Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda isteʼmolchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-iyul,
484-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda — Byuro) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻztransgaz” AJ, shuningdek, ularning boʻlinmalari bilan Byuroga yuklangan vazifalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish sohasida oʻzaro hamkorlik qilish tartibiga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
isteʼmolchi — elektr va gaz taʼminoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
energiya resurslarini yetkazib beruvchilar — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va ularning boʻlinmalari, shuningdek, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni taʼminlovchi, ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlarini Byuro faoliyatiga jalb etish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Byuro va uning hududiy boʻlinmalari elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish, shu jumladan, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda ularni talon-toroj qilish yoʻllarini tez aniqlash maqsadida zarur mutaxassislarni jalb etish uchun energiya resurslari yetkazib beruvchilarga yozma soʻrovlar yuborishga haqli.
Aniqlangan holatlar boʻyicha zudlik bilan qaror qabul qilish talab etiladigan alohida holatlarda energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlarini jalb etish ogʻzaki soʻrov boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Soʻrov, qoida tariqasida, energiya resurslari yetkazib beruvchilarning hududiy joylashuv prinsipi boʻyicha yuboriladi. Soʻrovda energiya resurslari yetkazib beruvchilar xodimlarining yetib kelish vaqti va joyi, shuningdek, ularni jalb etishning nazarda tutiladigan davri koʻrsatiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlarini jalb etish ularning ish joyi boʻyicha ish haqi va boshqa toʻlovlar toʻliq hajmda saqlab qolingan holda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ish yakunlari boʻyicha tegishli xodimning faoliyati haqida dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi tegishli energiya resurslari yetkazib beruvchilarga yuboriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
3-bob. Maʼlumotlarni almashish va solishtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻztransgaz” AJ billing tizimiga isteʼmolchilar amalga oshirgan toʻlovlar toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar asosida har bir isteʼmolchining shaxsiy hisob-raqami boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradi hamda natijasi boʻyicha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar reyestrini shakllantiradi, keyinchalik ushbu maʼlumotlarni Byuroga taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar har oyning oʻn birinchi kunidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) boʻlimlariga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarning elektron reyestrlarini yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
10. Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari reyestrlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni Byuroning axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va resurslaridagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Byuro va uning hududiy boʻlinmalari “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AKning billing tizimlariga majburiy tartibda ulanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
4-bob. Tafovutlarni aniqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar Byuro bilan birgalikda har oyning oʻn beshinchi kuniga qadar bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmi hamda tegishli uchastkalar chegaralaridagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm oʻrtasidagi tafovutlar mavjudligini aniqlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmi hamda tegishli uchastkalar chegaralaridagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm oʻrtasida tafovut mavjudligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Byuro olingan maʼlumotlar asosida energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan birgalikda tafovutning yuzaga kelish sabablarini, jumladan, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilishning mumkin boʻlgan yoʻllarini topish orqali belgilangan tartibda choralar koʻradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Har bir hisobot yili yakunlari boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻztransgaz” AJ elektr energiyasi va tabiiy gaz balansida yuzaga kelgan tafovutlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qiladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari oʻrnatishda hamkorlik qilish
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari energiya resurslari yetkazib beruvchilar xodimlari tomonidan Byuro tuman (shahar) boʻlimlarining energiya resurslaridan foydalanish tartibini nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari ishtirokida oʻrnatiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari tuman (shahar) Byuro xodimlari tomonidan energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlari bilan birgalikda tashqi taʼsirdan yuqori darajali himoya hamda farqlovchi belgi bilan plombalanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini oʻrnatish hamda ularni plombalash isteʼmolchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va plombalash haqida uch nusxada dalolatnoma tuzilib, energiya resurslari yetkazib beruvchilar va Byuroning masʼul xodimlari hamda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
6-bob. Birgalikda tushuntirish ishlarini oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz haqini oʻz vaqtida hamda toʻliq toʻlash madaniyatini oshirish maqsadida Byuro va uning boʻlinmalari energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan birgalikda har chorakda isteʼmolchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini oʻtkazish rejalarini tuzadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
21. Tushuntirish ishlari rejalarida quyidagilar nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolchilari, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari, tegishli hududda joylashgan tashkilotlar xodimlari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazish;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish va materiallar chop etish;
davlat organlari va tashkilotlari vakillarini jalb etish, shuningdek yuklangan vazifalarni samarali bajarishga doir boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
22. Byuro oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalardan kelib chiqqan holda, energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan faoliyatning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha ham hamkorlik qilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom shartnomaviy majburiyatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlarda isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
isteʼmolchi — elektr va gaz taʼminoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
energiya resurslari yetkazib beruvchilar — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va ularning boʻlinmalari, shuningdek, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni taʼminlovchi, ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan, hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda;
Byuro talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan, uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlaridan koʻrsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;
elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, koʻrsatkichlarni oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish hamda ularni qayta ulash Byuro tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5 — 7-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Isteʼmolchilar avariya rejimida elektr va gaz tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan Byuroni xabardor qilgan holda uzib qoʻyiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Isteʼmolchini uning arizasiga (talabiga) binoan elektr va gaz tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan uzib qoʻyiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Alohida toifadagi isteʼmolchilarni elektr energiyasi kuchlanishi 5 — 10 kV va undan yuqori boʻlgan tarmoqdan uzib qoʻyish Byuroning majburiy taqdimnomalari boʻyicha elektr energiyasi yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Byuro xodimlari va ular tomonidan jalb etiladigan mutaxassislar isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish hamda ularni qayta ulash ishlarini oʻtkazishda zarur xavfsizlik choralarini koʻrishlari shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovada, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida koʻrsatilgan korxonalar faqat sudning qarori boʻyicha uzib qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Byuro isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyishda, ularni qayta ulashda, shuningdek, ular tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini aniqlash maqsadida isteʼmolchilar binolarini koʻzdan kechirishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va ularning boʻlinmalari mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarning roʻyxati energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantiriladi hamda har oyning oʻn birinchi kunidan boshlab har kuni idoralararo yagona elektron axborot tizimi orqali Byuroga taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Byuro isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlari mavjud boʻlgan isteʼmolchilarning energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan roʻyxatlari asosida isteʼmolchilarni qarzni besh kun muddatda toʻlash zarurligi toʻgʻrisida yozma xabardor qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Byuro isteʼmolchilar xabardor qilingan paytdan boshlab besh kun muddat oʻtgandan keyin qarzlarni majburiy, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish yoʻli bilan undirish choralarini koʻradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shuʼbasi)ning davlat inspektori ularni elektr va gaz tarmoqlaridan darhol uzib qoʻyish hamda foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolchilari uzib qoʻyiladigan elektr va gaz tarmoqlarining nuqtalari Byuro xodimlari tomonidan nazorat tartibida majburiy plombalanishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shuʼbasi)ning davlat inspektori tomonidan isteʼmolchi elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilganda, tarmoqdan uzib qoʻyish haqida ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi. Bosh tortish ikki nafar guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunda isteʼmolchi dalolatnomada uning mazmuni boʻyicha tushuntirish va eʼtirozlarni, shuningdek imzolashdan bosh tortish sabablarini bayon etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilgan isteʼmolchilar haqidagi maʼlumotlar Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shuʼbasi)ning davlat inspektori tomonidan idoralararo yagona elektron maʼlumotlar tizimiga kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulash tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Isteʼmolchilar quyidagi hollarda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi:
elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilganda;
isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlar toʻlanganda;
elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanish uchun ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan miqdordagi summa toʻlanganda.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Isteʼmolchilar Byuroning tegishli hududiy boʻlinmasiga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali murojaat qilganda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi.
Isteʼmolchilar elektr va gaz tarmoqlariga aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan keyingi kundan kechiktirmay Byuro tomonidan qayta ulanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun isteʼmolchilar tarmoqdan uzilganda, ularni tarmoqqa qayta ulash Byuro tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzish sabablari hamda sharoitlari bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan isteʼmolchilarning binolari koʻzdan kechirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qayta ulash yakuni boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulash uchun toʻlov
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qoʻyilgan shaxslarni qayta ulashda isteʼmolchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, isteʼmolchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida toʻlov undiriladi, ushbu mablagʻlar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro boʻlinmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ushbu Nizomning 5 va 6-bandlariga muvofiq elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilgan, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulash uchun toʻlov undirilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlariga kayta ulashdan tushgan hamda Byuroning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari hisobraqamlarida toʻplangan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
(241-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
25 foizi ― Byuro markaziy apparatining hisobraqamiga oʻtkaziladi;
25 foizi ― Byuroning tegishli hududiy boshqarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi;
50 foizi ― Byuroning tumanlar (shaharlar) boʻlimlari ixtiyorida qoladi va undan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulashdan tushadigan, shuningdek, Byuroning yuqori organlariga oʻtkaziladigan mablagʻlarni toʻplash hamda ulardan foydalanish tartibi Byuro tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(241-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakunlovchi qoida
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 659-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/973/2251-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)