Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jamgʻarmaga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.1-ilovaga muvofiq vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, boshqa xoʻjalik birlashmalari, banklar, xalqaro, jamoat va nohukumat tashkilotlari, xorijiy kompaniyalarning Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi muassislari sifatida qatnashish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Jamgʻarma va uning joylardagi tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishda faol qatnashsinlar.
2. Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Homiylik kengashi tuzilsin.
*2-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti respublika darajasida Jamgʻarma Homiylik kengashining raisi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamgʻarma mintaqaviy filiallarining homiylik kengashlari tuzilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Joʻqorgʻi Kenges Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda mintaqaviy filiallar homiylik kengashlarining raislari hisoblanadilar.
Bolalar sport inshootlarining moddiy bazasini qurish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat shahar va tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, Jamgʻarma apparati va uning mintaqaviy filiallari taʼminoti Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Jamgʻarmaning Homiylik kengashiga:
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tuzilmalarini, shuningdek xorijiy sheriklar mablagʻlarini jalb etishni taʼminlash;
bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishga izchil yondashuvlarni, shuningdek bolalar sport inshootlari loyihalarining namunaviy, ilmiy asoslangan negizda ishlab chiqilishini va joriy etilishini taʼminlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Jamgʻarmaga uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlashda har tomonlama koʻmaklashish;
Jamgʻarma tomonidan toʻplangan mablagʻlardan maqsadli (yoʻnalishlar boʻyicha) va qonuniy ravishda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash, Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining va uning tuzilmalarining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotini muntazam ravishda eshitish;
Jamgʻarmaning taʼsis konferensiyasini oʻtkazishda, uni nohukumat xalqaro tashkilot sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda va uning tuzilmalari rahbarlarini tasdiqlashda koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Jamgʻarma direksiyasi bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Jamgʻarma, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha mamlakat aholi punktlarida bolalar sport komplekslarini joylashtirish va rivojlantirish sxemasini 2003-yil 1-yanvargacha ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda ularning hududlar boʻyicha oqilona joylashtirilishini, shuningdek zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlanishini nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiq bolalarning ijtimoiy va yoshi xususiyatlarini hamda bolalar va yoshlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligiga ehtiyojini, shuningdek bolalar sport komplekslarining sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlariga qoʻyiladigan yuksak talablarni hisobga oluvchi bolalar sport komplekslarining bazaviy namunaviy loyihalari tender asosida ishlab chiqilishini tashkil etsin.
Jamgʻarma bolalar sport komplekslari bazaviy namunaviy loyihalarining buyurtmachisi etib belgilansin, bosh loyihalashtirish tashkiloti funksiyalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga yuklansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Belgilansinki, ekspertizadan oʻtmagan va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilmagan bolalar sport komplekslarini qurish qatʼiy taqiqlanadi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallarini joylashtirish, ularni oʻz funksiyalarini bajarishlari uchun mebel va zarur texnika, aloqa vositalari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.
9. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi shartnoma asosida Jamgʻarma direksiyasini xizmat avtotransporti bilan taʼminlasin, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi esa Jamgʻarma buyurtmanomasiga koʻra Jamgʻarma markaziy apparatini va uning mintaqaviy filiallarini zarur aloqa, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan jihozlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-oktabr,
374-son
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi muassislarining
ROʻYXATI
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2005-y., 27-son, 191-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
8. Davlat soliq qoʻmitasi
9. Matbuot va axborot agentligi
10. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
13. “Asaka” banki
14. “Oʻzsanoatqurilishbank”
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Ipoteka” - bank”
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Agrobank” ATB
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
17. “Oʻzbekinvest” kompaniyasi
18. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi
19. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi
20. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
21. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi
22. “Oʻzpaxtasanoat” AJ
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
23. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi
24. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Oldingi tahrirga qarang.
25. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami , 2004-y., 20-son, 236-modda)
26. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
27. “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi
28. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
29. “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni
30. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 132-modda)
32. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 132-modda)
33. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
34. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
37. “Oʻzulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi
38. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
39. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi
40. Oʻzbekiston bolalar jamgʻarmasi
41. “Vatanparvar” tashkiloti
42. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
43. “Mahalla” jamgʻarmasi
44. “Kurash” xalqaro uyushmasi
45. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi
46. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Xorijiy firmalar, banklar va kompaniyalarning vakillari
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 160-modda; 2003-y., 15-16-son, 123-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 20-son, 236-modda, 34-35-son, 394-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda, 27-son, 191-modda; 2006-y., 22-son, 195-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)