ILOVA
| Aripov A.N. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika idoralararo kengashi raisi | |
| 2. | Abdullayev I.B. | — | Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Respublika idoralararo kengashi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 3. | Quranbayev Q.Q. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika idoralararo kengashi raisi oʻrinbosari |
| 4. | Narbayeva T.K. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Respublika idoralararo kengashi raisi oʻrinbosari |
| 5. | Kasimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori |
| 6. | Safayev S.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari |
| 7. | Saidov A.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi |
| 8. | Inoyatov U.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
| 9. | Majidov I.U. | — | Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| 10. | Xodjayev B.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
| 11. | Saidova G.K. | — | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
| 12. | Shadmanov A.K. | — | Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri |
| 13. | Muratov M.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
| 14. | Abduxakimov A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
| 15. | Azizov A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
| 16. | Berdiyev K.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri |
| 17. | Ikramov M.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
| 18. | Shermatov Sh.X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. |
| 19. | Parpiyev B.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| 20. | Kurbonov R.J. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi |
| 21. | Xolmuxamedov M.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori |
| 22. | Ishmetov T.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari |
| 23. | Yusupov O.O. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
| 24. | Mirzaxidov X.M. | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| 25. | Xazratqulov M.X. | — | Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori |
| 26. | Musayev A.E. | — | “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori |
| 27. | Murotkabilov V.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori v. b. |
| 28. | Shukurov A.S. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 29. | Akbarov A.A. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| 30. | Javlonov Sh.S. | — | Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi |
| 31. | Djalilov Sh.I. | — | Oʻzbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi |
| 32. | Rafikov K.M. | — | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| 34. | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari | |
| 35. | Nuriddinov A.V. | — | Oʻzbekiston badiiy akademiyasi raisi |
| 36. | Ikramov A.I. | — | Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi |
| 37. | B. Yusupov | — | Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
| 38. | Niyazov R.S. | — | Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi |
| 39. | Karimov A.M. | — | Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi |
| 40. | Abdullayev A.A. | — | Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
| 41. | Mirzaaliyev I.M. | — | Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari |
| 42. | Djurabayev A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati va maʼnaviy rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri, Respublika idoralararo kengash masʼul kotibi |
| 43. | lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari. |
SHARH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Shunga qaramasdan, yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar talab darajasida emasligini hayotning oʻzi tasdiqlamoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning oʻzi koʻrsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bogʻliq bir qator yangi va muhim vazifalar qoʻyildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylanadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining huquqiy va amaliy vakolatlari kengaytirildi, tegishli imkoniyat va imtiyozlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Yoshlar siyosati masalalari xizmati Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning toʻlaqonli ijrosini tashkil etish va nazorat qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bu boradagi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, ularga gʻoyaviy-uslubiy yordam koʻrsatishni tashkil etish, sohaga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi hisoblanadi.
Farmonda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va nazorat oʻrnatish maqsadida Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi tashkil etildi.
Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar faoliyat yuritadi.
Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi beriladi.
Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil etiladi. Qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, isteʼdod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Qizlarjon” jurnali taʼsis etiladi.
Farmonga koʻra, yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Men sevib oʻqigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” anʼanaviy respublika festivallari, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirishga qaratilgan aksiyalar, yozuvchilar, shoirlar, sanʼatkorlar, adabiyotshunos olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar va master-klasslar tizimli tashkil etilishi belgilandi.
Shu bilan birga, 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “katta yetakchi” va “toʻgarak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf oʻqituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligi joriy etildi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oliy maʼlumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi Farmonda belgilab berilgan.
Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, oʻqish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etiladi.
Farmonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kichik biznes korxonalari tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovi uchun hisoblangan summaning 8 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi belgilandi.
Taʼlim muassasasini tamomlaganiga uch yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, jumladan, chet tillarni oʻrgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini oʻqitish maqsadida tashkil etiladigan shuʼba korxonalarini 2027-yil 1-avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi boʻyicha ularning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan koʻp muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlangʻich toʻlovi, shuningdek, tashkilotning faol aʼzosi boʻlgan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foiz va undan yuqori boʻlgan taqdirda taʼlim boʻyicha toʻlov kontrakti miqdorining 35 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Muhim jihati shundaki, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturi ishlab chiqiladi. Mazkur dasturda barcha yirik shaharlarda – koʻp qavatli, qishloq tumanlarida — 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutiladi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha moʻljallangan, boshlangʻich toʻlovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Respublikamizning tuman markazlari va shaharlarda Yoshlar tadbirkorlik klasterlari tashkil etiladi.
Foydalanilmayotgan davlat obyektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga toʻlovsiz ijaraga berish tartibi joriy etiladi.
“Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini kuchaytirish maqsadida uning 50 foiz aksiyalari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga beriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni oʻtkazib borish amaliyoti joriy etiladi.