kengashning kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazning kundalik faoliyatiga Markaz direktori rahbarlik qiladi. Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz direktorining ilmiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha va ma’muriy va xo‘jalik ishlar bo‘yicha ikki nafar o‘rinbosarlari bo‘ladi. Markaz direktori bo‘lmagan taqdirda uning funksiyasini direktor o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 956-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Direktor o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning to‘liqligi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo‘limlar xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz o‘zining ko‘chmas va ko‘char mulkiga, pul mablag‘lariga, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulkiga ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan tushgan ixtiyoriy badallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tushgan homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bundan mustasno) soni — 34 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlar qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 956-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 658-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/956/2227-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)